O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti


KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI. XOZIRGI DAVRDA O’QITUVCHILIK KASBI VA UNING JAMIYATDA TUTGAN O’RNI



Yüklə 2 Mb.
səhifə2/96
tarix02.01.2022
ölçüsü2 Mb.
#47455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org (1)

KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI. XOZIRGI DAVRDA O’QITUVCHILIK KASBI VA UNING JAMIYATDA TUTGAN O’RNI.

Reja:

  1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi, vazifalari va ro’yobga chiqarish bosqichlari

  2. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari


  3. Kadrlar tayyorlash milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat,


    uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarish.
  4. Kadrlar tayyorlash milliy modeli pedagog kadrlarni tayyorlashning nazariy asosi.


5.Xozirgi davrda o’qituvchilik kasbi. O'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar.

Mavzuning maqsadi:

Ta'lim sohasini tubdan isloh qilish orqali o'qituvchi kadr­lar tayyorlashning ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yoritish, fan, texnika, texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda o'qituvchilarni qayta tayyorlash, o'qituvchi shaxsiga qo'yilgan talab­lar haqida ilmiy tushuncha berish.

Mavzuning vazifalari:

  • kadrlar tayyorlash milliy modelining mazmunini tushuntirish;


  • demokratik jamiyatda pedagoglik kasbining rolini ko'rsatish;


  • o'qituvchi shaxsiga qo'yilgan talablarni ochib berish.


    Tayanch ibora va atamalar:

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy modeli: (shaxs, davlat, jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarish), pedago-gika, mutaxassis, raqobatbardosh kadr, o'qituvchi, o'qituvchi shaxsi­ga qo'yiladigan talablar.

1. 1. Kadrlar tayyorlash milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'Iim, fan, ishlab chiqarish

1997-yil 29-avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dastu-ri» qabul qilindi. Qonunlarga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta'Iim tizimida-gi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahora-tiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir. Bizda 221 ming nafar kishini qamrab olgan 442 ta o'quv yurti, shu jumladan, 209 ta kasb-hunar maktabi, 180 ta kasb-hunar litseyi va 53 ta biznes maktab faoliyat ko'rsatdi. Boshlang'ich kasb-hunar ta'Iim o'quv yurtlarida qariyb 20 ming o'quvchi va malakali mutaxassislar o'quvchilarga kasb-hunar sirlari-ni o'rgatib bormoqdalar. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida ham islohotlar amalga oshirilib, bu borada 23 ta institut, 16 ta fakultet, 4 ta markaz va 14 ta malaka oshirish kurslari pedagog kadrlar malaka­sini oshirish, ularni fan va texnika yutuqlari, ta'lim-tarbiya sohasidagi yangiliklardan boxabar etib bordi. Fan va ta'Iim sohasida xalqaro aloqalar yo'lga qo'yildi hamda bu borada muayyan yutuqlar qo'lga kiritildi. Shunga qaramay, sodir etilgan o'zgarishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talabla-riga muvofiq boiishini ta'minlay olmadi. Mutaxassislar tayyorlash hamda ta'lim-tarbiya tizimi jamiyatda olib borilayotgan islohotlar, yangilanish jarayoni talablari bilan bog'lanadi. Majburiy to'qqiz yillik ta'limga asoslangan o'n bir yillik o'rta ta'Iim mazmuni ilmiy jihatdan to'laqonli asoslanmadi, o'quvchilarni kasbga yo'naltirish hamda mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyatini tashkil etish ko'nikmalarini shakllantirishni ta'minlay olmadi.

1.2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli - pedagog kadrlarni tayyorlashning nazariy asosi

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:

1. Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ulami amalga oshi-ruvchidir. Shaxs uzluksiz ta'lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o'zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o'zida ijtimoiy ta'sirlar yordamida ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda o'zlashtirilgan bilim, faoliyat ko'nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy maho-rat ham shakllanib boradi. Yuksak ma'naviy-axloqiy va yuqori dara-jadagi kasbiy malakaga ega bo'lish uchun shaxs o'z oldiga muayyan maqsadni qo'ya olishi hamda unga erishish yo'lida tinimsiz izlani-shi, o'qib-o'rganishi lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidam-li, malakali kadr bo'lib shakllanadi. O'z-o'zini anglash tuyg'usiga ega bo'lish, ta'lim sohasidagi xiz-matlardan to'laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilim-larni puxta o'zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis boia olish uchun poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o'ziga bog'liqdir. Shu bois milliy dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan. «Ta'limxizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga davlat ta'lim olish va kasb-hunar tayyorgarligidan o'tishni kafolatlaydi.

2. Davlat va jamiyat ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining fao-liyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir. Shaxs kamoloti nafaqat o'zi uchun, balki davlat va jamiyat taraq-qiyoti, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak ma'naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.



3. Uzluksiz ta'lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash-ning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlari, davlat ta'lim standartla-rini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi. Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo'lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy bosh shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbar­dosh kadrlarning jadal tayyorlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yara-tadi.

Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, uning o'qishga intilish hissini uyg'otadi, muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasa-lari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta'lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi tarmog'i shakllanib bormoqda. Bu o'rinda «Xonadon bog'chasi» ham-da «Bolalar bog'chasi - boshlang'ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin.

Umumiy o'rta ta'lim to'qqiz yillik majburiy xarakterdagi umu­miy hamda uch yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limidan iborat. Umumiy o'rta ta'lim boshlang'ich ta'limni ham qamrab oladi. Maz-kur bosqichda o'quvchilarning fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi, aso-siy o'quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni o'zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilat-lar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo'lish, shuningdek, kasb tanlash ko'nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi

Akademik litsey o'quvchilarining imkoniyatlari va qiziqishlari-ni hisobga olgan holda, ularning jadal intellektual rivojlanishi chu­qur sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo'naltirilgan ta'lim olishlarini ta'minlash maqsadida davlat ta'lim standartlariga muvo-fiq, o'rta maxsus ta'lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta'lim muas-sasasidir. Akademik litseylarda o'quvchilar o'zlari tanlab olgan ta'lim yo'nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo'yicha bilim saviyalarini oshirish hamda o'zlarida fanni chuqur o'rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko'nikmalarini shakllantirish imkoni-yatiga ega bo'ladilar.

Kasb-hunar kolleji o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta'lim standartlari doirasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta'lim muassa-sasidir. Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta'lim muassasalari bo'lib, ularning jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning puxta tanlan-ganligi, shuningdek, o'quv jarayonining zamonaviy texnika va texno-logiyalar yordamida tashkil etilishi alohida e'tiborga loyiq.

Oliy ta'lim o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanib, ikki bosqichda (bakalavriat hamda magistratura) tashkil etilib, mutaxassislar yo'nalishlari bo'yicha xalq xo'jaligining turli sohalariga oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta'lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Bakalavriat - mutaxassisliklar yo'nalishi bo'yicha fundamen­tal va amaliy bilim beradigan, ta'lim olish muddati kamida to'rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'lim. Bakalavr darajasiga ega bo'lgan shaxs oliy ta'lim tizimi yo'na-lishidagi o'zi tanlagan soha bo'yicha oliy ma'lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo'ladi. Magistratura aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va ama­liy bilim beradigan, bakalavriat negizidagi ta'lim bo'lib, magistratu-radagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi

Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'Iim jamiyatning oliy malaka-li ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta'lim, kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspi-rantura, adyunktura va doktoranturada ta'lim olish, shuningdek, mus-taqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim nomzodlik yoki doktorlik disser-tatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayo-nida asosiy e'tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko'nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yo'nalishda faoliyat yuri-tuvchi ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglov-chilari o'qish natijalariga ko'ra davlat tomonidan tasdiqlangan namu­nadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo'ladilar.



Maktabdan tashqari ta'lim - maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik vajismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texni-kaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda yo'lga qo'yilib, bolalar hamda o'smirlarning ta'limga bo'lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarni qondirish, ularning bo'sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi. Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foy-dalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo'lib, kadriar tayyoriash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to'g'risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadriar tarkibini shakilantirishni, ulardan taiim tizimida unum-li foydalanishni, shuningdek, kadriar tayyoriash jarayonining ilmiy-tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta'limning axborot tarmoq-larida foydalanish uchun bilimning turli sohalari bo'yicha axborot bazasini shakilantirishni hamda ilmiy-tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiy-pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqeyi va obro'sini oshirishni va shu kabilarni qam-rab oladi». Kadriar tayyoriash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan: «ta'lim mazmunini tubdan yangilashda: ta'lim standart-lari, ta'lim dasturlari, o'quv darsliklari va qoilanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta'minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi». Ishlab chiqarish - kadrlarga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojni, shu­ningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yi-ladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadriar tayyoriash tizimini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta'minlash jarayonining qatnashchisi. «Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadriar tayyoriash tizimi-ning yo'nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta'limning zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijasida kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi». «Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida mutaxassislarni tayyorlashni, guruhlarni va o'quv yurtlarini moliyalash jarayonida ishtirok etib, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy faolligini rag'batlantiradi, ularni moddiy va ma'naviy jihat­dan qoilab-quvvatlashda bevosita ishtirok etadi».

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

1. O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunining mazmuni nimadan iborat?

  1. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» necha bosqichda amalga


    oshiriladi.
  2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli nima?


  3. Uzluksiz ta'lim tizimi qanday bosqichlardan iborat?


  4. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariningfarqi nimada?



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. I. A. Karimov “Barkamol avlod orzusi” T., “Sharq” 1999 y

2. O’zbеkiston Rеspublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” T., 2000 y

3. O’. Asqarova, M. Nishonov, M. Xayitbaеv “Pеdagogika” T., “Talqin” 2008 y

4. A. To’xtaboеv, A. Eraliеv “Tashkiliy xatti-xarakatlar” Andijon., “Xayot” 2001 y

5. O. Musurmonova “Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” T., “O’qituvchi” 1990 y

6. R. Mavlonova “Pеdagogika” T., “O’qituvchi” 2004 y

7. I. Karimov O’zbеkistоn Mustаqillikkа erishish оstоnаsidа/ 2011yil “O’zbеkistоn” nаshriyoti. 440b


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin