1) Teshiklari diametri turlicha bo’lgan elakda elash. Bu usul quruq namunalarda diametri 0,25 mm gacha bo’lgan fraktsiyalar uchun, xo’l namunalarda esa diametri 0,1 mm gacha bo’lgan fraktsiyalar uchun qo’llaniladi.
2) Tinch turgan suvda loyqalatish yo’li bilan cho’ktirish. 3) Turlicha kuch bilan chayqatilgan suvda loyqalatish. 4) Suspenziyani maxsus tsentrifugalarda aylantirish (Shene usuli). Bu usul turlicha tezlikda markazdan qochma kuch printsipiga asоslangan.
5) Turli tezlikda esayotgan shamolda sоvurish. Hozirgi kunda tinch turgan suvda loyqalatish usuli keng qo’llaniladi.
Mexanik tahlil ikki yo’nalishdan: tuproqni analizga tayyorlash va analizni o’tkazishdan iboratdir.
Tuproqlarni tinch suvda loyqalatish yo’li bilan katta kichikligi turlicha bo’lgan fraktsiyalarning ajralishini aniqlash zarralarni katta kichikligi va og’irligiga qarab suvda turli tezlik bilan cho’kishga asоslangandir. Turli diametrdagi zarrachalarning cho’kish tezligi Stoksning formulasi asоsida hisоblanadi:
Bu yerda:
V - zarrachalarning cho’kish tezligi sm/sek;
r2 – belgilangan zarra radiusi, sm;
d - zarra zichligi (solishtirma massasi), suv uchun 1 hisoblanadi;
r – bo’tana muhitning yopishqoqligi (ish vaqtidagi temperaturasi);
D – tortish kuchining tezlanishi, 981 sm ga teng;
d1- suyuq muxitning zichligi;
Shunday qilib zarralarning suyuqlikda cho’kish tezligi ular radiusining kvadratiga proportsianal bo’ladi.
Tuproqlar hamda jinslar tarkibidagi fraktsiyalarning nisbatiga qarab mexanik tarkib bo’yicha biror guruhga kiradi.
Hozirgi kunda ikki hadli klassifikatsiya juda keng tarqalgan. Bu fizik loyning fizik qumga bo’lgan nisbatiga asоslanadi.
Uch hadli klassifikatsiyalarda qum, chang va loyqa fraktsiyalarning nisbati hisоbga olingan.
Hozirgi vaqtda Kachinskiyning ikki variantda tuzilgan klassifikatsiyasi ya’ni tuproqning zonal hususiyatlarini hisоbga olgan holda tuzilgan klassifikatsiyasi keng qo’llanib kelinmoqda.
Tuproqning qancha qismi tosh ekanligi maxsus shkala bo’yicha aniqlaniladi: