NAZORAT TOPSHIRIQLARI 8.4.1. Tuproq buferligi deb nimaga aytiladi?
8.4.2. Asоslar bilan to`yingan tuproqlarning buferligi ................. bo’ladi?
8.4.3. Tuproq buferligi o’simliklarning oziqlanishida qanday ahamiyatga ega?
8.4.4. Tuproq buferligi nimaga bog’liq?
8.4.5. Tuproq eritmasining ishqoriyligi oshib ketsa neytrallash uchun nima qilish kerak?
8.4.6. Tuproq eritmasining kislotaliligi oshib ketsa neytrallash uchun nima qilish kerak?
MAVZUGA OID XULOSALAR 8.1. Tuproq eritmasi tuproqning muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning barcha xossa va hususiyatlarini o’zida mujassam etadi. Tuproq eritmasi uning ekologik, meliorativ va unumdorlik ko’rsatkichlarining shakllanishida asos bo’lib hizmat qiladi.
8.2. Tuproq eritmasini ajtatib olishning bir qancha usullari mavjud bo’lib, ular ichida eng samaralisi tuproq eritmasi tarkibini tabiiyligini saqlagan holda ajratib olish imkoniyatiga ega bo’lgan usul hisoblanadi.
8.3.Tuproq eritmasining tarkibi, konsenratsiyasi va osmotik bosimi tuproqning asosiy meliorativ va unumdorlik ko’rsatkichlarini belgilab beradi. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga u yoki bu darajada ta’sir ko’rsatadi.
8.4. Tuproq reaksiyasi eritmadagi vodorod va gidrooksid ionining kontsentratsiyasiga bog’liq holda o’zgarib boradi.
8.5. Tuproqning buferligi murakkab jarayon bulib, tuproq eritmasining va singdiruvchi kompleksning harakateriga bog’liq.
MUSTAQIL ISH TOPSHRIQLARI 8.1.Tuproq eritmasi, uning shakllanishi va tarkibiga doir ma’lumotlar to’plang.
8.2. Tuproq eritmasi kontsentratsiyasi, osmotik bosimi va uning o’simliklarning rivojlanishiga ta’siriga doir ma’lumotlar to’plang.
8.3. Tuproq reaksiyasi. Tuproq muhitiga doir ma’lumotlar to’plang.
8.4. Tuproq buferligi. Tuproq reaksiyatsini boshqarish usullariga doir ilmiy yangiliklar bilan tanishing (Internet materiallari).