O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
faoliyatini tartibga soluvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun 
ham biz kishilarning madaniyat me’yorlarini qay darajada o‘zlashtir ganliklarini 
ularning turli sharoitlarda o‘zlarini qanday tutishlariga qarab bilib olamiz.
Demakki, inson faoliyatini tartibga solish, ularning hayot tarzini shakllantirish 
va takomillashtirish madaniyatning muhim funksiyalaridan biridir. Bu vazifa 
tufayli madaniyat kishilarning muloqotini, ishlab chiqarish va turmushdagi 
munosabatlarini ma’lum me’yorlarga bo‘ysundiradi.
Va, nihoyat, madaniyatga baholash (aksiologik) funksiyasi ham xos. har 
bir yangi madaniy qadriyatga biz o‘zimizda shakllangan madaniy qadriyatlar 
nuqtai nazaridan kelib chiqib ijobiy yoki salbiy, chiroyli yo xunuk, adolatli yoki 
adolatsiz deb baho beramiz. Kundalik hayotda har birimiz o‘zimizga manzur 
yoki nomanzur jarayon, voqealarga duch kelamiz, adabiyot, san’at, kino 
asarlarini yaxshi yoki yomon hodisalar sifatida baholaymiz. Bunday baholash 
paytida, albatta, har bir shaxsning o‘z qarashlari, qadriyatlar tizimi muhim rol 
o‘ynaydi.
Ko‘rinib turibdiki, shakllangan, barqaror qadriyatlar tizimi, bir tomondan, 
ijobiy hodisalarni o‘zlashtirib, madaniyatning boyishiga xizmat qilsa, boshqa 
tomondan, o‘ziga zid bo‘lgan hodisalarning, ular xoh o‘tmishda, xoh hozirgi 
davrda yaratilgan bo‘lsin, kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi, qarshilik ko‘rsatadi. 
Demak, madaniyatning baholash funksiyasi tufayli tanlanish sodir bo‘ladi, 
madaniyatdagi barqarorlik, har bir davrdagi o‘ziga xoslik, ayni paytda, 
davomiylik, vorislik ta’minlanadi.
Madaniyatning funksiyalari haqidagi mulohazalarga yakun yasab shuni 
aytish mumkinki, yuqoridagilarning barchasi madaniyatning bosh va asosiy 
funksiyasi — inson yaratuvchilik funksiyasining turli ko‘rinishlaridir. Bu 
funksiya biz yuqorida keltirgan madaniyatning ta’rifidan bevosita kelib chiqadi. 
Negaki, har qanday madaniyatning pirovard maqsadi jamiyat manfaatlaridan 
kelib chiqqan holda shaxsning ma’lum bir tipini shakllantirish va kamol 
toptirishdan iboratdir. Respub likamizda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi jamiyatimiz 
madaniyatini yuqori bosqichga ko‘tarishda muhim rol o‘ynamoqda.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin