O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

Xususiy o’tkazuvchanlik: 
Yarim o’tkazgichlarning elektr 
o’tkazuvchanligi metallarning elektr o’tkazuvchanligidan yomon, 
dielektriklarnikidan esa yaxshiroqdir. Tabiatda yarim o’tkazgich 
elementlar va yarim o’tkazgich kimyoviy birikmalar mavjud. Shuning 
uchun ham ularni xususiy va aralashmali yarim o’tkazgichlarga 
ajratishadi. Kimyoviy toza yarim o’tkazgichlarga xususiy yarim 
7.2-chizma:
Germaniyning elektron 
qobiqlari tuzilishi


179 
o’tkazgichlar, o’tkazuvchanligiga esa xususiy o’tkazuvchanlik 
deyiladi. Ularga germaniy – Ge, selen – Se va ba’zi kimyoviy 
birikmalar kiradi. 
OK da boshqa tashqi sabablar bo’lmaganda xususiy yarim 
o’tkazgichlar o’zlarini dielektriklardek tutishadi. 
n-o’tkazuvchanlik. 
Temperatura ortishi bilan valent 
zonasining 
yuqori 
sathidagi 
elektronlar o’tkazish zonasining 
quyi sathlariga sakrab o’tadi 
(7.3-chizma). Kristallga elektr 
maydoni qo’yilganda esa ular 
maydonga qarshi harakatga kelib 
elektr toki hosil qiladi. Xususiy 
yarim o’tkazgichlarning elektron 
bilan bog’liq o’tkazuvchanligi 
elektron o’tkazuvchanlik yoki 
(yunoncha negate ve – manfiy so’ziga asosan) 
n
– tip o’tkazuvchanlik 
deyiladi.
 
p – tip o’tkazuvchanlik. 
Elektronlar sakrab o’tkazish zonasiga 
o’tib ketgandan so’ng, valent zonada bo’sh o’rinlar qolib, ularga 
teshiklar deyiladi. Tashqi elektr maydoni ta’sirida elektronning bo’sh 
o’rni – teshikni qo’shni sathdagi boshqa electron egallashi mumkin. 
Bunda teshik ham ko’chgan elektronning o’rniga o’tadi. Bu jarayon 
davom etsa go’yoki teshik elektronlar harakati yo’nalishiga teskari 
yo’nalishida ko’chib yurgandek bo’ladi. Ya’ni go’yoki zaryadi zaryadi 
electron zaryadiga teng, ishorasi musbat bo’lgan zaryadning ko’chishi 
ro’y beradi. Xususiy yarim o’tkazgichlarning kvazizarralar – teshiklar 
harkati bilan bog’liq o’tkazuvchanligi teshikli o’tkazuvchanlik yoki 
(yunoncha positive – musbat so’ziga asosan) 
p
- tip o’tkazuvchanlik 
deyiladi. 
Kimyoviy toza yarim o’tkazgichlarda o’tkazish zonasiga o’tgan 
elektronlar sonly valent zonasida hosil bo’lgan teshiklar soniga teng 
bo’ladi va ularning har ikkalasi ham elektr toki hosil qilishda ishtirok 
etadi. Shu bilan birga elektronlarning harakatchanligi teshiklarnikiga 
nisbatan katta bo’lganligi uchun teshikli tok umumiy tokning yarmiga 
teng bo’lolmaydi. Shunday bo’lsa-da, yarim o’tkazgichlarning 
solishtirma 
o’tkazuvchanligi 
elektronli 
va 
teshikli 
7.3-chizma:
Temperatura 
ortishi 
bilan 
valent 
zonasining 
yuqori 
sathidagi elektronlar o’tishi 


180 
o’tkazuvchanliklarning 
yig’indisidan 
iborat 
bo’ladi. 
Zaryad 
tashuvchilar, ya’ni elektronlar va teshiklar xususiy zaryad tashuvchilar 
bo’lganligi uchun ham ular vujudga keltiradigan o’tkazuvchanlikka 
xususiy o’tkazuvchanlik deyiladi.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin