O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti


 Quyosh energiyasi yordamida xlorella yetishtirish



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

4.6. Quyosh energiyasi yordamida xlorella yetishtirish 
Xlorella
– xlorokokksimonlar sinfiga mansub mayda, bir 
hujayrali yashil suv o’tlari turkumi. Hujayrasi dumaloq yoki ellips 
shaklada. Kattaligi 5 – 12 
mkm
, yupqa va mustahkam po’st bilan 
o’ralgan. Hujayra ichida: xloroplast va pirenoid joylashgan. Jinssiz 
ko’payadi. Tabiatda xlorella juda keng tarqalgan bo’lib, har xil suv 
havzalarida, nam tuproqlarda uchraydi. Xlorellaning 40 dan ortiq turi 
aniqlangan, shundan MDH da 18 turi mavjud, jumladan O’rta Osiyoda 
5 turi bor. Tabiatda xlorella 
(
Chlorella vulgaris)
eng ko’p 
tarqalgan (4.28-chizma). 
Xlorella quyosh energiyasini 
intensiv ravishda o’zlashtiradi. 
Uning biomassasi trakibida 40 - 
50 foiz oqsil, 30 - 37 foiz 
uglevod, 5 - 10 foiz yog’, 
vitaminlar va boshqa moddalar 
mavjud. Bir gektar suv havzasi 
4.28-chizma. 
Quyosh 
energiyasi 
yordamida 
xlorellar 
o’stiruvchi 
qurilma. 


133 
yuzasidan (aprel - noyabr) xlorelladan 30 - 70 toonnagacha biomassa 
olish mumkin. Xlorellaning nisbatan yuqori (38°С), o’rtacha (25 - 
30°С) va past (15°С) haroratlarda o’sadigan turlari bor. Nisbatan 
yuqori va o’rtacha haroratni sevuvchi turlari ko’proq o’stiriladi va 
hosildor hisoblanadi. Xlorella aralashtiriladigan (suspenziyasi) 
maxsus; 
mexanizasiyalashtirilgan 
hovuzlarda ko’p miqdorda 
o’stiriladi.
O’zR FA akademigi A.Muzaffarov va akademiya faxriy a’zosi 
T.Taubayevlar boshchiligida O’zR FA Mikrobiologiya ilmiy 
tekshirish instituti xodimlari tomonidan olib borilgan uzoq muddatli 
tajribalar shuni ko’rsatdiki, qoramol, qo’y cho’chqa va parrandalarga 
xlorella sharbati aralashgan ozuqa berilganda, ular gassipol va 
avitaminoz kabi kassaliklarga duchor bo’lmasliklaridan tashqari, 
ularning vazni 20 – 25 % qadar ortishi, tovuqlardan olinadigan tuxum 
miqdori ko’payishini aniqladilar. Shuning uchun ham respublikamizda 
xlorella sharbatini ko’plab etishtirish masalasi qo’yilgan. Xlorellani 
o’ztiruvchi qurilmalar asosan doiraviy havza va to’g’ri burchak 
shaklidagi uzun beton lotoklardan iborat. Xlorella yaxshi o’sishi 
uchun tegishli ozuqa moddalari va karbonat angidrid gazi bilan 
ta’minlab turishdan tashqari, har bir hujayra quyosh nuridan 
bahramand bo’lishi kerak. Buning uchun xlorella suspensiyasi doimo 
trubelent oqim tarzida harakat qilib turishi kerak. Suspenziyanasoslar 
yordami bilan berk kontur bo’yicha kun bo’yi harakatga keltirib 
turiladi.
Ko’pgina qurilmalarning asosiy kamchligi – havzalar gorizontal 
bo’lgani uchun xlorellani haraktga keltiruvchi elektronasoslar doimo 
ishlab turishi, uni ko’plab etishtirish uchun juda katta maydon talab 
etilishidir (havza chuqurligi 20 
sm
dan oshmasligi kerak). Bu 
kamchiliklarni brtaraf etish va quyosh energiyasidan samaraliroq 
foydalanish maqsadida O’zR FA Fizika-texnika instituti va 
Mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti xodimlari hamkorlikda yil 
davomida xlorella sharbatini etishtirish uchun qiya zinasimon 
gelioqurilmani yartdilar. 
Bu qurilma – asosan kul’tivasiya maydoni, umimiy havza, 
etishtirilgan suspenziya saqlanadigan havza, sirkulyasion va is gazi, 
havo arlashmasi bilan ta’minlab turuvchi trubalardan iborat. 
Kul’tivasiya maydoni nishabli bo’lib, unga yassi beton lotoklar 
joylashtirilgan. Bu lotoklarga suspenziya oqimiga tik qilib o’rnatilgan 


134 
to’siqlarda darchalar qoldirilgan. Suspenziya bu to’siq darchalar 
tufayli lotok bo’ylab yuqoridan pastga tomon ilon izi tarzida oqib 
tushadi. Bunday harakat natijasida u tegishli quyosh radiasiyasini 
olish bilan birga yaxshi aralashadi va is gazi bilan ta’minlanadi. Havo 
bilan is gazi aralshmasi compressor yordamida haydaladi. Shu 
yo’sinda xlorella kun bo’yi sirkulyasiyalanib turadi. Tunda u umumiy 
havzaga to’planadi va xlorella hujayralari og’irlik kuchi ta’sirida 
havza ostiga cho’kadi. Ertasiga bu cho’kkan qismi yetilgan sharbat 
uchun ajratilgan havzaga haydaladi va u yerdan iste’molchilarga yoki 
separator xonasiga jo’natiladi. Umumiy havzaga yana tegishli ozuqa 
muhiti bilan boyitilgan suv qo’shilib kul’tivasiya jarayoni davom 
ettiriladi.
Suspenziya konsentrasiyalangan quyosh nuri bilan impul’s tarzida 
(IK lampa bilan) qo’shimcha ravishda ta’sir etilsa, hosildorlik qariyib 
30% gacha ortishi ham kuzatilgan.
Xlorelladan oziq-ovqat sanoatida, farmasevtikada, chorvachilikda, 
iflos suvlarni biologik tozalashda yopiq ekologik sistemalardagi 
havoni regenerasiya qilishda (kosmik kema, suv osti kemalarida) 
foydalanish mumkin. Turli moddalarga boy bo’lganligi sababli 
xlorelladan konditer mahsulotlariga, ayrim ichimlik tarkibiga qo’shib 
iste’mol qilish mumkin. Har – xil dorilar tarkibiga qo’shiladi. Xlorella 
qo’shib tayyorlangan maz va chamchalarning davolash xususiyati 
xlorella qo’shilmaganlaridan yaxshiroqdir. Qoramol, qo’y echki va 
boshqalar rasioniga sutkasiga 2 –10 l xlorella suspenziyasi qo’shib 
berilganda, ularning tirik vazni 15 – 20 foiz, sut mahsuldorligi esa 13–
18 foizga ko’payadi. Xlorella suspenziyasini tut bargiga purkab 
berish natijasida qurtlarning vazni 15–25 foizgacha, pillaning salmog’i 
esa 13,1 –18 foizgacha ortadi. Xlorellaning qishloq xo’jaligidagi 
boshqa ekinlardan farqi shundaki, uning o’sayotgan muhiti o’zgarishi 
bilan tarkibidagi oqsil, yog’ va boshqa oziq moddalar miqdori 
o’zgarishi mumkin. Bu esa kelajakda xlorellani o’stirish negizida 
oqsil, yog’lar, vitaminlar, antibiotiklar va boshqa moddalar olish 
imkoniyatini beradi.
O’zbekiston sharoitida g’allachilikning ham o’z o’rni bor. Bu 
ekin respublikamizda ikki usulda: birinchisi lalmi holda, ikkinchisi 
sug’orib ekiladi. Lalmi yerlarga boshoqli ekinlar ekilganda, 
odatdagidan ko’proq hosil olish uchun urug’ xlorella suspenziyasiga 
ivitiladi. Urug’ maxsus lotoklarda xlorella suspenziyasi 10-15 mln. 


135 
ml/l hujayra qalinligida 4-5 soat davomida ivitib ekiladi. Bunda urug’ 
tez unib chiqadi, tuproq namni o’zida yaxshi saqlaydi. Unib chiqqan 
yashil massa ustidan 2-3 marta purkagich apparatlar yordamida 
xlorella suspenziyasi sepilsa, o’sib rivojlanishi, ildizlarning taraqqiy 
qilish, boshoqlar qilishga olib keladi. Hosil mo’l bo’ladi.
Xlorella suspenziyasini maxsus idishlarda olib kelinib, suv 
oqayotgan ariqlarga qo’yish kerak bo’ladi. Bunda xlorella suv bilan 
ekinzorga tarqaladi va tupqoning ustki qatlamida suv o’ti ko’payadi 
nam yaxshi saqlanadi. Bu hosilga hosil qo’shiladi, tuproq tarkibi 
boyib, strukturasi yaxshilanadi.
Respublikamiz sharoitida dala malikasi makkajo’xori ekish ham 
yaxshi yo’lga qo’yilgan. Birinchidan don olinsa, ikkinchidan chorva 
uchun ozuqa tayyorlanadi. Ma’lumki, makkajo’xori ekin uchun ham 
hosil yerlari ajratiladi. Ko’p hollarda bunday yerlardan olingan hosil 
miqdori oz bo’ladi. Ana shunday dalalarga xlorella suspenziyasi 
makkajo’xori unib chiqishi bilanoq, biro y davomida 4-5 marta 
purkagichlar yordamida sepilsa, uning massasi, rivojlanish yuqori 
bo’ladi, hosildorlik ham ortadi va tuproq sifati yaxshilanadi. 
Sug’oriladigan yerlarda poliz ekinlari ekishi yildan yilga ko’payib 
bormoqda. Xalqimizga shirin-shakar qovun tarvuzlar yetkazib 
berishni ko’paytirilmoqda.
Xlorella suspenziyasida poliz ekeinlari urug’ini 23-30 soat 
davomida ivitib ekish yaxshi samara beradi. Urug’ bir – ikki kun erta 
unib chiqadi, rivojlanishi, o’sishi tezlashadi, urug’ unib chiqqandan 
keyin, 
purkagich 
apparatlarida 
xlorella 
sepilsa 
kasalliklarga 
chalinmaydi, tuproq tarkibi kerakli oziq-moddalarga boyiladi. Hosil 
15-20 foizga ortadi. Bodra ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Bunda yosh maysaga xlorella suspenziyasi sepilganda, barglari 
so’limasdan yashil qiyofada bo’ladi, bir tekis yashnab o’sib turadi. 
Bundan tashqari unib chiqqan ko’chatlar ustiga 2-3 marta purkagichlar 
yordamida xlorella sepilsa g’unchaga g’unchalar qo’shiladi, bu tavsiya 
etilayotgan biologic usulning maqbul tomoni shundaki, xlorella 
qo’llanilganda etishtirilgan mahsulot sifatli, chidamli, chiroyli bo’lib, 
uzoq saqlanadi. Bu bilan ortiqcha isrofgarchiliklarga ham yo’l 
qo’yilmaydi. Polizchilik va meva-sabzavotchilikda kimyoviy dorilarni 
qo’llaganda mahsulot uzoq turmaydi.
O’zbekiston sharoitida tok ko’chatlarini asosan qalamcha usulida 
ko’paytiriladi. Kuzda qalamcha qilinib, 100 tadan bog’lab tuproqqa 


136 
ko’mib qo’yiladi. Erta bahorda olinib shu o’rinda bog’langan 
qalamchalar teskari ko’milib, ildiz chiqaradigan tomoni yuqori qilib 
qo’yiladi. Ustiga polietilen plyonkasi tortiladi. Natijada, qalamchalar 
oq ildiz bera boshlaydi, bu orada qalamcha ekiladigan dalalar 
tayorlanadi. Keyin ildiz chiqargan qalamchalarni ko’chirib olinib, 
qalaamchalar maxsus tayyorlangan idishlarga xlorella suspenziyasiga 
ildiz tomoni botirib qo’yiladi. Bu jarayon 2-3 soat davom qiladi va 
ko’chatlar dalalarga ekiladi. Xlorella suspenziyasi ivitib ekilganda tok 
ko’chatlarining ko’karishi 90 foiz ta’minlaydi. Oddiy usulda ekilgan 
ko’chatlar ko’karishi 55-60 foizni tashkil qiladi.
Xlorella ishlatilgan ko’chatlar ko’karishi, o’sishi, taraqqiy qilishi, 
ularni pishib yetilishi baquvvatligi, ildizlarini taraqqiy etishi kuz 
faslida yaxshi samara beradi. Suspenziya ivitib ekilganda 35-40 foiz 
ko’chatlar ko’payishi tufayli katta iqtisodiy foyda ham olinadi. 
Novdalar tashqi muhit ta’siriga bardoshli bo’ladi. Kassaliklarga 
chidamli, suv tanqisligiga ta’sirchan, rivojlanishi ancha yuksak 
bo’ladi. Maslan, olma, behi, olxo’ri va shu kabi ko’chatlar xloroz 
kasaligiga uchraydi. Shu kasallikning oldini olish uchun maxsus 
purkaagich apparatlar yordamida xlorella suspenziyasi purkalsa 
kasallik yo’qoladi va barglari yashil tusga kirib, ko’chatlar yaxshi 
rivojlanadi.
Bulardan tashqari, meva berib turgan tokzorlarda ham shu 
kasallik uchrab turadi. Kassalikni yo’qotish uchun ko’p joylarda 
zaharli kimyoviy birikmalar ishlatiladi. Shuning o’rniga xlorella 
suspenziyasi qo’llanilsa, kasallik butunlay yo’qoladi va mo’l hosil 
olish mumkin. Xlorellani qo’llash: xlorella suspenziyasi barglarga 
purkaladi, ariq ochilib ildiziga suv orqali yuboriladi. 

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin