230
xususiyatlar majmuining me’yorlari sifatida qoʻllaniladi”. Insonlarning bir-
biridan farq qiladigan hayot yoʻlini qonunlashtiradigan harakatlar, ishonchlar va
hulq-atvorlarni yagona bir tizimidir. Muallif kasbiy shakllanganlikning kuyidagi
kategoriyalarini ajratib kursatgan: “shaxsning
uzini mutaxassis sifatida
takomillashtirishi; ichki kasbiy lokus nazorati; mutaxassisning anglangan
sifatlari, xajmi; shaxsning oʻzini mutaxassis sifatidagi toʻliq obrazi; kasb
yordamida oʻzini oʻzi rivojlantirish va yetishmaydigan xususiyatlarning oʻrnini
qoplash qobiliyati va h.k.”
Kasbiy shakllanganlik darajasini aniqlash uchun shaxsning sifat va
miqdor jixatidan
kasbiy tayyorgarlik darajasini, faoliyat samaradorligini, ish
qobiliyatini, kasbiy yaroqliligini, oʻz ustida ishlashining muvafaqqiyatliligini
aks ettiruvchi mutaxassisning “malakasi” tushunchasi qoʻllaniladi. Bu
tavsifnomalar aniq kasbiy faoliyatning muayyan
bir shaxs xususiyatlariga
(kasbiy, psixologik, ijtimoiy va boshqa) qoʻyadigan normativ talablari bilan
muttanosibdir.
Yukori
kasbiy
malaka,
mexnat
sub’yekti yetukligini
shakllanishining va namoyon boʻlishining muhim sharti hisoblanadi, vaxolanki,
ayrim vaziyatlarda kasbiy yetuklik yetarli darajada boʻlmasa
ham shaxs qator
mexnat funksiyalarini malakali darajada bajarishi mumkin. Koʻp qoʻllaniluvchi
“komponentlik" tushunchasi kasbiy shakllanish va kasbiy yetuklikni baholovchi
me’yor bulib, xali aniq ta’rifga ega emas. U mexnat sub’yektiga nisbatan aniq
faoliyat talablari yoki aynan, sub’yektning aniq faoliyatning oʻziga xos
jixatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat sifatida qoʻllaniladi.
Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir hayotiy vaziyatlarda,
ijtimoiy va kasbiy faoliyatda avtoritarligi, shu soxa boʻyicha
tushuncha hamda
bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi. A.K.Markovaning fikricha, muayyan bir
shaxsning kompetentligi uning kasbiy shakllanishiga qaraganda koʻprok
uchraydigan tavsifnomasidir. Bunga koʻra, kasbiy kompetentlikning xilma-xil
turlarini ajratish mumkin: maxsus (mexnat jarayonini amalga oshirishda),
ijtimoiy (hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishda), shaxsiy (oʻzini oʻzi
boshqarish va takomillashtirish malakalariga egalik) va boshqalar.
Ayrim
mualliflar kasbiy muloqotdagi, mutaxassis shaxsining rivojlanishidagi
kompetentlikni xam ajratib koʻrsatadilar.
231
Kompetentlikning yuqorida sanab oʻtilgan turlari albatta bir insonni toʻliq
shaklda tavsiflashi shart emas, chunki, shaxs yaxshi mutaxassis boʻlishi
mumkin, lekin oʻzini oʻzi boshqarish yoki
shaxslararo kasbiy muloqot
malakalariga ega boʻlmasligi mumkin, qolaversa, yuqori darajada kasbiy
kompetentlikka ega boʻla turib, shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi past boʻlishi
mumkin. Aytish mumkinki, oʻz navbatida professionalizm darajasi sub’yektning
professionalizatsiyani
yoʻnalganligi,
koʻrsatgichi
va
mazmuni
hamda
mutaxassisning professionallashuv darajasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, psixologik,
iqtisodiy va boshqa keng doiradagi kompetentlik bilan shartlangandir.
Dostları ilə paylaş: