Test metodi.
Ilmiy – psixologik manbalarda qayd qilinishiga koʻra, intellekt – lotincha
soʻzdan olingan boʻlib, u odatda aql – idrok, anglash, tushunish, fahmlash degan
ma’noni anglatadi. Bizningcha, intelekt shaxsning muayyan darajada
mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir. Oʻz
davrida AQShlik psixolog F.Frimen intellekt oltita tarkibdan iborat boʻladi,
degan gʻoyani ilgari suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini koʻrsatib
oʻtadi:
-
sonli operatsiyalariga nisbatan qobiliyatlik;
-
lugʻat boyligi koʻlami;
-
geometrik shakllar oʻrtasidagi oʻxshashlik va farqli tomonlarini
ajratishga nisbatan uquvchanlik;
-
shaxs nutqining tezligi yoki sur’ati;
-
shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi;
-
xotiraning maxsuldorligi yoki noyob hislatliligi.
Yana bir salohiyatli psixolog L.Tyorstoun umumiy intellektning turli
jabhalarini tadqiq qilib, ularni umumlashtirib “birlamchi aqliy potensiyalar” deb
ataydi. Muallif etti xildagi potensiyalar oʻzaro farqlanishini ta’kidlab oʻtadi:
-
insonning hisoblash qobiliyati koʻrsatkichi;
-
ogʻzaki soʻzni ixcham ifodalanishining koʻrsatkichi, nutq yordami
bilan tez oʻqish hadisini egallanganligi;
-
ogʻzaki ma’lumotlarni toʻla idrok qilish yoki idrok qilingan soʻzlarni
tushunish, anglash;
-
fazoviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning
chamalash qobiliyati (uquvchanligi);
-
xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi;
-
fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatlilik;
-
shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur’ati.
1
Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. – Blackwell
Publishing Ltd, 2003. 49-bet.
61
Fransuz psixologi T.Ribo idrok koʻlamining kengayishi, bilimlarning
koʻpayishi, diqqatni bir vaqtning oʻzida bir necha ob’yektga qarata olish –
intellekti taraqqiyotiga olib keladi va u uch bosqichdan iborat boʻlishi mumkin
ekanligini ta’kidlaydi:
-
shaxs imitatsiyasi yoki uning tashqi taqlidi;
-
inson identifikatsiyasi (oʻquvchining bilimlarini oʻziga singdirish
jarayoni, uning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini oʻzlashtirib borish va
boshqalar);
-
refleksiya (inson oʻzini – oʻzi anglash hamda boʻlgʻusi faoliyatni
amalga oshirish, muayyan rejalar tuzish, ularni maqsadga muvofiq hayot va
faoliyatga tatbiq etish imkoniyatlari tugʻilishi kabilar).
Sh. Byuller intellektual taraqqiyot quyidagi bosqichlardan iborat boʻlishi
shart deb hisoblaydi:
-
sinkretizm (tushunchalarni bir – biridan ajrata olmaslik holati);
-
agglyutinizm (maktab yoshiga yaqin bolalarda fantaziyaning
kuchayishi, vaqtni noadekvat, notoʻgʻri idrok qilish, gʻar bir obrazlarni muayyan
boʻlaklariga binoan bir umumiyatga yaxlitlash, birlashtirish);
-
hayolot (ijodiy hayol) yordamida inson oʻzi tugʻilib oʻsgan Vataniga
biror-bir jihatdan yordam berishi;
-
realiya (realiz, ya’ni atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan
yaqqol tuzilmani yaratish, turmush tajribalariga mumkin qadar yaqinlashib
kelishdan iborat fikrlashning koʻrinishi singari).
Jahon psixologlari toʻplagan ilmiy materiallarni umumlashtirib intellekt
muammosini tadqiq qilishda diqqat – e’tiborni quyidagi omillarga qaratish lozim
deb hisoblaymiz:
-
intellektning yosh davr xususiyatlariga bogʻliqligi;
-
jins xususiyatiga va farzand dunyoga kelish tartibiga aloqadorligi;
-
millat, etnos, elat va xalqqa taalluqliligi;
-
oilaning ijtimoiy – iqtisodiy statusi bilan uygʻunlashuvi;
-
ota – onalarning ma’lumotliligi, ijtimoiy kelib chiqishi;
-
biologik shartlangan shaxs fazilatlari, sifatlari, hislatlari qanchalik rol
oʻynashi va hokazolar.
62
Uzluksiz ravishda oʻtkazilgan izlanishlar natijasida psixologiya fanida bir
qator ilmiy nazariyalar (konsepsiyalar) vujudga keldiki, ularning har qaysisi
intellekt muammosini oʻziga xos tarzda tushuntirishga va talqin qilishga olib
keladi:
-
muammo yechimi uslubi va strategiyasi;
-
intellektual operatsiyalar tizimi yoki tuzilmasi;
-
vaziyatlarga nisbatan alohida yondashishning samaradorligi yoki
mahsuldorligi (ma’naviy, miqdoriy va mantiqiy jabhalar), uning funksional
tomonlari, yoʻnalishlari;
-
alohida, yakkahol yondashish, bilish jarayonining shaxsdan faollikni
taqozo etish xususiyati, holati;
-
kognitv uslub shakllanishi imkoniyati va boshqalar.
Shaxsiy kuzatishlarimizga qaraganda, intellekt taraqqiyoti mana bunday
omillar bilan uzviy bogʻliq ekanligi koʻzga yaqqol tashlanadi:
-
bilish, oʻqish motivlarining anglashilgan hamda yuksak regulyativ
darajalarining mavjudligi, barqarorligi, puxtaligi;
-
yangilikni qidirish, muammo yechimini topish, muayyan vositalar
tanlash hamda tadqiqiy ijodiy faollik namoyon boʻlishi;
-
mustaqil echishlarga erishish ehtimollik darajasining yuksakligi;
-
ilgarilab ketib echig imkonining mavjudligi va “aytib berish”, luqma
tashlash jarayonida erkinlik, qoʻrqinch hissining yoʻqligi;
-
yuksak nafosat va ma’naviy did timsoli hamda namunasini yaratishga
nisbatan qobiliyatlilik, ularni baholash va oʻlchash funksiyasining tugʻilishi,
uning boshqaruvchanligi.
Insoniyatning tarxiy rivojlanish jarayonida intellekt deb atalmish
fenomenni oʻrganish borasida koʻpgina ishlar qilingan. SHulardan biri
intellektni oʻrganish testlaridir.
Koʻpgina mumtoz testlar shaxsning intellekt darajasini aniqlashda muhim
rol oʻynab kelmoqda. Bular qatoriga Stenford – Bine shkalasini keltirib oʻtish
mumkin. Stenford – Bine shkalasi qiziqarli topshiriq va masalalardan tuzilgan
boʻlib, ular tekshiriluvchilarning yoshiga qarab taqsimlangandir. Biz quyida ana
63
shu intellekt test soʻrovnomalardan namunalar keltiramiz va ularni sharhlab
berishga xarakat qilamiz.
1) 4 yoshli bolalar uchun (har bir vazifani bajarish vaqti 2 oy):
-
har xil uzunlikda kesilgan shakllar va narsalarni taqqoslash;
-
turli tipdagi shakllar oʻrtasidagi farqlarni aniqlash;
-
4 ta tanga pulni sanab chiqish;
-
kvadrat chiz va uni izohlab, tushuntir;
-
berilgan savollarga toʻgʻri, aniq, va tushunarli qilib javob qaytarish
talab etiladi, tashqaridan yordam berish man qilinadi;
-
4 ta raqamni toʻgʻri va teskari sanash, takrorlash talab qilinadi.
2) 9 yoshli bolalar uchun (bajarish muddati 2 oy davomida):
-
bugungi kun, hafta, oy, yil nomlarini aytib chiqish, tushuntirish;
-
5 ta jism yoki predmetni guruhlarga ajratish (belgisiga qarab);
-
xariddan keyin qaytim berilishini izohlash;
-
4 ta raqamni teskarisiga takrorlash;
-
berilgan 3 ta soʻzdan gap tuzish (bola, daryo, koptok);
-
3 ta har xil soʻzga qofiya tanlash;
-
ma’lumki, har qanday psixologik testning diagnostik ahamiyati uning
bir
qancha
umumiy
talablarini
qoniqtirishga
bogʻliqdir,
jumladan,
standartlashtirish, ishonchlilik, validlik. Ana shu talablarga suyangan holda
Stenford – Bine shkalasini ham tahlil qilib chiqamiz.
Ushbu shkala tadqiqotchilar uchun har tomonlama qulay, yaxshi va
ixcham qilibtayyorlangan. U barcha uchun tushunarli boʻlgan koʻrsatmaga va
miqdoriy jihatdan natijalarni ishlab chiqish, hisoblash ishlanmasiga ega.
Testlarning har birida uni oʻtkazish yoʻllar, vaqtning taqsimlanishi,
tekshiriluvchilarga beriladigan ogʻzaki koʻrsatma va tegishli koʻrsatmalar,
savollarni izohlash usullari batafsil aytib oʻtilgan. Stenford – Bine test kattalar
hamda uncha yoshi yuqori boʻlmagan sinaluvchilar uchun ishonchlidir. Lekin
bolalik davridan tortib to oʻspirinlik yoshigacha oʻzgarib boradi. Masalan,
2,5yoshidan 5 yoshgacha ishonchlilik koeffitsientlari 0,33 (140-149 ball
boʻlganligi uchun)dan 0,91 (60-69 ball yiqqanlar uchun)gacha; 6 yoshdan 13
yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻquvchilarda ishonchlilik koeffitsientlari 0,91
64
(140-149 ball toʻplaganligi uchun)dan 0,98 (60-69 ball olganligi uchun)gacha
oʻzgarib turadi. Shuni alohida ta’kidlab oʻtish joizki, Stenford – Bine testiga
kiritilgan har bir savol, topshiriq testning oldindan belgilangan maqsadni
ochishga yoʻnaltirilgan boʻlib, pirovard natijada mazkur savollar oldindan
koʻzlangan maqsadni darhol aniqlab bera oladi.
Inson intellektual tarqqiyotidagi tezkorlik kutilmaganlik hodisalari nafaqat
moddiy negiz xossalari bilan izohlanadi, balki idrok maydonining paydo
boʻlishi, “sun’iy” tizimning vujudga kelishi fazoviy aloqalar, biologik va
psixologik imkoniyatlardan toʻlaroq foydalanish evaziga moddiy asosning
ikkilanuvchi “tabiiy” va “sun’iy” manbalar bosh omil ekanligini ta’kidlab oʻtish
maqsadga muvofiq. Endi sinaluvchilarning intellektual taraqqiyotiga ta’sir
qiluvchi ijobiy va salbiy omillar turkumi toʻgʻrisida ma’lumot berib oʻtamiz:
-
bilim maskanlarida zamonaviy texnika vositalarining mavjudligi;
-
turli xildagi toʻgarak, seksiya, bilim uylari faoliyat koʻrsatishi va unda
zarur sharoitlarning yaratilganligi;
-
oila muhitida yaratilgan moddiy va ma’naviy shart – sharoitlar hamda
shaxslarni ruhan ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyilganligi;
-
shaxslar bilan oʻzaro muloqot oʻrnatishning uzluksiz va oilada
shaxslararo iliq psixologikmuhitning hukm surishi;
-
turli televizion baxslar, zukkolik, ijodkorlik, tezkorlik boʻyicha
musobaqalar uyushtirilishi va ularda qatnashish imkoniyatiyaratilganligi;
-
ortiqcha informatsiya va xabarlar koʻlamini kamaytirish (masalan,
avtomat oʻyinlar, videolar);
-
zararli odatlar va qiliqlar bilan shugʻullanmaslik muammosining
qoʻyilishi, uning yechimi (ichish, chekish va boshqalar);
-
bolalar va oʻquvchilarni roʻzgʻor ishlari bilan band qilib qoʻyishlik va
oila muhitida mehnatning shaxslararo oqilona taqsimlanganligi;
-
hozirgi davrda ayrim kasblarning nufuzi kamayib ketayotganligi
tufayli oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida oʻquv motivlariga kuchli ta’sir
oʻtkazayotganligi;
-
kollej va oliy oʻquv yurtlarida ta’lim – tarbiya tizimini yangicha, yangi
pedagogik texnologiya asosida tubdan qurish zaruriyati mavjudligi,
65
-
oʻgʻil va qizlarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuygʻulari
barqarorligini ta’minlash va ularni shakllantirishning eng qulay yoʻllarini izlab
topish, loqaydlikning oldini olish,
-
oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida borliqqa, jamiyatga, shaxslararo
munosabatlarga, isrofgarchilikka, fidoiylikka nisbatan qarashlarni keskin
oʻzgartirish masalalari vujudga kelmoqda.
Bizningcha, yuqorida ba’zi bir qusurli holatlarning oldini olish uchun
intellektual testlar mohiyatiga milliy va umubashariy fazilatlar toʻgʻrisidagi
gʻoyalarni singdirish yuqori natija beradi.
Dostları ilə paylaş: |