67
Sotsiometriya metodi.
Bu tadqiqot metodiga AQShlik Djon Moreno asos solgan boʻlib,
kichik
(birlamchi) guruh a’zolari oʻrtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita
oʻrganish va darajasini oʻlchashda qoʻllaniladi.
Mazkur metod yordamida
muayyan guruhdagi har bir a’zoning oʻzaro munosabatlarini aniqlash uchun
uning faoliyatida kim bilan ishtirok etishi soʻraladi. Olingan ma’lumotlar
matritsa, grafik, sxema, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi
miqdor koʻrsatkichlari guruhdagi odamlarning
shaxslararo munosabatlari
mazmuni yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi. Biroq ma’lumotlar guruhiy
munosabatlarning tashqi koʻrinishini aks ettiradi xolos. Uni takomillashtirish
maqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar Ya.L.Kolominskiy va I.P.Volkov
tomonidan
sotsiometriyaning
kichik
guruhlar
psixologiyasiga
moslab
oʻzgartirilgan
variantlari, koʻrinishlari ishlab chiqilganki, ular orqali
shaxslarning bir – birini tanlashi motivlarini aniqlash mumkin. Ayniqsa,
sotsiometriyaning Ya.L.Kolominskiy ishlab chiqqan oʻzgartirilgan
varianti
bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar toʻgʻrisida toʻla axborot berishga
yordam beradi. Odatda oʻquvchilardn quyidagicha savollarga javob berish talab
qilinadi: “Sen sayohatga kim bilan borishni xohlaysan?”, “mashgʻulotlarga kim
bilan birga tayyorlanishni istaysan?”, “Kim bilan qoʻshni boʻlib yashashni
yashashni yoqtirasan?” sinaluvchi har uchta javobdan bittasini “eng ma’qul” deb
tanlashi lozim. Unga “avval, hammadan koʻra koʻproq kim bilan birga boʻlishini
xohlasang, oʻshaning familiyasini yoz”, “aytilgan
shartlarga binoan uchinchi
shaxsning familiyasini yoz” deb uqtirish maqsadga muvofiq. Guruhiy
tabaqalanishni koʻrsatish uchun sotsiogramma toʻrtta “maydon”ga ajratiladi.
Qizlar doiracha bilan, oʻgʻil bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi.
Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga toʻgʻri keladi.
Guruh
a’zolarining oʻzaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan
bogʻlanganida oʻz ifodasini topadi. Eng koʻp munosabatga ega boʻlgan
sinaluvchi doiraning markazidan oʻrin oladi. U guruh a’zolarining eng
yoqimtoyi hisoblanadi. Shaxslar bilan aloqa oʻrnatmagan sinaluvchi doiraning
eng chetidan joy oldai. Oraliqdagi “maydon”larga oʻrtacha
va undan kamroq
tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi. Shu yoʻl bilan birinchidan shaxslararo
68
munosabatlarning darajasi va koʻlami aniqlanadi, ikkinchidan qizlar bilan oʻgʻil
bolalar oʻrtasidagi koʻrsatkichlar taqqoslanadi. Natijalarga qarab guruhdagi
munosabatlar va ularning oʻziga xosligi, psixologik birini taqozo etuvchanligi
haqida xulosalar chiqariladi. Shu bilan birga
nazariy va metodologik
ahamiyatga molik gʻoyalar, qonuniyatlar ilgarisuriladi, amaliy koʻrsatmalar
beriladi, aniq tavsiyalar bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli toʻgʻrisida
muloxazalar yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: