O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 2 Mb.
səhifə41/96
tarix02.01.2022
ölçüsü2 Mb.
#47455
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org (1)

V— semestrda fanga ajratilgan umumiy o'quv yuklamasi (soatlar-da);

O' - fan bo'yicha o'zlashtirish darajasi (ballarda).

Fan bo'yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to'plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi, aksincha, 55 va undan yuqori balni to'plagan talaba fanni o'zlashtirgan deb hisoblanadi. Biz barcha uchun umumiy bo'lgan quyidagi amallarni talabalar bilan bajarishni tavsiya etamiz:


  • fan o'qituvchisi semestr davomida o'qitiladigan fanni soatlar


    taqsimotini aniq bilish lozim;
  • talabalarga birinchi mashg'ulotdayoq baholash turlariga daxldor


    ballar miqdorini berishi shart;
  • JN har bir juftligiga beriladigan ball miqdori talabaning quyidagi harakatlari uchun beriladi: mashg'ulotga qatnashish va faol ishti-roki; topshirilgan topshiriqni bajarilganlik darajasi; daftar tutishi va imloviy xatolarga e'tibor qaratilishi, olingan natijalarni ilmiy va izchil asoslay olishi, hozirjavobligi, topqirligi va ijodiy fikrlar bilan qatna-shishi;


  • Oraliq nazoratga ajratilgan ball miqdorini talaba darsga doimiy


    faol qatnashishi hamda bosqichlarda bajaradigan ishlarning natijasi-
    ga ko'ra to'playdi. ONda bajariladigan ishlar: savolnomalarga yoz-
    ma javob berish, test savollarini yechish, alohida bob yoki mavzu-
    larni mustaqil ish tarzida test savollari, boshqotirmalari yoki rebuslar
    tuzish, ayrim mavzulardan referatlar yozish yoki mavzulardan og'zaki
    savol-javob qilish kabilardir.
  • YaNga Nizom bo'yicha ajratilgan 30 ballga moslab, semestr


    oxirida mustaqil ish topshiradi hamda tayanch tushunchalarga asos-
    langan variantlar tuzilib, talaba o'z variantiga javob tarzida «yozma
    ish» yozadi. YaNdagi ballar miqdori yozma ishning quyidagi holatla-
    ri uchun beriladi: variant savollariga yozilgan javobning mukammal-
    ligi, talabaning savodli va ilmiy tilda bayon etishdagi e'tibori, fikr-
    mulohazalarining asosli va mantiqli ekanligi, daftarni tutish va jihoz-
    lash tartibiga rioya qilinganligi, xulosalar va foydalanilgan adabiyot-
    larni keltirilishi kabilardir. Umuman, reyting tizimi quyidagicha vazifalarni bajarishga qara-tilganligini unutmasligimiz lozim:
  • fanning talaba tomonidan tizimli tarzda belgilangan muddatlarda


    o'zlashtirilishini tashkil qilish;
  • talaba o'zlashtirishini muntazam baholab borish;


  • talabalarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, axbo-


    rot manbalardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • talabaning bilimini adolatli va aniq baholash;


  • baholash natijalarini muntazam ma'lum qilish va tahlil qilish;


  • professor-o'qituvchilarninghar bir darsga va baholash jarayoni-


    ga mas'uliyatini oshirish;
  • o'quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sha-


    roit yaratish.

Yuqorida keltirganlirimizdan ko'rinadiki, bilimga baho qo'yish bitta mashg'ulotning barcha qismlariga singib ketishi bilan birga, butun fanning mazmunidan ham xabardor bo'lishni taqozo etadi. Bu esa ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi doimiy ijodiy munosabatni amalga oshirishni talab etadi. Uiar o'tilgan materiallar-ni qaytarish, yangi materiallarni tushunish uchun zamin ekanligini tushunib yetadilar, barcha topshiriqlarni o'z vaqtida bajarishga faol-lik ko'rsata boshlaydilar. Talabalarni JN, ON va YaNlar bilan baho-lar ekanmiz, albatta, ularning yutuq va kamchiliklarini yoritib beri-shimiz, javoblarini yoki yozma bajargan ishlarini tahlil qilishimiz lozim. Chunki, fan ta'lim beruvchisi talabalarning semestr davomi-da bajargan ishlari, faol ishtiroki va boshqa javoblarini aniq hisob-ga olib bormasa va natijaviy balini chiqarganda qisqacha izohlab bermasa, ulardr qo'yilgan bahoning to'g'riligiga shubha tug'ilishi mumkin.

Ko’rinadiki, o’zaro ta'sir natijasini nazorat etish mеtodlari nig’oyatda rang-barangdir. hozirgi paytda tеstlar, dasturlashtirilgan matеriallar vositasida nazorat qilish rеspublikamiz o’qituvchilar tajribasida kеng o’rin olmoqda.

Tеst nima? Tеst bеrilgan altеrnativ javoblardan to’g’risini tanlashga oid nazorat topshiriqidir. O’quv fani bo’yicha tuziladigan nazorat tеstlari, boshqa o’quv topshiriqlariga o’xshab, to’rt xil elеmеntlardan tarkib topadi; mazmun, maqsad, funktsiya, mеtod. Boshqacha aytganda, tеst ma'lum o’quv matеriali asosida tuziladi, bilimlarni nazorat qilish maqsadiga qaratiladi, faoliyatda bilimlarni tеkshirish vazifasini bajaradi, bеrilgan javoblardan to’g’risini yoki eng to’g’risini ajratish mеtodi bilan bajariladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari uchun talabalarni test usulida qabul qilish to’g’risida»gi Qarori O’zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib testshunoslikdan foydalanishga keng yo’l ochib berdi. Jahon pedagogikasi va psixologiyasida mustahkam o’rin olgan test usuli mamlakatimiz ta`lim tizimida jadallik bilan tadbiq qilinmoqda. Respublika Davlat Test markazining faoliyat ko’rsatayotganligi mamlakatimizda testshunoslikning davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masala darajasiga ko’tarilganligining yaqqol dalilidir.

Pedagogik testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya, YAponiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro’yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog’lanish mavjud: testlarni qo’llash ta`lim sifatiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi; ta`lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog’liq; oqilona boshqaruv esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi.

Testshunoslik batafsil bayon etilishi zarur bo’lgan alohida soha ekanligi va shu bilan birga test topshiriqlari pedagogik texnologiya bo’yicha loyihalangan tashhislanuvchi o’quv jarayonini amalga oshirishning muhim vositasi ekanligini ham e`tiborga olib, bu bo’limda testshunoslik tarixi (J. Fisher, F. Gamelton, CH. Grim, CH. Rassel), test usulining afzalliklari, test shakllari va ularni tuzishga oid didaktik talablar haqida ixcham ma`lumot beriladi.

1. Test shakllari va ulardan foydalanish.


Testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari


Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo’llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo’nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog e. Torndayk tomonidan yaratilgan. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi matematik uslublar ham qo’llashni taqozo qildi. Bunday uslublar o’z navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta`sir ko’rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o’quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo’nalish: aqliy (intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo’llash hamda talabalarning o’qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo’ljallangan pedagogik testlarni yaratish va ulardan foydalanish sohalari rivojlana boshladi. Test tuzuvchilar turli odamlarda ta`sirga javob berish vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy qobiliyatlarini o’rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usuli bo’yicha amaliy ishlar olib borish lozimligiga olib keladi.

Test sinovlarining asosiy maqsadi: ham o’tilgan darslarni o’zlashtirish darajasi to’g’risida, ham navbatda o’rganilishi lozim bo’lgan dars hajmi to’g’risida o’qituvchiga axborot berish; o’qituvchiga o’qitish uslubini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan.


Talabalar bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, testlarni guruxlarga ajratishga ham urinib ko’rilgan. CH.Grin (1926) o’zining «Test novogo tipa» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko’rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi [6]:


  • test sinovlari uchun mo’ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish;


  • mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo’li bilan aniqlash;


  • talabalarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o’rtacha tezligi to’g’risidagi amaliy ma`lumotlarni e`tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash;


  • test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to’g’ri-ligini va mantiqqa muvofiqligini tekshirish;


  • topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to’g’ri va noto’g’ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo’l qo’ymaslik.


CH.Rassel test sinovlarining natijalarini o’rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi to’g’risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi talabalarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi xollarda: qaysi materialdan boshlab o’rganish zarurligini ta`minlashda; talabalarni guruhlarga taqsimlashda; o’qitish jarayonida sodir bo’ladigan qiyinchiliklarni oldindan aniqlashda; shuningdek, mamlakatning turli hududlaridagi o’quv yurtlarida muayyan yosh davridagi yoshdagi talabalarning yutuqlarini taqqoslashda qo’llash mumkin.



SHuni ta`kidlash lozimki, Amerika maktab direktorlari Assotsiatsiyasining test sinovi o’tkazmasdan ta`lim berish mantiqsizlikdir, faqat testni qo’llash natijasidagina nazoratdan ta`limga yo’naltirilgan qaytuvchan aloqa haqida fikr yuritish va so’ngra qanday yo’nalishda harakat qilishni bilish mumkin, degan fikrlari ma`lumdir. Frantsiya parlamenti 1989 yilda ta`limni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari haqida qonun qabul qildi. Unda xususan, talabalar bilimini xolisona baholash usuli bo’yicha o’qituvchilar majburiy suratda tayyorgarlikdan o’tishlari ko’zda tutiladi: Busiz 1992 yildan boshlab Frantsiyada o’qituvchilik qilishga ruxsat etilmaydi. SHunisi qiziqki, Frantsiya to’qson yillik test an`analariga ega bo’lgan davlatdir.

O’tgan asrning 70-yillari oxirida Pitterburgdagi Karnegi-Melon universitetining bir guruh sotsial-psixologlari AQSHda test o’tkazishning zamonaviy ahvolini o’rganishga bag’ishlangan maxsus tadqiqot olib bordilar. Aslida, tadqiqotchilarning maqsadi o’quv yurtlaridagi testlarni keng miqyosda qo’llash sabablarini aniqlash edi. Bu tadqiqot natijasida quyidagilar aniqlandi: test sinovi Amerika hayotida chuqur ildiz otgan, hech kim Amerika maktablarida turli xildagi standartlashtirilgan test bo’yicha sinovdan o’tmasdan, boshqacha yo’l bilan bilim olishni davom ettira olmaydi, ishga joylashish, keyinchalik esa yuqori lavozimga ko’tarilish yoki malaka oshirish test bilan chambarchas bog’lanib ketganligi alohida qayd qilindi. Tadqiqotda amerikaliklarni testlarga bu qadar moyilliklarining uchta sabablari keltirildi:

a) inson omilidan imkon boricha samarali tarzda xizmat manfaatlari nuqtai nazaridan foydalanish;

b) ijtimoiy kelib chiqishidan qat`iy nazar iste`dodlarni taqdirlashga intilish;

v) amerikaliklarni milliy ta`lim standartlarni joriy etish uchun intilishlari.

Inson erishgan yutuqlarni xolisona baholash uchun testlashtirishdan ommaviy suratda foydalanish, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda test sanoati va testlar bozorini vujudga keltirdi.



AQSHda to’rt yuzdan ortiq markaz o’zaro raqobat ostida turli-tuman testlarni ishlab chiqmoqdalar. SHuningdek, testlarni tuzish va ularni qo’llash bo’yicha yaxshi mutaxassisliklar yuqori darajada qadr topganlar. 1992 yilda ular AQSHdagi eng nufuzli 20 ta faoliyat yo’nalishlari ro’yxatida 8-o’rinni egallaganlar. O’ta qadrlanadigan tizimlar bo’yicha tahlil, marketing, sog’liqni saqlash, ekologiya, oziq-ovqat maxsulotlarini taqsimlash va komp’yuter texnologiyasi ixtisosliklari esa, tegishli tarzda 15-20-o’rinlarga joylashtirilgan.

Sobiq Ittifoq davrida testlarga asoslangan fan pedalogiya deb yuritildi va testlardan foydalanishning dastlabki davrida jiddiy xatoliklarga hamda buzilishlarga yo’l qo’yildi. 1936 yildagi VKP(b) MKning «Xalq maorif komissarligi tizimidagi pedagogik buzilishlar to’g’risida»gi qarorida testlar «burjua» pedagogikasiga xos deb hisoblandi. Bu qaror fanni mafkuraviylashtirishga va uni majburan siyosiylashtirishga qaratilgan bo’lib, unda jahon psixologiyasi va pedagogikasi tajribasidan foydalanish inkor qilingan edi. Bu qarorga binoan, 1936 yildan testshunoslik bo’yicha ilmiy tadqiqotlar davlat miqyosida to’xtatildi. Pedalogiyaning «idealistik va mexanistik» ko’rsatmalari, ularni «ilmiy asoslanmagan» «test»larga berilib ketganligi qoralandi. Pedalogiyani soxta fan sifatida qoralash jarayonida sovet pedagoglari va psixologlarining talabalar bilim-ko’nikmalarini baholashga qaratilgan ijobiy yutuqlari ham inkor etildi. SHuning uchun test sinovlari muammosi pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlarda uzoq vaqt aks ettirilmadi. YUqorida ta`kidlaganidek, mustaqil O’zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib, 1993 yildan testshunoslikdan foydalanishga keng yo’l ochib berildi. Pedagogik testlar keng miqyosda, dastlab o’rta ma`lumot yakunida, oliy o’quv yurtiga kiruvchilarni qabul qilishda qo’llanila boshlandi. Pedagogik testlarning zamonaviy nazariyasi pedagogika, psixologiya, mantiq, o’lchovlar nazariyasi, matematik statistika, matematika, axborot nazariyasi; kibernetika va bir qator fanlarning tutash chegaralarida rivojlanmoqda. SHuningdek, testlar ilmiy asoslangan, eng ishonchli pedagogik o’lchovlar quroli sifatida etirof etilmoqda. edagogik testlar insoniyat tafakkuri erishgan muvaffaqiyatlardan biri bo’lib, ta`lim jarayonining samaradorligini oshiradi. SHuning uchun ham kelajak avlod psixologik, pedagogik va kasbiy testlar me`yor bo’lib qolgan davrda yashab, faoliyat ko’rsatadilar.

Pedagogik testlar bilimlarga baho berishning istiqbolli usuli hisoblanadi. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • test topshiriqlari o’quv fanining asosiy mazmunini qamrab oladi (imtihon bileti o’zida nazorat qilinadigan o’quv materialining 4-5 foizini qamraydi xolos);


  • hamma talabalar testning bir xil savollariga javob beradilar, bu ularning bilimlarini taqqoslashga imkon beradi;


  • talabalar bilimiga haqqoniy baho berish mezoni oshadi;


  • test nazoratida oldindan yaratilgan, hamma uchun bir xil bo’lgan shkala yordamida, talabalar bilimiga bir muncha aniq va tabaqalashgan baho qo’yishga imkon beradi (reyting);


  • o’qituvchi talabalar bilimini nazorat qilishga kam vaqt sarflaydi;


  • boshlang’ich darajasini va har qanday vaqt oralig’ida bilimlarni oshirish imkoniyatini o’lchashga sharoit yaratiladi;


  • test nazorati komp’terlashtirishga (avtomatlashtirishga) qulay. Bu pedagogik testlashning asosiy afzalliklaridan biridir. O’quv jarayonining takrorlanuvchanligi ham aynan shunda o’z ifodasini topadi.


Umuman olganda, test usuli birmuncha texnologik hisoblanadi. U bilimlarni o’zlashtirish sifatini nazorat qilishda professor-o’qituvchilar mehnat unumdorligini oshiradi va o’quv dasturini chuqur va har tomonlama o’zlashtirilishini ta`minlaydi. Pedagogik testlashning bu afzalliklari AQSHda munosib baholangan. Abiturient (talabgor)larni universitet va kollejlarga test sinovi bilan qabul qilinadi. Pedagogik testlarni keng qo’llash bo’yicha AQSH tajribasi Kanada, YAponiya, Turkiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarga yoyilgan.



Sifatli test topshiriqlarini tuzishning qiyinligi, testni keng joriy etishni murakkablashtiradi. Bu ish yuqori pedagogik malaka va tajriba talab etadi. SHuning uchun ham, AQSHda testning yuqori sifatini ta`minlash uchun pedagogik testlashning maxsus xizmati (PTX) tashkil kilingan [2; 3.] Bu tashkilot test otkazish amaliyotini umumlashtirish va ommalashtirish, standartlashtirilgan testlar yaratish, test otkazishning yagona qoidalari va test ishlab chiqish usullarini takomillashtirish masalalari bilan shugullanadi. Pedagogik testlash xizmati (PTX) Prinston universitetida joylashgan, unda 2300 nafar kishi, shu jumladan, 250 nafar falsafa, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, statistik va psixologik uslublar, kasb tanlash boyicha fan doktorlari, shuningdek, turli fanlar boyicha fan doktorlari, 200 nafar magistr, har xil fanlar boyicha oqituvchilar xizmat qiladi. Testlar eHMda ishlanadi va sinaladi. Mamlakatda pedagogik testlash xizmatiga boysunadigan 5000 test shaxobchalari mavjud. Test otkazish uchun Prinston markazi 53 ishonchli shaxslarga (odatda test otkaziladigan oquv yurtlari pedagoglariga) test materiallari va test otkazish boyicha yollanmalar yuboradi.

Bu misoldan ma`lumki, testlashni samarali o’tkazish pedagogik testlarning maxsus rivojlangan xizmati, keng quloch yoyilgan tarmoq punktlari, testlar bo’yicha nazariya va amaliyotni o’zida aks ettiradigan katta hajmdagi adabiyotlar mavjudligiga bog’liq.

Ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy metodlarini tarbiyaviy jarayonga samarali o’zgartishlar kiritadi. O’quvchi-yoshlarning, talabalarning ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuq kamchiliklarini rag’batlantirish, tuzatish tarbiya mazmun metodlari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritish . O’qituvchidan katta mas’uliyat talab qiladi.

O’quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga egadir. SHu bilan birga, nazorat v baholash jarayonini o’quvchi bilimini boyitishga, ular shaxsini rivojlanishiga va tarbiyasiga ta’sir ko’rsatadi.

Bilimlarni nazorat qilishda qo’yilgan ball va baholar o’quvchi va talabada qanday tassurotlar qoldirganini, ular o’rtoqlarining o’qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo’lishlarini doim kuzatib borish lozim. O’quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o’quv yili davomida har doim va muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, ba’zan-ba’zan tasodifan tekshirishlarni oldini oladi va tartibli, doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi.

Pedagogika fani bilimlarni o’z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi.

1. O’zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab Davlat ta’lim standartlari qanday bajarilayotganligini nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.

2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o’quvchi talabalarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan o’quv yurtlari oldida turgan ta’limiy maqsad bajariladi.

3. Ta’lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko’rsatadi. Ularda ko’tarinki rux, o’z kuchiga bo’lgan ishonch va qiziqishlar paydo bo’ladi. SHuning uchun ham o’zlashtirishni nazorat qilish ta’lim tizimining ajralmas qismidir. Nazorat jarayonida uning yozma, og’zaki va amaliy metodlaridan keng foydalanilmoqda.

Hozirgi kunda o’qituvchi o’quvchini faollashtiradigan, o’zi va o’rganuvchi uchun qulay bo’lgan yo’llarni, metod va uslublarni, o’qitish shakllari, metod va vositalarni izlaydi, ularni takomillashtiradi. SHu boisdan ham, «pedagogik texnologiya», «didaktik texnologiya», «ta’lim texnologiyasi» atamalari qatoridan «pedagogik innovatsiyalar» atamasi mustahkam o’rin olmoqda.




Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin