Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


  Oʻqituvchi va talabalar gʻirromlik qilishadimi?



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 


218 
Oʻqituvchi va talabalar gʻirromlik qilishadimi?
Keng tarmoqli gʻirromlikni aniqlash qiyin, lekin test topshirayotgan 
talabalar va administratorlar girromlik qilishadi (Cizek, 2003; Popham 2006). 
Gʻiromlikdan saqlash uchun ba’zi qadamlar tashlangan va testlar 
himoyalangan, bunda administratorlar vaziyatni talabalarga toʻgʻri tushuntirib 
ularni xonaga hech narsa kiritmaslikka va boshqalardan javob soramaslikka 
sorashadi. Ba’zan shunday hollar uchraganki, hatto oʻqituvchilar va maktab 
boshliqlari test topshiradigan talabalarga testdan oldin ayni tetsni berishgan, 
yoki javoblarni berishgan yoki javoblarni toʻgʻirlashgan, bunday hollar mumin 
emas aslida (Popham, 2006).
 
4.2. KASBIY FAOLIYAT DARAJALARI VA ULARNI 
ANIQLASH YOʻLLARI
4.2.1. Kasbiy faoliyat jarayonida shaxs taraqqiyoti 
Kasbiy 
faoliyatni 
turli 
darajada oʻzlashtirgan mutaxassislar 
haqidagi 
tasavvurlar, 
qolaversa, 
kasbiy shakllanish mezonlarining 
tavsifi keltirib oʻtilgan. Malakali 
kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz 
ravishda rivojlantirish extiyoji va 
turli ishlab chiqarish sohalarida koʻp 
yillik 
ish 
staji 
bilan 
faoliyat 
yuritayotgan shaxsning oʻz imkoniyatlarini toʻliq amalga oshirmasligi shaxsni 
har tomonlama kasbiy faoliyatda oʻzini namoyon qilishi muammosini yuzaga 
keltirdi. Bu muammolarni xal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi 
muvaffaqiyatli sifatli ta’limni va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas. 
Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya 
doirasida ham oʻrganishni muhimligini koʻrsatib berdi. Kasbiy shakllanish 
jarayonini oʻrganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning 
ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga 
yoʻnaltirilganligidadir. Shuning uchun xam kasbiy yetuklik darajasi ajratib 


219 
kursatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida 
yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi. 
Shaxsning kasbiy faoliyat darajalari masalasi koʻpgina mualliflar 
tomonidan tadqiq qilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan 
jarayondir. Koʻpincha mutaxassis shaxsining toʻla tahlil qilish tushib koladi, 
shaxsning kasbiy shakllanish boskichi esa hayot yuli bosqichi bilan muvofiq 
tarzda koʻrib chiqiladi. Shuning uchun vaqt doirasida qa’tiy chegaralanib qoladi. 
Ijtimoiy soxalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini 
urganishda insonning imkoniyatlarini toʻliq ochib beruvchi sub’yekt va ijtimoiy 
muxit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga axamiyat berish muhimdir. Har bir 
ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga 
boʻlinishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub’yekt oʻzini 
“topgan”, oʻzida va faoliyatida oʻzini oʻzgartirishni xoxlamasligi bilan 
tavsiflanadi. Ikkinchi tip esa sub’yektning oʻzini oʻzi “qidirishi” bilan 
izohlanadi. Bu oʻtish, oraliq holat hisoblanadi.
Individ (yoki jamiyat) bir shaklni tark etib jamiyatning boshqa yuqori 
darajasiga erishadi. Garmonik aloqalar uchun sub’yekt yaxlit shaxs sifatida 
namoyon boʻladi, u sub’yekt-predmet tartibi - rolli niqob sharti bilan 
belgilanadi. Bu yerda inson “tarakkiyotning absolyut harakati holatida” boʻladi. 
Keyinchalik shaxsni kasbiy shakllanishi borasidagi qarashlarga S.L.Rubinshteyn 
ishlari asos bulib xizmat kildi. S.L.Rubinshteyn insonning hayotga munosabatini 
ifodalovchi ikki usulni ajratib kursatgan. Birinchi usul - bu insondagi barcha 
munosabatlar toʻliq emas, balki alohida xodisalariga munosabat doirasiga 
kiruvchi hayotdir. Bunday munosabatda inson hayot sub’yekti hisoblanmaydi, 
shu bilan birga undan alohida ham bulmaydi. Bu yerda hayotning oʻzi “tabiiy 
jarayon sifatida” namoyon boʻladi, inson hayot tarzi bilan uni toʻldiradi. Bu usul 
insonning hayoti oʻzidan oʻzi kechadigan hayot-avtomat aloqalariga kiruvchi 
xususiyat sifatida tavsiflanadi. Ikkinchi usul, ichki refleksiyani namoyon boʻlishi 
bilan bogʻlik boʻlib, u “hayotning bu uzluksiz jarayonini toʻxtatib qoʻyishi, uzib 
qoʻyishi mumkin va insonning gʻoyalar dunyosidan chiqarib yuboradi. Inson 
gʻoyalar 
dunyosidan 
tashkaridagi 
pozitsiyani 
egallaydi...”. 
Bunday 
refleksiyaning namoyon boʻlishi hayotiy kadriyatlar tizimini aniqlash bilan 


220 
bogʻlikdir. S.L.Rubinshteyn aynan shu holat bilan voqelikning yangi usuliga 
oʻtish imkoniyatini bogʻlaydi. Bevosita aloqalarni uzish va ularni yangi negizlar 
asosida tiklash ikkinchi usulga oʻtish bilan yakunlanadi. Shu vaqtdan boshlab 
“ruhiy boʻshliqqa, axloqiy skeptizmga, axloqiy beqarorlikka yoki boshqa - yangi 
anglangan sharoitda axloqiy inson hayotini qurishga yoʻl ochila boshlaydi”. 
Sanab utilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini tavsiflamaydi, balki, 
shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yoʻq boʻlgan vaziyatda qolganda oʻzining 
beqaror “Men” tizimini buzilishlardan saqlab qolaolmasligini anglatadi. Bu 
vaziyat ba’zida “oʻzini safarbar etish” holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni 
oʻzining namoyon bulishiga koʻra oʻzini oʻzi safarbar etish deb nomlab 
boʻlmaydi: tabiatdan, boshqalardan aloxida tarzda anglanmagan voqelikni 
yoʻqotish mumkin emas.
Tafovutning boshqa yana bir turi talabaning ona tili yoki meros tilini 
yoʻqotish evaziga ingliz tilini oʻrganishidir. Bilingvizmning bunday turi AQSh 
va boshqa muhojirlar aralashgan millatlar orasida keng tarqalgan. 
Bu vaziyatni tasavvur qiling: muxojirlarning dastlabki avlodlari kelib, 
ingliz tilini faqat oʻz ishlarini bajarishga va kundalik ehtiyojlarini tushuntirish 
uchun oʻrganadilar, biroq uyda oilasi va doʻstlari orasida oʻzlarining tillarida 
soʻzlashadilar. Biroq, ularning farzandlari ingliz tilini oʻrganish va qoʻllashda 
kuchli bosimni his qiladilar va bu vaziyat ulardagi merosiy til mahoratini izdan
chiqaradi.
Vaqt oʻtishi bilan bolalar katta boʻlishadi, balki u davrga kelib oʻz 
merosiy tilarga qaraganda ingliz tilida yaxshi gapirib yoza olishardir, yoki ona 
tillarida, balki oʻz bolalari bilan soʻzlashishni xoxlamasdirlar.
Bu vaziyat dastlab muammo boʻlib koʻrinmasligi mumkin, toki biz 
oʻqituvchilardek muxojirlarning bolalariga xuddi talabalardek ustivor boʻlgan 
tilni oʻrganiyotganda oʻz masuliyatimizni xis qilmasak. Biroq xaqiqatdan xam 
bu oson emas. Izlanishlar shuni koʻrasatadiki, tilni yoʻqotish, talabalarning 
Ingliz tilini tez va oson oʻrganish qobiliyati maxratini cheklaydi. Masalan 
dastlabki tildagi lugʻatning mavjudligi 2 tildagi lugʻatni oʻrganishda vaqtni 
tejadi. Lekin talabalar zaxiradagi ma’lumotni tushinishlari mumkin, agar 
oʻzlarining dastlabki tillarni saqlanib qolgan boʻlsa. 


221 
Dastlabki tilni saqlab qolish juda muhim, agar talabaning barcha tillardagi 
bilish darajasi susaygan boʻlsa, shuning uchun soʻzlashuvchi til boʻyicha 
muttaxasis yondashuviga muhtojlik sezadi. Bu vaziyatlarda izlanishlar shuni 
topadiki, dastlabki tilda xuddi Ingliz tilidagidek soʻzlashuvchi va qoʻllovchi 
mutaxassisning yordami ancha samarali boʻladi. Umuman, agar dastlabki tilni 
yoʻqotish minimallashtirilsa 2 tillik talabalar sonini koʻpayishiga olib keladi, 
shuning uchun tilni saqlab qolishlik talaba va ota ona oʻzaro aloqasini 
yaqinlashtiradi.
Shuni e’tiborga olish kerakki, ta’limning dastlabki yillarida (tilni 
yoʻqotish qaysidir darajasida kamaytirilgan boʻlishi mumkin) yuqrida etilgandek 
2 tillik dasturlar paralel qoʻllash va kiritish bilan. 
Bir necha yillar mobaynida, ammo har doim ham emas, 2 tilni qoʻllovchi 
talabalar ragʻbatlantirilgan. 
Bundan tashqari, oʻrta maktablarda ba’zi chet tilini oʻrgatuvchi oddiy 
sinflarda , Ispan tilini endi oʻrganuvchilarga, bu tilni biluvchi yoniga biriktirilsa, 
bu ularga madad boʻladi. 
Kasbiy faoliyat san’at darajasigacha koʻtariladi va shaxsning zaruriy 
ishtiroki natijasiga koʻra predmetli yoki toʻliq predmetli koʻrinishlarga ajratiladi. 
Shunga muvofik tarzda, hech qanday faoliyat motivga ega emas, chunki hech 
qanday motivning oʻzi yoʻq, faqatgina muayyan faoliyatga egalik qila olinsa 
boʻldi. Bu bosqichda ham boshqalar singari ikkita chiziqni ajratib koʻrsatish 
mumkin, ulardan biri kasbiy faoliyatni endi oʻzlashtirayotgan insonlarga xosdir. 
Bu shunday holatki, bunda shaxs muayyan bir bosqichni bosib oʻtgan, lekin 
yuqoriroq darajaga erishmagan. Birinchi chiziq oʻzining natijasiga koʻra ikkita 
imkoniyatga ega. Ulardan biri - bu keyingi bosqichga (ijtimoiy intilishlar 
modusiga) oʻtish. Ikkinchisi - bu bosqichda izlanish va “toʻxtab qolish”dan bosh 
tortishdir. Shaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon 
oʻzini “topganligi”, uning oʻzini va oʻz faoliyatini oʻzgartirishni istamasligi 
bilan yakunlanadi. Shaxs faoliyatga nisbatan oʻz ehtiyojlarini qondiruvchi vosita 
sifatida qaraydi.
Shaxsning faoliyat xarakteri bilan boglik ravishda rivojlanish jarayoni 
kator shaxsiy va faoliyat omillarini uziga xosligidan kelib chiqadi. Bu taraqqiyot 


222 
shaxsning aniq, tipik hayotiy va kasbiy sharoitlarda adekvat hamda ishonchli 
harakatlarini ta’minlashga, faoliyatni jadallashtirish uchun zarur bulgan shaxs 
tuzilishi va barqaror sifatlarning shakllanishiga yoʻnaltirilgan buladi. Ma’lumki, 
maqsadga yoʻnaltirilgan xulk-atvor birinchi navbatda, kasbiy faoliyat uchun 
shaxs tarakkiyotini stimullashtiruvchi tashqi faoliyat va ijtimoiy omillar hamda 
shaxs xususiyatlarining oʻzaro ta’sirida namoyon buluvchi mexnat sub’yektining 
sifatlar tizimini yuzaga kelishi va shakllanishi, aniq xulk-atvor va faoliyat 
shakllari uchun xos bulgan shaxs xususiyatlarini shakllanish vaziyatlari bilan 
tavsiflanadi. Shu bilan bir vaqtda, shaxsni faoliyatga jalb qilinganligi, uning 
maqsad va vazifalarini amalga oshirishga boʻlgan ustanovkalari, sub’yektning 
mexnat jarayoniga shaxsning psixologik xususiyatlari orqali aniqlanuvchi yuqori 
imkoniyatlarni tadbiq qilish malakasi va mazmuniga moslashishi, kunikishiga 
intilishi bilan bogliqdir. Shaxs va faoliyatning oʻzaro aloqasi va oʻzapo ta’siri 
jarayoni dinamik xarakterga ega boʻlib, bu jarayon psixologiyada mutaxassis 
shaxsini shakllanishi muammosi doirasida oʻrganilgan (Bodrov, 1991; Zeer, 
2003; Klimov, 1986, 1996; Kondakov, Suxarev, 1989; Kudryavsev, 1981, 1985; 
Kudryavsev, Shegurov, 1983; Povarenkov, 1989; Rean, 2003; Safin, Nikov, 
1984 va boshkalar). Bu muammoni oʻrganishning muhim nuqtasi “professional 
(mutaxassis) ”, “professionalizatsiya (kasbiy shakllanish) ”, “professionalizm”, 
“kompetentlik”, “malaka” va “kasbiy etuklik” tushunchalari hisoblanadi. 
Ma’lumki, oxirgi tushuncha (“kasbiy yetuklik”) mehnat sub’yektining muhim 
xususiyatlaridan 
biri 
hisoblanib, 

mutaxassisning 
shakllanish 
(professionalizatsiya) jarayoni va uning natijasi (“professionalizm”, 
“kompetentlik”, “malaka”) sifatida namoyon boʻladi. “Kasbiy yetuklik” 
tushunchasining moxiyati qator jahon psixologlarining (Derkach, 2002; 
Derkach, Zazыkin, 1998; Zeer, 2003; Noskova, 2000; Povarenkov, 1999; Rean, 
2003; Tolochek, 2005) tadkikotlarida urganilgan, lekin mexnat sub’yektining bu 
xususiyatlarini shakllanish jarayoni, uning kasbiy faoliyatda namoyon boʻlishini 
oʻziga xos jihatlari va mutaxassis shaxsini shakllanishining boshqa 
komponentlar bilan oʻzaro aloqasining harakterli tomonlari hali yetarlicha 
oʻrganilmagan. “Shaxs yetukligi” tushunchasi yuqori darajada shaxsiy, 
psixologik, ijtimoiy va kasbiy rivojlanganlik bilan tavsiflanib, uning tashqi 


223 
voqelikka nisbatan adekvat munosabatida, ma’naviy-axloqiy, etnik, madaniy, 
kasbiy va boshqa me’yorlarni oʻzlashtirishi hamda jamiyatdagi xulk-atvor 
me’yorlari, muloqot va ong, pozitiv motivlarning namoyon boʻlishida, 
qadriyatlar tizimi, mazmuni hamda organizm va psixikaning funksional 
resurslarida aks etadi. Bu tushuncha shaxsning individ, shaxs, mexnat sub’yekti 
sifatidagi taraqqiyotining oʻziga xos xususiyatlariga asoslangan aniq bir yosh 
davrini tavsifnomasi uchun keng qoʻllaniladi. Yetuklik - bu shaxs 
rivojlanishining shunday darajasiki, bunda shaxs oʻzining fuqarolik, oilaviy, 
kasbiy va boshqa majburiyatlarini toʻliq bajarishga qodir boʻladi, qolaversa, 
jamiyatning aniq soxalarida va mexnat faoliyatida samarali ishtirok etadi. 
“Taraqqiyotni taxlil qilish bu jarayonning oʻta murakkab va ziddiyatli ekanini 
kursatmoqda: inson organizmining turli tizimlaridagi taraqqiyotning yuqori 
darajaga erishishi uchun turlicha vaqt sarflanganligi sababli uning psixikasi oʻta 
sodda va juda murakkabdir hamda uning evolyusiyasini boshlanishidagi 
geteroxronlik va kechishidagi tezlikning noadekvatligi kuzatiladi”.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin