O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi а
3. Quruqlik hayvonlarining mineral oziqlanishi Quruqlik hayvonlarining ko’pchiligi, ayniqsa, go’shtxo’rlar turli-tuman tuz va boshqa mineral birikmalarni oziqa va suv bilan birga kerakli miqdorda osongina topa oladi. Lekin ayrim guruhlari, ayniqsa, o’txo’rlar (tuyoqlilar, kemiruvchilar) mineral modda va tuzga muhtoj bo’lishadi. Tuz yetishmovchiligi, ayniqsa, mavsumiy xarakterga ega bo’ladi. Shunga binoan bunday hayvonlar vaqti-vaqti bilan (ko’pincha yoz mavsumida), tuzli manbalarga to’planadi.
Ko’pgina sut emizuvchilar tuzlardan tashqari yana mayin tuproq (loy)ga muhtoj bo’lishadi. Ushbu tuproq ularning ichagida najasning paydo bo’lishi uchun zarur bo’ladi. Hayvon organizmi uchun tabiatda kam uchrovchi moddalar ham zarur bo’lishi aniqlangan. Bunday moddalar mikroelementlar bo’lib, organizmdagi ko’pgina biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi.
Agar hayvon organizmida ma’lum bir mikroelement yetishmaydigan bo’lsa, ko’pgina fiziologik jarayonlar pasayishi yoki izdan chiqishi mumkin. Bordi-yu biron-bir mikroelement organizmda umuman bo’lmay qolsa, hayvonda mayiblik kasalligi yuzaga kelishi yoki uning halok bo’lishi bilan tugashi mumkin. Masalan, organizmda V12vitaminini hosil qilishda kobalt (Co), tiroksin garmonining hosil bo’lishida yod (J), insulin garmoni va karboangidraza fermenti hosil qilishda rux (Zn), tripsin hosil qilishda - xrom (Cr) va hokazolar talab qilinadi.
Savollar:
Hayvonlar uchun suv qanday ahamiyatga ega?
Turli umurtqasiz va umurtqali hayvonlar tanasida suv qanday miqdorni tashkil etadi?