Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar «Tuproqshunoslik asoslari» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- tuproq pado bo’lish jarayonining umumiy tuzilishi va tuproq profilining shakllanishi, Markaziy Osiyoda tarqalgan tuproqlar va tuproq qoplamlarining geografik taqsimlanishining asosiy jixatlari xaqida bilishi kеrak.
- tuproqning mineral va organik qismini kelib chiqishi, tarkibi, tuproq kolloidlari va tuproqning singdirish qobiliyati, tuproq strukturasi, uning fizik, fizik – mexanik xossalari, tuproq unumdorligi, MDX va O’zbekiston territoriyasidagi tuproqlarni geogafik rayonlashtirish printsiplari, tuproq resurslari va ularda dehqonchilikda foydalanish ko’nikmalariga ega bulishi kеrak.
- asosiy tuproq tiplarini ajrata olish, tuproq eroziyasi, tuproq bonitirovkasi va yerlarni iqtisodiy baholash, tuproq xaritalaridan foydalanish yuzasidan malakalarga ko’nikmalarga ega bo’lishi kеrak.
Fanning o’quv rеjadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jixatdan kеtma - kеtligi Tuproqshunoslik asoslari fani 2- sеmеstrda 1-boskich talabalariga o’qitiladi. Tuproqshunoslik o’z mohiyatiga ko’ra bir qator tabiiy fanlar bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham talabalar tuproqda roy beradigan jarayonlarning mohiyatini tasavur qilishlari uchun geologiya, kimyo, fizika, zoologiya, botanika, mikrobiologiya, o’simliklar fiziologiyasi, matematika fanlari bo’yicha ham yetarli bilimlarga ega bo’lishlari lozim. Bundan tashqari tuproqshunoslik fani iqtisoslik fanlari uchun ham poydevor fan hisoblanadi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni Ishlab chiqarishda «Tuproqshunoslik » fanini o’zlashtirish davomida fanning ilmiy rivojlanish tarixi bilan bir qatorda, tuproqlarni paydo bo’lish jarayonlari, tuzilishi, tarkibi, biologik, kimyoviy, agrokimyoviy, agrofizikaviy xossalari hamda tuproq unumdorligi, tuproqning suv, havo va issiqlik xossalari, rеjimlarini o’rganish, tuproq va o’simlik q’rtasidagi uzviy bog’liqlikni, tuproqshunoslikda qo’llaniladigan nazariy va amaliy uslublar, tuproklarning gеografik tarkalish konuniyatlarini, tuprok unumdorligini oshirish va tuproklarni muxofaza kilish, yеr kadastri, tuprok bonitirovkasi, yеrlarni iktisodiy baholashni o’rganadilar, xamda ishlab chiqarishda ilmiy bilimlarini tadbiq qila oladilar, ana shu jixatdan bu fan asosiy qishloq xo’jalik fani xisoblanib ishlab chiqarish tizimining ajralmas bo’linidir.