O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti


 Yarim o’tkazgichlarning tuzilishi, o’tkazuvchanligi



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

7.1. Yarim o’tkazgichlarning tuzilishi, o’tkazuvchanligi, 
o’tkazuvchanlikning temperaturaga va yoritilganlikka bog’liqligi 
Elektr o’tkazuvchanlik qobiliyatiga qarab, qattiq jismlar 
o’tkazgichlarga, yarim o’tkazgichlarga va dielektriklarga bo’linadi. 
Ular bir-biridan farq qilishiga sabab atom elektron qobiqlarining 
turlichaligidir.
Ma’lumki, istalgan elementning atomi musbat zaryadlangan 
yadro va yadro atrofida harakatlanadigan elektronlardan tashkil 
topgan. Yadro musbat musbat zaryadlangan proton va elektroneytral 
neytronlardan iborat. Yadro zaryadi 

undagi protonlar soni bilan 
aniqlanadi va shu elementning Mendeleyev davriy sistemasidagi tartib 
nomeri bilan mos keladi. Atom yadrosi atrofida yopiq orbitalar 
bo’ylab harakatlanadigan elektronlar soni ham 

ga teng va shuning 
uchun ham atom elektroneytral. Atomdagi elektronlar ma’lum 
n=1

n=2

n=3
orbitalar (qobiqlar) bo’ylab joylashadi. Har bir orbitada 2n

ta electron joylashishi mumkin va ularning energiyalari ham bir xil. 
Har bir qobiqdagi elektronlarning energiyalari mos ravishda E
1
, E
2

E
3
, …. deb belgilanadi.


178 
Orbitalar orasida man qilingan energetik sath 
ΔE 
mavjud bo’lib, 
uning kengligi elektron orbitalarda ega bo’lishi mumkin bo’lgan 
energiyalar farqi bilan aniqlanadi:
1
2
E
-
E
=
E

 
Yarim o’tkazgichlarning tuzilishi. 
Misol uchun yarim 
o’tkazgichlarnini tipik vakili bo’lgan germaniyni tuzilishini qaraylik. 
Uning tartib nomeri 32 va to’rtta elektron qobig’i mavjud: 1-qobiqda 2 
ta; 2-qobiqda esa 8 ta; 3-qobiqda 18 ta; 4-qobiqda esa 4 ta elektron 
joylashgan (7.2 - chizma).
Uchta 
ichki 
qobiqdagi 
elektronlar 
turg’un 
bo’lib, 
kimyoviy reaksiyalarda ishtirok 
etmaydi. 
Oxirgi 
to’rtinchi 
qobiqdagi elektronlar esa atom 
yadrosi 
bilan 
juda 
kuchsiz 
bog’langan.
Aynan 
shu 
elektronlar 
elementning boshqa atomlarning 
nechtasi bilan kimyoviy bog’lanishga kira olish qobiliyatini ko’rsatib, 
mazkur elementning valentligini aniqlaydi. Shuning uchun ham oxirgi 
qobiqdagi elektronlarga tashqi yoki valentli elektronlar deyiladi. 
Tashqi qobig’ida to’rta elektroni mavjud bo’lgan germaniyning 
valentligi to’rtga teng. Mazkur atomga boshqa atomlar 
yaqinlashganida valent elektronlari bilan oson ta’sirlashadi va 
kimyoviy bog’lanish hosil qiladi. 
Atom qobig’iga ma’lum energiya berilganda atomning ionlashuvi 
ro’y berishi mumkin. Aynan so’nggi qobiqdagi elekronni ozod qilish 
uchun eng kam energiya taqozo qilinadi. Germaniy, kremniy va yarim 
o’tkazgichlarining boshqa bir qancha vakillari kristall moddalar 
hisoblanadi. Ularning atomlari ma’lum qonuniyatlarga muvofiq 
joylashgan bo’ladi.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin