O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


O’qituvchining kommunikativ ta’sir etish usullari



Yüklə 471,85 Kb.
səhifə11/129
tarix23.01.2023
ölçüsü471,85 Kb.
#80322
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   129
O’zbåkistîn råspublikàsi îliy và o’rtà màõsus tà’lim vàzirligi n

3.2.O’qituvchining kommunikativ ta’sir etish usullari
Chunki аynаn pеdаgоgik vоqеlikdа o’z-o’zini tаhlil etish ko’nikmаlаrini rivоjlаntirishning аhаmiyati ulаrning o’zi hаqidаgi tаsаvvurlаri, qiziqishlаri, mоtiv, ehtiyojlаri tizimi sifаtidа tushunilаdigаn “Mеn-kоntsеptsiyasi”ning rivоjlаnishigа undоvchi ichki оmillаrning eng аsоsiylаridаn biridir.
O’z-o’zini tаhlil etish usullаri quyidаgilаrgа e’tibоr qаrаtishni tаlаb etаdi:
1) ijtimоiylikkа yo’nаltirilgаn o’zаrоhаrаkаt vаziyatlаridаn shахsiy хulq-аtvоr, tаrbiyalаnuvchi shахsi, uning o’zigа хоsliklаri, qаdriyatlаri tizimi kаbilаrni оb’еkt sifаtidа ko’rib chiqish;
2) o’z хulq-аtvоri, shахsiy fаzilаtlаrini tаhlil etish mеzоnlаri tizimini аniqlаsh;
3) nоmа’lumdаn mа’lumni аjrаtib оlish;
4) qаrаmа-qаrshiliklаrni аniqlаsh.
O’z-o’zini tаhlil etish o’z-o’zini аnglаshdаn аvvаl kеlib, аynаn uning аsоsidа shахsning o’zi hаqidаgi tаsаvvurlаri umumlаshgаn ko’rinishgа o’tаdi. O’z-o’zini аnglаsh nаtijаsidа shахsdа o’zining kimligini аnglаsh, o’zining jаmiyatdаgi o’rnini tushunib еtish, bоshqаlаrning ko’z o’ngidа kim sifаtidа gаvdаlаnishini his etish kаbilаr shаkllаnаdi. O’z-o’zini аnglаsh o’z-o’zigа munоsаbаt sifаtidа shаkllаnuvchi hissiy vа mаntiqiy jihаtlаrni o’zidа аks ettirаdi.
Mа’lumki, o’z-o’zini аnglаsh usullаri hаm mаntiqiy, hаm emоtsiоnаl dаrаjаdа o’z-o’zini tаhlil etish nаtijаsidа оlingаn ахbоrоtlаrni аniqlаshtirish vа umumlаshtirishni tаlаb etаdi.
Хulоsа qilib аytgаndа, o’z-o’zini tаhlil etish vа o’z-o’zini аnglаsh pеdаgоgdа o’zi vа bоshqаlаrning u hаqidаgi tаsаvvuri sifаtidаgi kаsbiy “Mеn qiyofаsi”ning shаkllаnishigа оlib kеlаdi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazo­lash, jamoatchilik fikri.
Talab – ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchining tarbiya­lanuv­chi­ga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining u yoki bu xatti-harakati o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, ijobiy jihatlari rag‘­bat­lantirib boriladi yoki aksincha nojo‘ya xatti-harakati to‘xtatib qo‘­yi­ladi.
Istiqbol – ta’sirchan pedagogik usul bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini tako­millashtiradi. Bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo‘ladi. Ushbu usul maktab o‘quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan biri bo‘lgan maqsadga intiluv­chanlikni rivojlantiradi.
Rag‘batlantirish va jazolash – tarbiyaviy ta’sirning eng an’anaviy usuli bo‘lib, o‘quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat va xatti-harakat, axloqiy hislat, topshi­riqlarning so‘zsiz bajarilishi uchun o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Nomaq­bul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o‘z burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi, uni qo‘llash jarayonida o‘qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab etiladi.
Jamoatchilik fikri – tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim usuli bo‘lib, o‘quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natija­lariga qarab muntazam rag‘batlantirib borishda namoyon bo‘ladi. Jamo­aning tarbiyaviy vazifalarini ma’lum bir yo‘nalishda amalga oshirilishini ta’minlaydi, o‘quvchilarning bir-birlariga do‘stona munosabatini shakl­lantiradi.
Muloqotning ijtimoiy-psixologik nazariyasi va pedagogik tajribalarini o‘rganish pedagogik ta’sir etishda ikki metod: ishontirish va uqtirishdan keng foydalanish lozimligini ko’rsatadi.
Ishontirish - o‘quvchilarga xatti-harakatlarning to‘g`riligi va zarurligini, shuningdek, ayrim xulq-atvorlarning noto‘g`riligini tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida o‘quvchilarda yangi bilim, ko‘nikma, malaka hamda axloqiy sifatlar shakllantiriladi. Bular esa o‘quvchilar va ularning atrofidagilar uchun me’yor (mezon) bo‘lib xizmat qiladi.
O‘qituvchining har qanday tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi, oqibat natijada o‘quvchi ruhiyatiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatishga, ya’ni o‘quvchilarda ijobiy hissiyotlarni: xulq-atvor, munosabatlar, xatti-harakatlarni shakllantirish va mustahkamlashga yo‘nalgan bo‘ladi. Lekin ishontirish va uqtirishning texnologik mexanizmlari turlichadir.
O‘sib borayotgan yoshlar ijtimoiy muhit va tabiat bilan ham o‘zaro ta’sirlanadilar. Bu o‘zaro ta’sir natijasida ularda ishonch, yangi bilimlar va munosabatlar, axloqiy me’yorlar majmui vujudga keladi.
Ishontirish haqiqiy va soxta bo‘lishi mumkin. Haqiqiy ishonch real voqelikka mos keladi va shaxsning jamiyat oldidagi qadr-qimmatini oshiradi. O‘zining haqiqiy ishonchiga sodiq bo‘lishi uchun kishi hatto o‘limiga ham rozi bo‘ladi. Masalan, Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalangan askarlarimizning jang maydonida ko‘rsatgan matonatlari.
Soxta ishonch esa, avvalo sinf jamoasi, qolaversa, jamiyat uchun zararli bo‘lgan odatlarning shakllanishiga olib keladi. Soxta ishonch o‘quvchilarning o‘zi va atrofidagilar ta’sirining umumlashuvi natijasida vujudga keladi.
Ayrim o‘quvchilarda soxta ishonch hosil bo‘lishining sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  1. faqat a’lo bahoga o‘qish - bu bilim olishda ko‘r-ko‘ronalik, quruq yodlashga olib boradi;

  2. o‘zini o‘ta itoatkorona tutish - bu o‘quvchi faoliyatini nihoyatda past bo‘lishiga olib keladi. Me’yordagi o‘quvchi o‘qituvchidan ba’zan tanbeh olib turishi kerak;

  3. o‘qituvchini aldash-bu o‘quvchini o‘ta aqlli va topqirligidan dalolat beradi;

  4. maktab ichki tartib-qoidasini buzish faqat kuchli xarakterga ega bo‘lgan o‘quvchigagina xos bo‘lib, u o‘qituvchi tomonidan tanqid qilib turiladi;

  5. haddan tashqari ko‘p mehnat qilish - bu kerak bo‘lmagan tirishqoqlikdir.

Yuqorida keltirilgan ishonchning bunday turi o‘quvchida shakllanib, asta-sekin boqimandalik, o‘qish va mehnat faoliyatida sustkashlik kayfiyatini sodir qiladi.
Soxta ishonchni bartaraf qilish uchun o‘qituvchi quyidagi uch yo‘nalishda ish olib borishi kerak:

  1. Sinf jamoasida sog`lom ijtimoiy fikrni shakllantirish.

  2. Muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy hayotiy tajriba yaratish.

  3. Soxta ishonchni asosiy tarzda inkor qilish.

Soxta ishonchni o‘zgartirishning quyidagi usullari mavjud:

    1. o‘quvchini o‘zini boshqalar bilan taqqoslashga undash. Uning fikriga qarama-qarshi fikrda bo‘lgan kishi bilan yaqindan tanishish (masalan, bola o‘qishni xohlamaydi, lekin uning tanish o‘rtog`i ko‘p o‘qiydi va biladi, ammo o‘zining “quruq yodlovchi” yoki “o‘ta bilimdon” qilib ko‘rsatmaydi);

    2. noto‘g`ri qarashlar va ishonch oqibatda nimalarga olib kelishini ko‘rsatish (masalan, ana shunday xislatlarga ega bo‘lib, o‘z hayotini barbod qilgan, o‘z erki, g`ururi va vijdonini yo‘qotgan kishilar haqida so‘zlab berish. Buning uchun hayotiy misollar, badiiy asarlar, kinofilmlar va boshqalardan foydalanish mumkin);

    3. soxta ishonchni yoqlab, himoya qiluvchi o‘quvchi fikrini mantiqiy rivojlantirib, uni hayratga soluvchi holatga yetkazish. Masalan, barcha o‘quvchilar o‘qituvchilarni aldash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslik nimalarga olib borishi mumkin).

Ishontirishning biron tashkil etuvchisiga amal qilmaslik ham tarbiyaviy ish samaradorligini pasaytirib yuboradi. Bunday holatda o‘quvchida faqat bilish shakllangan xolos. Inson o‘zini qanday tutishi lozimligini bilishi, aynan shunday tutishi lozimligini tushunishi, lekin o‘zini bunga majbur qilolmasligi mumkin.
Demak, bu uning irodaviy sifatlari rivojlanmaganligini, xulq-atvor qoidalariga amal qilish malakasi tarkib topmaganligini anglatadi.
Ishontirish bilimlar, qarashlar va xulq-atvor me’yorlari tizimi bo‘lib qolmay, balki ularni shakllantirish usullari hamdir. Ishontirish yordamida yangi qarashlar, munosabatlar shakllanadi yoki noto‘g`ri fikrlar o‘zgaradi.
Munozara, tortishuv, suhbat, o‘qituvchi hikoyasi va uning shaxsiy ibrat namunasi ishontirish shakllari bo‘lib hisoblanadi. Ishontirish o‘quvchilarga ta’sir etish metodi sifatida yuqori samara berishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. ishontirishning shakli va mazmuni, o‘quvchilar yosh davriga mos bo‘lishi lozim (kichik maktab yoshida ertak, rivoyat va fantastik hikoyalar misolida, so‘ngra esa borliq dunyoni o‘rganish inson ma’naviy dunyosini o‘rganish);

  2. ishontirish o‘quvchilarning individual xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘quvchining haqiqiy hayot tarzini o‘rganish zarur;

  3. ishontirish umumiy tarzdagi qoida va printsiplardan tashqari aniq dalil va misollarni ham o‘z ichiga olishi zarur (o‘qitishdan ko‘rgazmalilikka e’tibor berish);

  4. ishontirish jarayonida ba’zi holatlarda barcha bir xil xabardor bo‘lgan dalil va xulq-atvorni muhokama qilishga to‘g`ri keladi. Bu, o‘z navbatida dalilning haqqoniyligi to‘g`risidagi ikkilanishlarni yo‘qqa chiqarishga va umumiy to‘g`ri xulosa chiqarishga yordam beradi;

  5. boshqalarni ishontirar ekan, o‘qituvchi o‘z fikriga qat’iy ishonishi zarur.

Ishontirish jarayonini tashkil etishda o‘quvchi ruhiy qiyofasining o‘ziga xosligini e’tiborga olish lozim. Buning uchun pedagog o‘quvchi oliy asab tizimining tipini, uning ta’lim-tarbiya va kamolotining rivojlanish doirasini bilishi zarur. Masalan: bola kuchli muvozanatlashgan (sangvinik) asab tizimi tipiga ega bo‘lsin. Unda tormozlanish jarayoniga nisbatan qo‘zg`alish jarayoni kuchliroq bo‘ladi. Bu holda o‘qituvchi ishontirish jarayonini o‘quvchi asab tizimini ortiqcha qo‘zg`alishiga yo‘l qo‘ymaydigan, qo‘shimcha hissiyot sodir qilmaydigan tarzda olib borishi kerak.
Fikr, sezgi va irodaviy xislatlar bir butun yaxlitlikni tashkil etgandagina, ishontirish metodi haqiqiy harakatlantiruchi kuchga aylanishi mumkin. Bu metodni qo‘llashda ishontirish tarkibi bilish, sezgi, hissiyot, xulq-atvorga amal qilish maqsadga muvofiq.
Ishontirish natijasi o‘qituvchining so‘z mulkiga ham bog`liqdir. Pedagogning so‘zi va ishi ham bir bo‘lishi kerak. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish o‘qituvchining madaniy saviya­sida va o‘quvchi muloqotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki inson­ning “aql-zakovati, fikr-tuyg‘ulari, bilimi va madaniyat saviyasi, tafak­kuri ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi” (Aziz Yunusov). So‘z bilan og‘zaki ta’­sir o‘tkazishni amalda o‘z pedagogik faoliyatida qo‘llovchi o‘qituvchi o‘z hissiyotlarini, ijodiy ta’sirlanishini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi va o‘z his-tuyg‘ularini faqat ta’lim–tarbiyaviy maqsadni amalga oshirish uchun ifodalashi hamda o‘quvchi qalbini noo‘rin so‘zlar bilan jarohatlab qo‘ymasligi, so‘zlarni aniq ifodalashda pedagogik takt norma­laridan chiqib ketmasligi lozim. So‘z qudrati haqida R.Dekartning quyidagi fikrlari o‘qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir: “So‘zlarning ma’nolarini, qudratini odamlarga aniq ifodalab tushuntirib bering, shunda siz insoniyat olamini barcha anglashilmovchiliklarning yarmi­dan xalos qilgan bo‘lasiz”.
O‘qituvchining imo-ishoralari va yuz harakatlari so‘z bilan og‘zaki ta’sir qilishni kuchaytiradi. Yuz harakatlari va imo-ishoralar nutqda ovozning baland-pastligi bilan mos kelishi kerak. Ogohlantiruvchi so‘zlar, notiqlik san’ati asosida ta’sir etish, vazifani ijro etishga undovchi buyruqlar, ta’qiqlangan iboralarni ishlatmaslik, hazil orqali fikrini anglatish, o‘quvchining erkin mulohazalarini ma’qullash yoki nojo‘ya harakatlari uchun ayblash so‘zning og‘zaki ta’sir etuvchi komponentlaridir. So‘z bilan imo-ishoraning va yuz harakatlarining birligi ma’lum qilinayotgan axborot hajmdorligi va ta’sirchanligini kuchaytirishi lozim. Har qanday sharoitda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan sinfda uchrashishga maxsus hozirlik ko‘rishi lozim.
Ishontirish metodini qayta tarbiyalash, ya’ni qarash va munosabatlarni shakllantirishda qo‘llash, u yoki bu xislatlarni namoyish qilish zarur bo‘lgan maxsus vaziyatlar yaratish orqali amalga oshirilishi ham mumkin. Tasodifiy vaziyatlar quyidagi yo‘llar bilan yaratiladi: darsda o‘quvchiga kutilmagan savol berish, darsdan tashqaridagi noto‘g`ri xatti-harakatiga iqror bo‘lishiga majbur qilish, o‘yinda esa harakat qilishga undash. Maktab hayotida tasdiqlanganidek, ba’zan o‘quvchi o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga sharoit bo‘lmagani uchun ham tarbiyasi og`irlar qatoriga qo‘shilib qolar ekan. Undan darsda onda-sonda so‘rashadi: o‘qituvchi uning bilimiga ishonmaydi, dars paytida unga e’tibor berishga vaqtdan qizg`anadi. Agar o‘quvchiga tez-tez murojaat qilinsa, unga o‘z fikrini bayon qilish taklif etilsa, uning xulqida shakllanib qolgan stereotiplar asta-sekin o‘zgara boshlaydi.
Uqtirish – kishilarning muloqot faoliyati jarayonida o‘zaro ta’sir etishlari vositalaridan biridir. Uqtirishning o‘ziga xosligi, inson ruhiyatiga uning o‘ziga sezdirmasdan ta’sir etishi, shaxs psixikasi, tarkibiy tuzilishiga beixtiyor kirib borish va kundalik hayotdagi qiliqlar, intilishlar, motivlar va yo‘l- yo‘riqlarda aks etishidir.
Har qanday pedagogik ta’sir etishda uqtirish elementi mavjud bo‘ladi. To‘g`ri tashkil etilgan uqtirish o‘quvchilarning ongli ravishdagi faolligini oshirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
So‘z yordamida o‘quvchida tetiklik yoki qo‘rquv, xursandlik yoki xafalik, o‘ziga ishonch va ishonmaslik, qiziquvchanlik yoki zerikish, boshqalarga ishonish yoki ulardan hadiksirash kabi sezgilarni vujudga keltirish mumkin. O‘qituvchining yomon kayfiyati to‘lqin kabi bir zumda o‘quvchilarni qamrab olishini ham faqat uqtirish bilangina tushunish mumkin. Yoki asabiylashgan xarakterga ega bo‘lgan guruh rahbari tez orada asabiy holat guruhda muloqot me’yoriga aylanib qolganligidan taajjublanadi.
O‘qituvchi tarbiyachi sifatida tarbiyalanuvchi o‘quvchilarni o‘zi uchun hamisha tarbiya obyekti deb hisoblashi kerak. Biroq tarbiya­lanuvchi o‘qituvchi-tarbiyachi bilan erkin va ongli munosabatda bo‘lish­ga erishsagina, tarbiyaviy munosabatlar samarali xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy faoliyatning kommunikativ munosabatlar jarayonida o‘ziga xos qator qoidalari ham mavjud bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarga peda­gogik ta’sir ko‘rsatishda ushbu qoidalarni mukammal bilishi lozim.

Yüklə 471,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin