224
rivojlantirish, tanqidiylik, tashqi olamdagi voqeliklarni toʻgʻri idrok qilish
qobiliyati kabi xususiyatlarni kiritishimiz mumkin. Aytish mumkinki, yuqorida
sanab oʻtilgan yetuk shaxsning xususiyatlari yetuk muttaxassis shaxsiga ham
toʻla mos keladi, biroq mexnat sub’yektining kasbiy yetukligi mexnatga
motivatsiyalashganlik, faoliyatning aniq bir turiga kasbiy yaroqlilik, uzoqni
koʻzlagan
kasbiy maqsad, qadriyat, dastur, harakat strategiyalarining
anglanganligi kabi qator xususiyatlar bilan yanada boyitiladi.
Shaxs rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlari qator tadqiqotlarning
predmetiga
aylangan
(L.S.Vigotskiy,
S.L.Rubinshteyn,
B.G.Ananev,
A.V.Ansiferova, E.Erikson, A.Maslou, K.Rodjers va boshkalar). Kator
tadkikotlarda shaxs rivojlanishi fenomeni uning yosh davrlari bilan bogʻlanadi.
Mutaxassis shaxsining rivojlanishi nuqtai nazaridan yetuklik davrining
psixologik xususiyatlari muhim axamiyat kasb etadi (20-40 yosh, 40-60 yosh,
60-75 yosh). Qiziqarlisi shuki, mutaxassis shaxsining shakllanishi yetuklik
davrining ilk bosqichidan boshlanadi, lekin 40-60 yoshlarga kelib, oʻzining
shaxs xususiyatlarini namoyon qila boshlaydi. A.A.Rean
ham mualliflar bilan
birga qator olimlarning va oʻzining izlanishlari natijalari asosida 40-60
yoshlarga kelib shaxsda psixofiziologik funksiyalarning susayishi kuzatiladi,
lekin bu kognitiv soxasida aks etmaydi va ish qobiliyatini susaytirmaydi, degan
xulosaga keladi. Ayrim qobiliyatlar, ayniqsa, faoliyatning turli shakllari bilan
bogʻlik qobiliyatlar taraqqiy etishda davom etadi va intellektning rivojlanganligi
bilan ajralib turadi. Bu bosqichda shaxs donishmandga aylanadi - uning
dunyoqarashi kengayadi, har qanday xodisalarni chuqur va har tomonlama
oʻylab koʻradi, u yoki bu vaziyatning rivojlanishini bashorat qilishi, voqealarni
kechishini nazorat qilishi va turli masalalarni ijodiy hal qilishi mumkin.
Mualliflarning ta’kidlashicha, bu davrda shaxs intellektual taraqqiyotining
xususiyatlari koʻp hollarda uning shaxsiy harakteri, hayotiy ustanovkalari,
rejalari va qadriyatlari tizimiga bogʻlik boʻladi. Yetuklik
davridagi shaxsning
emotsional soxasi serkirrapigi bilan ajralib turadi, ularda kayfiyatning tez
uzgarishi kuzatiladi. Yoshlik davriga kelib ijobiy emotsiya va xissiyotlarni
yuzaga keltiruvchi oilaviy hayotning barqarorlashuvi, ruhiy va jismoniy
potensialning toʻliq namoyon boʻlishi, Hayotiy va kasbiy rejalarning amalga
225
oshirish xodisasi sodir bula boshlaydi. Shu bilan bir vaqtda, ularning oʻz-oʻziga
xaddan ortiq yuqori yoki past baho berishlari, depressiya, oʻzining ijtimoiy va
mexnat
mavqeidan qoniqmaslik xissi, stressga barqarorlikni pasayib ketishi
bilan kuzatiladi.
Mualliflarning ta’kidlashlaricha, motivatsiya tuzilishida qisqa vaqt ichida
va toʻliq shaklda rejalashtirilgan natijalarga erishish istagining kuchi negizida
qoʻzgʻatuvchi extiyojlarni qondirishga yunalganlik yotadi. Harakatlarni
faollashtiruvchi asosiy motivlar - ijodiy potensialni amalga oshirish ga intilish,
oʻzining bilim, tajriba, faoliyat natijalarini kelgusi avlodlarga yetkazish, oʻzining
va yaqinlarining xavfsizligini ta’minlash, oʻzining ijtimoiy va kasbiy mavqeini
tartibga keltirish, hayotiy rejalarini amalga oshirishda yaqinlariga yordam
berish, keksalik davrida tinch va farovon hayot kechirishga tayyorlanish va
boshqalar hisoblanadi. Bu yosh davri uchun hayotga oʻzgacha nazar bilan qarash
va
chuqur mushohada qilish, shaxsiy, oilaviy va kasbiy soxalarda avval qabul
qilingan qadriyatlar tizimini qayta koʻrib chiqish kabi xususiyatlar xosdir.
Majburiy hayotiy va kasbiy oʻzgarishlar faqatgina stressni rivojlanishiga zamin
xozirlabgina qolmasdan, balki avval qabul qilingan hayotiy rejalar va
motivlarning oʻzgarishi, qolaversa ulardan voz kechishga olib kelishi mumkin.
Yetuklik davrida “Men”-konsepsiyasi shaxsning oʻzi va atrof-muhit haqidagi
yangi tasavvurlari bilan boyidi. “Men”-konsepsiyasi shaxsning konseptual
negizini boyishi natijasida rivojlanadi. Uning asosida axlokiy normalar, xuquq
va shaxsiy qadriyatlar negizida shaxsning oʻzini oʻzi faollashtirishi yotadi.
SHaxsning oʻziga nisbatan realistik, ongli munosabati uning shaxsiy “Men”iga
yunaltirilgan emotsiyalarni boshqarish imkonini beradi. Oʻz-oʻziga baho berish
umumiy xarakterga ega boʻlib, ularning “proeksiyasi”
turli vaziyatlarda
namoyon buladi. “Men obrazi” ijtimoiy rollarni qabul qilish va shaxsiy mavqeni
tiklash bilan bogʻlik ravishda boshqa shaxslarning (bolalar, oʻquvchilar va
boshqalarning) taraqqiyotini ta’minlashga yunaltirilgan boʻladi. Yetuklik
davrida yetakchi faoliyat mehnat hisoblanadi.
Kasbiy faoliyatda orttirilgan tajriba muhim ahamiyatga ega. Muloqot va
shaxslararo
munosabatlarning
axamiyatini
kuchaytiruvchi
oraliq
va
boshqaruvchi funksiyalar bilan bogʻliq xolda kasbiy xulq-atvorning yangi
226
shakllari rivojlanadi va namoyon buladi. Faoliyat soxasining doirasi kengayadi,
yangi xulq-atvor strategiyalari yuzaga keladi, shaxsiy mexnat jarayoni va uning
natijalariga hamda boshqa mutaxassislarga nisbatan mas’uliyatlilik hissi ortadi.
Oilaviy hayotdagi barqarorlik, maqsadga muvofiqlik bilan tavsiflanib, bolalarga
va qariyalarga yordam berishga boʻlgan extiyoj kuchayadi. Mexnat
yuklamasining kattaligi, funksional zaxiralarning susayishi va unga nisbatan
e’tibor hamda vaqtning ishchanlik qobiliyatini qayta tiklashga sarflanishi
natijasida shaxsda dam olishni tashkil qilinishi biroz cheklanadi. Demak,
yetuklik davrining oʻziga xos tomonlari mexnat faoliyatining muhim ta’sir
darajasi, hayotiy va mexnat motivlarining shakllanishi va amalga oshishi,
adekvat “Men” - konsepsiyasining tarkib topishi,
shaxsiy imkoniyatlarning
shaxsiy maqsad va rejalar bilan muvofiqligi, ma’naviy-mazmuniy
ustanovkalarning amalga oshishi bilan shartlangan shaxs tuzilishining turli
komponentlarini progressiv rivojlanishida aks etadi. Qolaversa, bu davrda
me’yoriy inqirozlar va shaxs deformatsiyasi kuzatiladi, bu esa shaxs
taraqqiyotining pozitiv tendensiyasi buzilganligidan, xattoki, shaxs tuzilishidagi
ayrim komponentlarning namoyon bulishi va holatiga hamda shaxs xulq-
atvoriga salbiy ta’sir qilayotganidan dalolat berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: