Mavzu: Sanoat jarohatlari, shikastlanishlar
Reja:
1 Sanoat jarohatlari, shikastlanishlar, kelib chiqish sabablari, turlari.
2 Ochiq va yopiq shikastlanishlar va ularda birinchi yordam ko`rsatishning umumiy tamoyillari.
3 Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishlarning sabablari.
Tashqi muhitning kishi organizimiga ta'siri natijasida to'qima va organlarda anatomik va funksional o'zgarishlar paydo bo'lishi shikastlanish deyiladi. Grekchada "trauma"- shikastlanish degan ma'noni anglatadi. Organizmga ta'sir qilish omiliga ko'ra shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi.
1) Mexanik shikastlanishlar (kuchli zarb tegishi, ezilish, cho’zilish).
2) Fizikaviy shikastlanishlar (issiq va sovuq ta'siri, elektr toki ta'siri, radioaktiv nurlanishlar)
3) Kimyoviy shikastlanishlar (kislotalar, ishqorlar ta'siri).
4) Ruhiy shikastlanishlar (qattiq qo’rqish, vahima qilish).
Shikastlanishlarning og'ir-yengilligi bu omillarning kuchiga va ta'sir qilish vaqtiga bog'liq. Shikastlanishlar bo'yicha quyidagi tasnif qabul qilingan:
l.Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan shikastlanishlar. Bular o’z navbatida transport shikasti, temir yo’l, avtomobil, tramvay va hokoza, piyoda ketayotganda, sport shikasti, sport bilan shug’ullanganda, tabiiy ofatlar ta'sirida shikastlanishlar, yer qimirlash, sel kelish va hokazo, turmushda urush-janjallar oqibatida uchraydigan shikastlanishlarga bo'linadi.
2.Ishlab chiqarish bilan bogliq bo'lgan shikastlanishlar, ko'pincha sanoat korxonalarida va qishloq xo’jaligida ko'proq uchraydi.
3.Qasddan qilingan shikastlanishlar; harbiy holatlarda, o'z-o'zini o'ldirish, birovni qasddan o’ldirish va hakazo farqlanadi.
Mexanik kuchlarning ta'siriga qarab shikastlanishlar: bevosita va bilvosita shikastlanishlarga bo'linadi:
bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri shikastlanishlar (og'riq, qon quyilishi, shishlar)
bilvosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri bo'lmagan shikastlanishlar.
Jarohatlanish natijasida odam ish qobiliyatini vaqtinchalik yoki doimiy yo ’qotishi mumkin. Bunda ishchi umumiy ish qobiliyatini yoki kasbiy ish qobiliyatini yoxud ikkalasini ham y o ’qotishi mumkin.
Ochiq va yopiq shikastlanishlar va ularda birinchi yordam ko`rsatishning umumiy tamoyillari.
Baxtsiz hodisalar roʻy berganda, kishi shikastlanganda yoki toʻsatdan kasal boʻlib qolganda uning hayotini saklab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun koʻrsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; tibbiy xodim yetib kelguncha yoki ularni kasalxonaga olib borguncha amalga oshiriladi. Birinchi yordam oʻz-oʻziga yoki boshqalar tomonidan (oʻzaro) koʻrsatilishi mumkin. Shikastlangan odam jarohatini oʻzi bogʻlay olsa, zaharlanish alomati boʻlganida, mas, koʻp suyuqlik ichib meʼdani yuvish va qayt qilishga quvvati kelsa, oʻz-oʻziga Birinchi yordam koʻrsatishi mumkin. Oʻzaro Birinchi yordam odatda boshka kishi tomonidan koʻrsatiladi. Kishining hayoti xavf ostida qolganda, mas, qon ketganda, tok urganda, zaharlanishda, koma, shok va boshqa holatlarda darhol Birinchi yordam koʻrsatish zarur. Keyingi koʻrsatiladigan tibbiy yordam Birinchi yordamning qanchalik toʻgʻri koʻrsatilganligiga bogʻliq
Teri va shilliq pardalarning jarohatlanishiga qarab shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi:
Ochiq va yopiq shikastlanishlar.
Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilishi bilan kechadigan shikastlanishga ochiq shikastlanish deyiladi.
Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilmaydigan shikastlanishga yopiq shikastlanish deyiladi. (lat yeyish, cho’zilish, suyaklar chiqishi, yumshoq to’qimalar ya'ni muskullar, paylar, tomirlar, nervlarning teri ostida uzilishi kiradi).
Sababi: o'tmas to’mtoq predmetlar, musht, tayoq, tosh bilan urish, yiqilish. yuqoridan tushgan narsalarning qattiq urilishi natijasida kelib chiqadi.
Yopiq shikastlanishlarga to'qimalarning lat yeyish, cho’zilishi, uzilishi, chayqalishi, qisilishi, suyaklarning chiqishi va suyaklarnning yopiq sinishi kiradi.
Lat yeyish. A'zo va to'qimalarning bevosita biror to’mtoq narsa bilan urilishi natijasida teri butunligining buzilmay zararlanishi lat yeyish deyiladi. Odamga zarb tekkanda yoki biror qattiq narsa ustiga yiqilib tushganda badani lat yeydi.
Klinikasi. Lat yeganda shish, qon quyilishi, og'riq va organ funksiyasining buzilishi qayd qilinadi. Avvaliga og'riq va yumshoq to’qimalarning zararlanishi yuzaga keladi. Lat yegan joy biroz shishadi qizaradi va ko'karib qoladi. Shish va qon talashlar ko'pi bilan 2-3 kunda shikastdan kcyin paydo bo'ladi. Harakat qilganda, lat yegan sohada og'riq kuchayadi, tinch turganda kamayadi. Qon talashning rangiga qarab qachon paydo bo'lganini aniqlash mumkin: birinchi kunlari gematoma sohasi qizil bo'ladi so'rilish boshlangandan so'ng yashil va sarg'ish rangga kiradi, teri ostiga quyilgan qon rangi vaqt o’tishi bilan o'zgaradi va so'rila boshlaydi. Og’ir lat yeyishdan so'ng harorat ko'tarilishi va umumiy holatning buzilishi qayd qilinadi.
Lal yeganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Shikastlangan kishiga avvalo tinch sharoit yaratish kerak.
Qon talashni kamaytirish va og'riqni qoldirish uchun lat yegan sohani yuqori ko'tarib qo'yish kerak hamda muz, sovuq kompress buyuriladi (sovuq suvga namlangan sochiq qo’yiladi), bintli bog'lam qo’yiladi. Og'riqni kamaytirish uchun analgin yoki baralgin tabletkasi ichiriladi. Gematomaning so’rilishini tezlatish uchun 2-3 kundan keyin issiq kompress, vanna, UVCH va massaj qilinadi.
Paylar cho’zilishi. Ko'pincha boldir-tovon bo’g'imlarining paylari cho’zilishi sport bilan shug'ullanuvchilarda ko'p uchraydi.Oyoq qayrilib yiqilganda uchraydi.
Paylar cho’zilganda bo’g'im sohasida og'riq, oqsab yurish, oyoqni bosganda og’riqning kuchayishi kuzatilib, ikkinchi kunlari shish, og'riq kuchayadi. Pay cho’zilishi tizza bo’g'imlarida ham uchraydi, lekin kam uchraydi. Boldir-tovon bo'g'imlarining paylari cho’zilishi odat bo'lib qolishi mumkin.
Birinchi yordam. Bemorga osoyishta sharoit yaratish kerak. Pay cho’zilgan sohaga sovuq kompress qo'yish, qattiq qilib bog'lash kerak. O'sha soha qo'l ostida bo'ladigan shinabop narsalar bilan shinalanadi.Odat bo'lib qolishini oldini olish uchun tezda kasalxonaga yotqizish kerak.
Suyaklar chiqishi. Bir yoki bir qancha suyaklarning bo’g'imlardagi normal holatidan surilishi suyak chiqishi deb ataladi. Shu bilan birga bir suyakning bo'gim sathi ikkinchi suyakning bo’g'im sathidan surilib ketadi va bo’g’im xaltachasining yurilgan joyidan chiqib ketadi.
Suyaklar to’la va qisman chiqishi mumkin. Agar surilish natijasida bo’g’im yuzalari bir-biriga tegmay qolsa, to’la suyaklar chiqishi deyiladi. Agar, surilish natijasida bo'gim yuzalari bir-biriga qisman tegib tursa, to'la bo'lmagan qisman suyaklar chiqishi deyiladi.
Suyaklar chiqishi sabablariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 1) tug'ma suyaklar chiqishi: 2) travmatik suyaklar chiqishi; 3) patologik suyaklar chiqishi: 4) odat bo'lib qolgan suyaklar chiqishi farqlanadi.
Klinik belgilari. Bemor kishi asosan bo'g'imi og'riyotgani va harakat qila olmayotganidan shikoyat qiladi, harakat qilishga urinib ko'rilganda bo'g'imdagi og'riq kuchayadi, shishadi, chiqqan oyoq yoki qo'l uzunligi o’zgaradi. Qo'1-oyoq chiqqan bo'gimda kuchli og’riq bo'lib, uni o'z o'rniga qo'yishga harakat qilinsa, yana asl holiga keladi. Bu belgi prujinasimon fiksasiya simptomi deyiladi. Ba'zan zararlangan qo'l yok oyoq karaxt bo'lib qolishi ro’y beradi, bu holat nerv tolasi qisilishidan va chiqqan suyak bo’lagini spastik ravishda qisqargan mushaklar qimirlatmay qo’yishi natijasida kelib chiqadi. Ko'zdan kechirish paytida qo'l-oyoqning noto'gri holati va bo’g'im sohasining shakli buziladi.
Ba'zida suyakning siljigan uchi o'z joyida emasligi aniqlanadi. Masalan: yelka suyagi chiqqanda uning boshi qo'ltiq ostida yoki ko'krak mushagi ostida ekanligini ushlab aniqlash mumkin. Bemor odatda, tirsagini bukkan holda gavdasidan uzoqroq qilib turadi. Nerv qisilib qolgan bo’lsa, bemor oyoq-qo'li holsizlanganligidan shikoyat qiladi. Suyaklar chiqishini tashxisi rentgenografiya yordamida aniqlanadi, unda simmetrik bo'g'imlar solishtirilib ko’riladi.
Suyaklar chiqqanda birinchi vrachgacha yordam ko'rsatish. Suyagi chiqqan ya'ni shikastlangan oyoq yoki qo’lning bo'gim sohasiga sovuq kompress qo’yish kerak. qimirlamaydigan qilib immobilizasiya qilinadi. Qo'l ostida bo'ladigan taxta, reykalar bilan immobilizasiya qilish kerak. Qo’l suyaklari chiqqanda kosinka yordamida bo'yinga osib qo'yiladi, oyoq suyaklari chiqqanda oyoqni taxtakach yoki qo'shimcha vositalar bilan mahkamlash kerak. Og'riq kuchli bo’lganda, og’riq qoldiradigan dorilar (analgin, baralgin) ishlatish kerak. Bemor tezda davolash muassasasiga olib boriladi. Chiqqan suyak o'z o'rniga solinadi.
Birinchi yordam uch xil tadbirlar majmuasini oʻz ichiga oladi:
1. Tashki shikastlovchi omillar (elektr toki, bosib qolgan ogʻir narsa va boshqalar) taʼsirini darhol bartaraf etish yoki shikastlangan kishini noqulay sharoitdan xoli qilish (suvdan, oʻt tushgan joydan olib chiqish va boshqalar);
2. Shikastlanish tarziga qarab. Birinchi yordam koʻrsatish (bular haqida q. Suyak chiqishi, Suyak sinishi, Zaharlanish, Hushdan ketish, Jarohatlanish, Kuyish va b.);
3. Yaqin atrofdagi kasalxona, poliklinikaga yetkazish. Odam toʻsatdan betob boʻlib qolganida, turli xil baxtsiz hodisalar roʻy berganida, albatta tez yordam chakirish, noiloj qolgan hollarda duch kelgan transportda davolash muassasasiga olib borish zarur. Toʻgʻri Birinchi yordam koʻrsatish uchun doim tegishli bilim va malakani oshirib borish lozim. Ishxona, avtomashina va uydagi dori kugichada Birinchi yordam uchun zarur boʻlgan hamma narsalar boʻlishi kerak.
Jarohatlanishlar turlari va birinchi tibbiy yordam ko`rsatishning umumiy qoidalari.
Jarohatlanganlarga birinchi yordam ko`rsatishdan oldin quyidagi ishlarni bajarish lozim:
1.Jarohatlanish sabablarini yo`qotish (masalan, jarohatlanuvchini gazlar, zaharlar to`lgan xonadan olib chiqish);
2.Elektr simini olish (elektr toki urganida; jarohatlanuvchining ahvolini yomonlashtiradigan barcha narsalarni yo`qotish (jarohatlanuvchi ustidagi yukni, devor parchalarini olish, xonadan yoki yonayotgan joydan olib chiqish);
3.Jarohatlanuvchining umumiy ahvolini aniqlash va birinchi navbatda odam hayoti va salomatligiga eng ko`p xavf tug`dirayotgan narsani yo`qotish (masalan, arteriyalar kesilganida qon oqishini to`xtatish, nafas olish to`xtab qolgan va yurak faoliyati buzilgan bo`lsa, sun'iy nafas oldirishni yoki yurakni uqalashni boshlash va h.k.);
4. Agar bemorga xavf tug`ilmaydigan bo`lsa, birinchi tibbiy yordami ko`rsatishda uni ko`zg`atmaslik;
5.Xushidan ketganda tashlab ketmaslik;
6.Birinchi yordam ko`rsatash uchun jarohatlanganning kiyimini yechishda yoki yaralangan joyidagi kiyimini qirqishda juda ehtiyot bo`lish zarur; y jarohatlanganni avaylash. y Arteriyadan oqadigan qon och qizil rangli, kuchli qon oqimi bosim ostida beto`xtov otilib turadi. Arteriyadan qon oqqanda, yirik arteriyalar. jarohatlanganda tezlikda yordam ko`rsatish zarur. Birinchi navbatda tomirni barmoqlar bilan qattiq bosib, suyakka siqish kerak. Bog`lam qo`yishda quyidagi ishlarni bajarish lozim: y teriga bir necha qavat qilib taxlangan latga (dastro`mol) qo`yish; y bog`lamni qon to`xtaguncha tortish; y bog`lam ostiga kun 24 soat deb hisoblaganda u qachon qo`yilganligi aniq yozilgan (masalan, 05 soat 35 min.) qog`oz qo`yish. qon oqqanda arteriyalarning va tizza bo`kishidan siqib 116 qo`yiladigan joylari: 1-tirsakka oid; 2-nurli; 3-elkaga oid; 4-o`mrov-osti; 5-o`ng uyquga oid; 6-kurak; 7-chakkaga oid; 8-chap uy-quga oid; 9-birinchi qo`l ostidagi; 10-o`ng songa oid; 11-chap songa oid;12-orqa katta songa oid; 13-oyoq kafti oyoq (a) va qo`llardan (b) qon oqqanda jgut qo`yish venadan oqadigan qon to`q rangli bo`ladi, yaradan otilib chiqadi, kapillyardan qon ozroq miqdorda sekin chiqadi. Vena va kapillyar qon oqishni to`xtatishda bosib turadigan bog`lam qo`yishning o`zi kifoya. Jarohat atrofidagi teriga yod surtiladi, sterillangan bint parchasi yoki toza ip-gazlama qo`yiladi va bint bilan mahkam bog`lanadi. Qorinning ustki qismi va bo`shlig`ining ichi shikastlanganda bemor sanitariya zambiliga chalqanchasiga yotqiziladi, tizzalari biroz bukiladi. Jarohatning butun yuzasiga katta doka (toza adyol, sochiq) yopish va yarani bint bilan yaxshilab bog`lab qo`yish kerak. Jarohatlanganga suv berish va yarani suv bilan yuvish yaramaydi. Ko`krak qafasi ichida o`pka, yurak hayot uchun xavfli darajada jarohatlangan bo`lishi mumkin. Teri atrofidagi jarohatga yod eritmasi surtilgandan keyin uning ichiga havo kirmasligi uchun zich yopishib turadigan bog`lam qo`yiladi. Buning uchun jarohat ustiga havo o`tkazmaydigan material ho`yib, ustidan 3-4 havat sterillangan ro`molcha yoki bint va paxta qo`yiladi. Shundan keyin jarohat bint bilan qattiq bog`lab qo`yiladi.
gar shikastlangan kishining ko`ziga biror o`tkir narsa tegib jarohatlangan bo`lsa, u holda dokali tiqin qo`yib darhol kasalxonaga jo`natish kerak. Ko`zga xas-cho`p tushganda uni qo`l bilan artish yaramaydi. Bug`imlarga ziyon yetishi-shish hosil bo`ladi. Teri ko`karadi, og`riq paydo bo`ladi. Bunday holatda bemor harakat kilmasligi lozim jarohatga muz qo`yiladi. Kishi issiqlik, kimyoviy yoki elektr manbalaridan biror joyini kuydirib qo`ysa jarohatlangan joyni kaliy permanganat eritmasi yoki ichimlik sodaning 2% li eritmasi bilan xo`llash lozim. 2- va 3-darajali kuyishlarda terining shu joyiga kaliy permanganat eritmasi surtiladi, quruq sterillangan bog`lam qo`yiladi va darhol shifoxonaga yuboriladi. Kimyoviy kuyishlarda tananing kuygan qismini suv bilan kamida 20 minut yuvish kerak. Shundan keyin sodaning 2% li eritmasi yoki borat yoxud sirka kislotalarning 1% li eritmasi bilan qo`llangan nam bog`lam qo`yiladi.
Pestisidlar bilan zaharlanganda, jabrlanuvchini pestisid sepilgan daladan ochiq havoga olib chiqish va teriga tushgan bo`lsa, u holda terini suv oqimi bilan yuvish yoki artib tashlash lozim. Agar pestisid organizmga oshqozon-ichak yo`lidan o`tgan bo`lsa, jabrlanuvchiga bir necha stakan suv yoki kaliy permanganatning och pushti eritmasi ichiriladi va og`izga barmoqni tiqib qayt qildiriladi (2-3 marta). Shundan keyin 2-3 qoshiq aktivlangan ko`mir bilan yarim stakan suv, so`ngra surgi (20 g taxir tuzning 0,5 stakan yeuvdagi eritmasi) ichiriladi. Nafas olish susayganida novshadil spirti qidlatiladi, nafas olish to`xtaganida sun'iy nafas oldiriladi. Chang va zaharli gazlar ta'siri natijasida zaharlanish kishiga hid sezish va xis etish organlarini qo`zg`atadi, shuningdek, umumiy holsizlanish paydo bo`ladi. Zaharlanishni eng birinchi belgilaridan bosh og`rishi, ko`ngil aynishi, boshda og`irlik va quloqda shovqin paydo bo`lishi, bosh aylanishi va yurak urishining tezlashishidir. Zaharlangan odamning zaharlangan muhitda bo`lishining davom etishi uni yana ham holsizlantiradi, uyhuga tortadi, nafas olishi uzuh-uzuh bo`ladi, tomir tortishi paydo bo`ladi va nafas olish markazining falajlanishidan o`lim yuzaga keladi. Jabrlanuvchida zaharlanish alomatlari paydo bo`lishi bilan uni toza havoga olib chiqish, sovuq kompressni boshiga qo`yish va novshadil spirtini hidlatish lozim. Yuzaki sust nafas olishda yoki u to`xtaganda sun'iy nafas oldiriladi. Zaharlanganda birinchi navbatda nafas olish yo`li, teri, oshqozon-ichak trakti orqali zaharli moddalarning o`tishi to`xtatiladi. U teriga tushishi bilan suvda yuvib tashlanadi. Agar zahar oshqozon-ichak trakti orqali organizmga o`tsa, bir necha stakan iliq suv yoki kuchsiz kaliy permanganat aralashmasi ichiriladi, ya'ni ko`ngil aynashini to`xtatish uchun. Undan keyin yarim stakan suvni ikki-uch qoshiq aktivlashtirilgan ko`mir bilan ichiriladi. Qustirish uchun iliq suv yoki kuydirilgan magneziy eritmasi beriladi va jabrlanuvchining oshqozon atrofi uqalanadi, so`ngra jabrlanuvchiga xom tuxum beriladi. GXSG va rux fosfidi bilan zaharlanganida sut tavsiya etilmaydi. Jabrlanuvchiga ichni yumshatadigan tuz glauber yoki angliyskiy) berish mumkin, zahar kuchini yanada oshirib yubormaslik uchun zigir moy (kanakunjut moyi va shunga o`xshashlarni) bermaslik kerak. Jabrlanuvchining yuragi xasta hollarda unga efirli valerian tomchisi beriladi.
“TASDIQLAYMAN”
Ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha direktor o’rinbosari __________X.Raximov
“___” __________ 2021
O’QUV MASHG’ULOT REJASI
Guruhlar
|
2-2021
|
Dars o’tiladigan sana
|
|
Dostları ilə paylaş: |