Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Reorientatorning izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
4.3.4. Reorientatorning izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, 
innovatsiyaga nisbatan munosabati 
Reorientatsiya 
(qayta 
kasbga 
yoʻllash) 
gumanistik 
psixologiya 
tamoyillarini turmushga tatbiq etishga zarur shart – sharoit yaratadi. inson 
omilini qadrlashga, butun imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu 
havas, istak – xohish ushalishga negiz vujudga keltiradi. Koʻp profilli kasb – 
hunar egalari safini kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuygʻusini 
jonlantiradi, zarur bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi. 
Reorientatsiya inson imkoniyatini qaytatdan sinashning manbai hisoblanib, 
oʻzini oʻzi kashf qilishi, oʻzini – oʻzi boshqarishi, oʻzini oʻzi tashkillashtirish
oʻzini–oʻzi baholash, oʻzini–oʻzi refleksiyalash, oʻzini–oʻzi identifikatsiyalash 
kabi shaxs fazilatlarini roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi.
Maktab oʻquvchilarining mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari, 
motivlari, ezgu-niyatlari xususan kasb-korga boʻlgan qiziqishlari, motivlari, 
ehtiyojlari tugʻilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy 
bogʻliqdir. Shaxs psixologiyasini oʻrganish oʻquvchilarni kasb tanlashga 


244 
yoʻllash demakdir. Oʻquvchilarning idividual tipologik xususiyatlari, yoshi va 
jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yoʻllash shaxs 
psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
jamiyat qurish toʻgʻrisidagi hujjatlarda oʻquvchilarni (oʻz imkoniyatlarini oʻzi 
baholashorqali) mustaqil kasb tanlashga oʻrgatish juda muhim va zarur vazifa 
ekanligi ta’kidlanadi. Shunga koʻra psixolog olimlar, metodistlar, tashxis 
Markazi xodimlari keng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni 
keng tashviqot qilishlari, kasb-kor tanlashga oid yoʻl-yoʻriqlar va metodlar 
ishlab 
chiqishlari, 
kasb 
tanlash 
maslahatlari 
rasmiy 
shaxobchalari 
kengaytirilishi, professiogramma, professiografiya, psixogrammalar koʻlami 
orttirilishi lozim. 
Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi 
soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha maktab 
oʻquvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy 
qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, soʻngra 
kasbga yoʻllash kerak.Bundan tashqari, malakali psixologlar va pedagoglar (shu 
jumladan mahalla tarbiyachisi), murabbiylar, muhandislar va texniklar har bir 
kasb-hunarning oʻziga xos tomonlari haqida malakaviy maslahatlar tashkil 
qilishadi. Lekin, yoshlarning kasb-hunar tanlashi asosan oʻrta maktabdan 
boshlanadi, shunga koʻra oʻquvchilar kichik jamoasi bilan psixologlar oldida 
turli yoshdagi, jinsdagi maktab oʻquvchilarini kasbga qiziqtirish, mehnat 
qobiliyatlarini rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini ishga solish (oʻzini-oʻzi 
namoyon etish) kabi muhim vazifa turibdi. Psixologlar, bundan tashqari, 
oʻquvchilarning aql idroki, qobiliyatlarini hamda muayyan kasbga yaroqlilik 
darajasini aniqlash metodlari, usullari, texnologiyasi, shakllari, mezonlari va 
tarkibiy qismlarini ishlab chiqishlari, shuningdek, bu sohada ilmiy - tadqiqot 
ishlari olib borishlari zarur.
Ilk oʻspirinlar va katta oʻsmirlarning kasb tanlashi katta hayotiy ahamiyatga 
ega boʻlgan ham shaxsiy, ham ijtimoiy muammo boʻlganligidan bu jarayonda ota-
onalar, jamoatchilik va turli kasb ustalari ham faol qatnashishlari kerak, chunki 
yoshlar koʻp hollarda kattalarning maslahatlari va tavisyalarini hisobga olgan holda 
qat’iy bir fikrga, qarorga kelishlari mumkin. Shuni ham aytib oʻtish oʻrinliki, 


245 
maktab oʻquvchilari kasb tanlash borasidagi oʻz qarorlarini, koʻpincha, har 
tomonlama dalillab bera olmaydilar, biroq ularning koʻpchiligi bu masalaga ongli 
ravishda 
yondashishga 
intiladilar. 
Maktab 
kasb-hunarga 
yoʻnaltiruvchi 
mutaxassisining asosiy vazifasi oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirishni 
ta’minlovchi barcha ma’lumotlar bankini yaratishdan iborat. Bu maqsadda kasb-
hunarga yoʻnaltiruvchi mutaxassis tuman (shahar) tashxis Markazidan olgan kasbiy 
axborotlar, kasblar roʻyxati, tasnifi, hududiy kasblar roʻyxati, kasblarga boʻlgan 
ehtiyoj va boshqa kasbiy tashxis metodikalari, tavsiya va yoʻriqnomalardan 
foydalaniladi. Maktab kasb-hunarga yoʻnaltiruvchi mutaxassisi tomonidan 
oʻquvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, kasblar haqidagi ma’lumotlarni 
toʻliqroq anglab etishi shuningdek, ularning kasb tanlashdagi reallikni vujudga 
keltirish maqsadida maktabda ilgʻor kasb egalari, kasb faxriylari, kasb sulolalari 
bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, kechalar va ma’ruzalar tashkil etilsa maqsadga 
muvofiq boʻladi. Ushbu tadbirlar oʻquvchining shu kasbga boʻlgan qiziqishini 
yanada qat’iylashishini vujudga keltiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin