Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi.
Bugungi kunda STEAM - ta’lim dunyodagi asosiy tendentsiyalardan
biri sifatida
rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga
integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va
bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo‘lib, buna ular
fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashishi mumkin.
Shuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga quyidagilar:
lego-texnologiyalar, bolalar
tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi. STEAM yondashuvi
tufayli
bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan
qiziqishlarini, muhandislik
fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini,
jamoaviy ish qobiliyatini
rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini
o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi.
O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish. Bu yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan
ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va avtomobillarni “ishga tushirib”,
suv osti va havo
tuzilmalarini “rivojlantirib”, sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib
borishadi. Yaxshi natija bermagan “mahsulot”ni qayta-qayta sinovdan o‘tkazib,
takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni o‘zi
hal qilish, maqsadga
erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba,
o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi. Faol
muloqot va jamoaviy ishni
tashkil etishni o‘rgatadi. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh bo‘lib ishlashni
o‘rgatishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida bolalar fikr bildirishga
qo‘rqmaslikka o‘rganadilar. Faoliyatlar jarayonida bolalar frontal
usulda stol atrofida
o‘tirmaydi, o‘zlarining dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sinovdan o‘tkazadi va
rivojlantiradi. Faoliyat jarayonida bolalar hamma vaqt hamkorlikni ta’minlaydigan
jamoada tarbiyachilar va ularning do‘stlari bilan muloqot qilish bilan band bo‘lishadi.
Texnik fanlar bo‘yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha va boshlang‘ich
maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-
sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo‘yicha, qilgan ishni
yaxshi ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM – bolalar uchun juda
qiziqarli va dinamik bo‘lib, bolalarning zerikishlariga to‘sqinlik qiladi.
Ular vaqt
o‘tayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar
Dostları ilə paylaş: