2.2.Tafakkur rivojlaninshining hozirgi kundagi ilmiy ma’lumotlari. Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o’z davrining dolzarb muammolarini hal etish yo’llarini topishga harakat qilgan. XX asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti sohasida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inkiroz, og’ir yo’qotishlar davri ham bo’ldi. Bu esa falsafiy fikrning taraqqiyotida o’z aksini topdi, uning turli yo’nalish va oqimlari shug’ullangan muammolarning salmog’i, maqsad-muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida nihoyatda xilma — xil oqim va yo’nalishlar mavjud. O’z navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha bo’lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi.Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg’unligi, demokratik erkinliklar, inson qadri, biror ta’limotni mutlaqlashtirmaslikdir. Bag’rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’min
An’anaviy falsafada, turli g’oyaviy tizimlarga bo’linishiga qaramay, muhim muammolarni hal etishda ma’lum bir umumiylik mavjud edi. hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko’p xilligi va o’ziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo’nalish sifatida shakllanganligi yaqqol ko’zga tashlanadi.An’anaviy falsafada aql — inson mohiyatining belgilovchisi, deb talqin etilgan bo’lsa, endi rasionalizmga qarshi insonning mavjudligi (ekzistensializm) muammolari, hamda uning norasional mohiyati ilgari surila boshladi. Ya’ni ilgari ma’rifatparvarlik g’oyasi ustuvor bo’lsa, endilikda ko’proq inson huquqlariga e’tibor kuchayib ketdi. Falsafa go’yoki, mavhumlikdan aniqlik tomon bordi, umumiy emas, aniq-ravshan masalalarni hal qilish boshlandi.An’anaviy falsafada hodisalar mexanika qonunlari asosida tushuntirishga harakat qilingan bo’lsa, endi bunday tahlil doirasidan chetda qolgan muammolar o’rganila boshlandi.
Bugungi kunga kelib ko’pgina falsafiy oqimlar o’zlarining an’anaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq qilishlarini ta’kidlash maqsadida, nomlariga «neo», ya’ni yangi, zamonaviylashgan degan ma’noni anglatuvchi qushimchani qo’shganlar. Masalan, neopozitivizm, neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradi.Fanning jamiyat hayotidagi o’rnini belgilash va unga nisbatan munosabatga qarab, zamonaviy falsafiy ta’limotlarni asosan ikki yo’nalishga ajratish mumkin. Ulardan biri — ssiyentizm (lot scientia — fan) ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni hal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Ssiyentizm g’oyalari, neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta’limotlarning asosini tashkil etadi.
Ikkinchisi — antissiyentizm, ya’ni fan taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatishini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Bunday dunyoqarash ekzistensializm, frankfurt ijtimoiy-falsafiy maktabi, Rim Klubining bir qator tarmoqlarini, ba’zi diniy-falsafiy oqimlarning fanga munosabatini ifodalaydi. Antissiyentizm ilm-fan taraqqiyotining natijalarini nazorat ostiga olish, bu masalada jamiyat hayotini xavf ostiga qo’ymaslik talabi bilan bog’liqdir.
Antissiyentizmning ayrim o’ta ashaddiy namoyandalari fan-texnika taraqqiyotini tamoman to’xtatib qo’yish g’oyasini ham ilgari suradilar. Umuman olganda, XX asr falsafasida bir-biriga muqobil bo’lgan yo’nalishlar rasionalizm va irrasionalizm, antropolokizm va naturalizm, ssiyentizm va antissiyentizm, materializm va idealizm o’z o’rniga ega bo’lmoqda.Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan olimlar orasida ko’pchilik nemis olimi Artur Shopenkauer (1788 — 1860) qarashlarini tilga oladi. Shopenkauer olamdagi barcha mavjud narsalarni irodaning namoyon bo’lishi, irodani esa ongsiz ko’r-ko’rona intilish tarzida tushunadi. Mahluqotlarning instinktlari, xatti-harakatlari — irodaning namoyon bo’lishidir. Inson faoliyati ham aqldan begona bo’lgan irodaning natijasidir. Shuning uchun inson mohiyati irrosional asosga ega. Aql esa tasodifiydir. Inson hayoti doimo aylanib turgan iroda qildiragiga bog’liqdir.Shopenkauer ta’limotini davom ettirgan nemis faylasufi Fridrix Nisshe (1844-1900) fikricha, «borliqning eng chuqur mohiyati hjokimiyatga erishish uchun bo’lgan irodadir.» Nisshe inson borlikida mahluqlik va xoliqlikni birlashib ketganini asoslab berishga harakat qildi. Uning diyorimizda bundan ikki yarim ming yil muqaddam shakllangan zardushtiylik ta’limotini o’rganib yaratgan «Zardusht tavallosi» asarida kuchli shaxslarni tarbiyalash g’oyasi ilgari surilgan. U o’z ortidan irodasiz kishilar ommasini yetaklashga qodir bo’lgan irodasi kuchli shaxslarni tarbiyalash tarafdori bo’lgan. Nisshening sivilizasiya va madaniyatning so’nishi va barham topishi tug’risidagi g’oyasiga asoslanib, 1918 yilda K. Shpenkler «Yevropaning so’nishi» degan asarini yozadi.O’tgan asr oxiri olimlari ijtimoiy inqiroz va ma’naviy turg’inlikdan chiqishning yo’lini garbda klassik falsafiy merosga murojaat etishda va uni qayta tiklashda qurdilar. Shu zaylda «Orqaga Gantga» shiori ostida neogantchilik, «Orqaga Xekelga» shiori ostida esa neoxekelchilik paydo bo’ldi.
Shu bilan birga, falsafaning klassik ildizlarini saqlab qolishni diniy oqim bo’lgan neotomizm ham yoqlab chiqdi. Neatomizm shu bugunga qadar ham o’z mavqeyini yo’qotmagan bo’lib, katolik cherkovi tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. Bunda ayniqsa Rim papasi rahbarlik qiladigan Vatiganning faoliyati muhim o’rin tutadi.
Neotomizm — XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo’lib, u O’rta asrlardagi (XIII asr) Foma Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. U (neo — yangi, tomizm — «foma», transkripsiyada «toma» bo’lib o’zgargan) Foma Akvinskiyning yangi, zamonaviy ta’limoti demakdir. Bu ta’limotga ko’ra, ilm va e’tiqod o’rtasida to’la muvofiqlik, uyg’unlik bor. Ular bir-birini to’ldirib turadi, har ikkisi ham xudo tomonidan berilgan haqiqat.
Neotomizm vakillari fikricha, ilm yetmagan joyda e’tiqod kqo’llanishi kerak. Lekin bu e’tiqod ko’r-ko’rona, shunchaki ishonch bo’lmay, balki mantiqan teran anglangan e’tiqod bo’lishi kerak. Xudoning mavjudligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Shunday qilib, falsafaning vazifasi dinga xizmat qilishdan iboratdir.
Neotomistlar dunyoni, jamiyatni xudo yaratgan, jamiyat taraqqiyoti xudoning rejasi asosida boradi, deydilar. Diniy teologiya oqimi bo’lganligidan neotomizm albatta, ilohiy qadriyatlarni ustuvor qo’yadi. Ammo u din va uning jamiyatdagi o’rniga, o’zining nomi kelib chiqishiga sabab bo’lgan, Foma Akvinskiy zamonidan farqli yondoshadi. Fomadan keyingi davr Yevropada xristianlikning sofligini saqlash g’oyasi, asta-sekin mutlaqlashib, O’rta asr akidaparastligining ma’lum ko’rinishlaridan biri-inkvizisiyaga olib kelgan edi. Bu esa hurfikrlilik, ilm-fandagi yangilikka qarshi kurashga aylanib ketgan edi. Lekin inson huquqlari, fikr erkinligi demokratiya belgisiga aylangan XX asrda bunday o’taketgan aqidaparstlikka o’rin yo’q. Neotomizm hozirgi sivilizasiyali dunyoda sivilizasiyalashgan ta’limot sifatida maydonga chiqmoqda. O’z navbatida bu demokratiya ustivor bo’lgan hayot tarziga muayyan darajada mos keladi. Neogantchilik XIX asr O’rtalarida shakllangan va XX asr boshlarida rivojlangan edi. Uning vakillari I. Kant o’z davrida qo’ygan ilmiy bilishning umumiyligi va zaruriyati haqidagi hamda tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahlil etadilar. Bu ta’limotga ko’ra, inson dunyoga bir marta keladi, shuning uchun har bir insonning hayoti o’zi uchun eng oliy maqsaddir. Shunday ekan, inson hayotidan kimdir o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun vosita sifatida foydalanishi mumkin emas. Erkin mavjudot deganida, Kant izdoshlari o’zi xohlagan ishlarni qiluvchi kishini emas, balki jamotchilik manfaatiga qarshi yurmaydigan, unga zid ish qilmaydigan, ammo o’z haq-huquqlarini yaxshi biladigan insonni nazarda tutadilar.XX asrga kelib, fan va texnika taraqqiyoti bilan ilmiy tafakkur va til muammolarini falsafiy tahlil qilishga qiziqish Nihoyatda ortdi. Bu yo’nalishda ishlayotgan eng yirik oqimlarga neopozitivizm, strukturalizm va kermenevtika kabi falsafiy qarash namoyondalari misol bo’ladi.Neopozitivizm oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel, Vitkenshteyn va boshqalardir. Neo — yangi; pozitiv — ijobiy degan ma’noni anglatadi. Nepozitivizm garbda X1X asrning 20 — yillarida paydo bo’lgan, asoschisi XIX asrda yashagan Okyust Kontdir. Uning fikricha, falsafa aniq fanlar taraqqiyotisiz mavjud bo’la olmaydi. Falsafa — obyektiv reallikni emas, balki aniq fanlar qilayotgan ilmiy, ya’ni ijobiy (pozitiv) xulosalarni o’rganib, tahlil qilib ularni mantiqan bir tartibga, sistemaga solishi kerak.Kont falsafaning o’zi mustaqil ravishda obyektiv dunyo tug’risida xech qanday aniq bilimlar berishi mumkin emas, u shu paytgacha yiqilgan bilimlarni formal lokika qonunlari asosida tahlil etishi va qayta baholashi, uni «absolyut g’oya, ruh» tug’risidagi ortiqcha fikrlardan tozalashi kerak va yangi falsafani yaratishi kerak, deb ta’lim bergan.
Neopozitivistlar verifikasiya prinsipini ilgari suradilar (lot. Veritas — haqiqat.) ularning fikricha, faqat tajribada o’z tasdig’ini topgan bilimgina haqiqiydir. Lekin nazariy, mavhum bilimlarning hammasini ham tajribada ekvivalentini topish, aynan shunday ekanligini isbot qilish mumkin emasligi tufayli bu prinsip keyinchalik inkor etildi.Shundan so’ng postpozitivizm (ya’ni keyingi pozitivizm) vakili K. Popper falsifikasiyalash metodini ilgari surdi. Bunga ko’ra, inson ba’zi nazariy bilimlarning haqiqatligini emas, xato ekanligini isbotlashi kerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari falsafa bilimlarning haqiqiyligini mantiqiy — linkvistik usul orqali isbotlashi va sistemalashtirishi kerak, degan xulosaga keldilar. XX asrning 60 — 70 yillariga kelib, neopozitivizmning mavqeyi kamayib, asosiy o’ringa strukturalizm va kermenevtika chiqdi.Strukturalizm (asosiy vakillari Levi — Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulning ahamiyatini mutlaqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va xodisaning strukturasini bilish uning obyektiv mohiyatini bilish demakdir, deb hisoblaydilar. Masalan Levi-Stross mifologik tafakkurni tahlil etib, turli joylarda yashagan Qadimgi qabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning umumiy strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu afsonalarning asosiy mazmuni bir-biriga tula muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu ta’limotga ko’ra shunday prinsipga, umumiy mantiqqa ega.
Kermenevtika — Qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi — Kermes nomi bilan ataladi. Demak, kermenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish g’oyalariga asosiy diqqatini qaratadi.Jamiyat, bu ta’limotga ko’ra, kishilar o’rtasidagi mulokotga asoslanadi. Muloqot jarayonida madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafaning asosiy vazifasi hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar o’rtasidagi muloqotdan qidirishdan iborat.Bu oqim vakillari Shleyermaxer va Diltey fikricha, biror bir tarixiy manbaning tug’ri tahlil etilishi tadqiqotchining davr xususiyatlarini to’la his etishi, tushunishi bilan bog’liq. hozirgi davrda bu ta’limotning ko’plab tarafdorlari mavjud.XX asrning 30 — yillariga kelib «ekzistensial falsafa» rivojlandi.
XULOSA Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki, tafakkur jarayonlari va uning shakllanish bosqichlari birmuncha murakkab bo‘lib, jarayonlarni tarkib toptirish kishidan ma’lum bir darajada mehnat, vaqt, sharoit va tartib-intizomni talab etadi. Ammo biz tafakkurni barkamollik darajasida tarkib toptirishda shuni unutmaslik lozim. Bunda yosh bosqichlari ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.Ota-onalar o‘z farzandlariga yetarlicha shart-sharoit, vaqt ajratishlari ularning kelajakda jamiyatni o‘zining keng tafakkuri va amaliy faoliyati bilan rivojlantira oladigan shaxslar bo‘lishiga yordam beradigan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qo‘yishlari ham juda muhim hisoblanadi. Shaxsdagi tafakkur bir kunda to‘la-to‘kis holda shakllanib qolmaydi.U yillar mobaynida rivojlanib insonning yetuklik davrida ma’lum shaklda namoyon bo‘ladi.Tafakkur jarayonlarini tarkib topishi umumiy ma’noda tashqi muhit,irsiyat, ta’lim-tarbiyaga bog‘liq ekan, eng avvalo, mana shu uchta unsurga e’tibor berish muhim va zarurdir.Odam bolasi dunyoga kelar ekan, uning kelajakda qanday ko‘rinish,jihat bilan ijtimoiy muhitga faoliyat yuritishi atrofdagilarga ta’sir ko‘rsatishi uni boshqarib turgan aql,ong va tafakkurga chambarchas bog‘langan.Shunday ekan, tafakkurni taraqqiy ettirish – bu shaxsni barkamol ettirish demakdir.