Ijtimoiy norma – shaxs xaytida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‘z
a’zolarixulq – atvoriga nasbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof
etilgan xarakatlar talabi.
Ijtimoiy sanksiya – normalarning shaxs xulqida nomoyon bo‘lishni nazorat
qiluvchi jazo va rag‘batlantirish mexanizmi.
Iste’dod nishonalari – qobiliyatni o‘stirishning tabiiy zaminlari (ularning
biologik asosi). Ular tug‘ma yoki egallangan bo‘lishi mumkin. Ularni ro‘yobga
chiqmagan qobiliyatlardan ham farqlash lozim. Farq shundaki, iste’dod
nishonalari inson xususiyatlari va fazilatlaridagi shunday biologik jihatlarki, ular
keyinchalik u yoki bu qobiliyatga uning komponenti bo‘lib qo‘shiladi. Bir xil
biologik jihat bir qancha qobiliyatlar tarkibiga kirishi mumkin va shunday
tarkibda iste’dod nishonalari rolini bajara oladi.
Individuallik - insonning individ, faoliyat sub’ekti va shaxs sifatidagi
betakror xususiyatlari tizimidir. Individuallikning mavjud bo‘lishi insonning
ta’lim, tarbiya, u bilan faol munosabatidagi individual yondashuvining asosi
hisoblanadi. «Har bir kishigacha etib borish» - bunday yondashuvning idealidir.
Individuallikni inkor etish (nodonlik, ishonch yoki kam anglangan harakat
tufayli, masalan, texnik yoki umumilmiy g‘oyalarning oddiy formulalariga
sig‘inish oqbatid zaruriy tarzda bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi
(shaxslararo va shaxslar ichidagi keskinlik, ixtirolar, ruhiy jarohatlar, nizolar
ishtirok etganlarning asabiy holatlari va ta’lim, tarbiya, mehnatdagi past
samaradorlik natijalari sifatid.
Intellekt, aql – inson hayoti davomida bilish faolligiga tegishli bo‘lgan
barqaror o‘ziga xos va rivojlanib boruvchi xususiyatlar va sifatlar tizimi, uning
ichki va tashqi hayotiy holatlar, jumladan, ijtimoiy muhitda ham oqilona mo‘ljal
ola bilishdir. Odatda sub’ektning faoliyat sohasiga bog‘liq holda sotsial intellekt,
texnik intellekt, gumanitar intellekt, verbal, ya’ni og‘zaki, noverbal intellektlarni
farqlashadi.