1.1. Darsning maqsadi: Tuprоq unumdоrligini limitlоvchi оmillar va ularni bоshqarish, tuprоq xоssalarining оptimal paramеtrlari va unumdоrlik mоdеllari, unumdоrlikni yaxshilashning asоsiy tadbirlari to’g’risida malumot berish.
1.2. Identiv o’quv maqsadlari: 1.2.1. Tuproq unumdorligi to’g’risida tushintirib bera oladi.
1.2.2. Tuprоq unumdоrligini limitlоvchi оmillar va ularni bоshqarish usullarini so’zlab bera oladi
1.2.3. Tuprоq unumdоrligini bоshqarish usullarini so’zlab beria oladi.
1.2.4. Tuprоq unumdоrligini oshirish bo’yicha yangi tajribalar to’g’risida malumotga ega bo’ladi
1.4. Dars shakli: Guruhda va mikroguruhda ishlash.
1.5. Foydalaniladigan metod va usullar: Maruza-hikoya, davra suhbati.
1.6. Kerakli jihoz va vositalar: Rasmlar, videoproyektor.
O’qituvchi
II
2. O’quv mashg’ulotini tashkil qilish bosqichi: 2.1. Mavzu e’lon qilinadi.
2.2. Ma’ruza boshlanadi, asosiy qismlari bayon qilinadi.
O’qituvchi,
15 minut.
III
3. Guruhda ishlash. 3.1. Talabalarning fikrlari eshitiladi. Boshqa fikr, e’tirozlar bormi? Deb so’raladi. Bor bo’lsa, izohlash talab qilinadi. Boshqa talabalar ham baxsga jalb qilinadi.
3.2. Talabalarning fikrlaridagi o’xshashlik va qarama-qarshi tamonlar hamkorlikda aniqlanadi, boshqa fikirlar ham tahlil qilinadi.
3.3. Barcha talabalar tomanidan aytilgan fikrlar umumlashtiriladi, tahlil qilinadi va eng to’g’ri fikrlar jamlanadi.
3.4. Aytilgan g’oyalar to’ldiriladi, tuproq unumdorligi va uni yaxshilash usullarini o’rganish tartibi belgilab olinadi.