239
usullarini qidirish va boshqalar. Hayotiy inqirozlar chet el psixologlaridan
Sh.Byuller, B.Livexut, E.Erikson kabilarning diqqat e’tiborida boʻldi.
Inson
hayotning davrlariga, bosqichlarga boʻlgan holda, ular bir bosqichdan
ikkinchisiga oʻtish davridagi qiyinchiliklarga e’tibor berishadi. Bundan tashqari
ayollar va erkaklarda uchraydigan inqirozli qodisalar xususiyatlari orqali
inqirozni keltirib chiqaruvchi omillarni taqlil etadi.1980
yillarda AQShda
Amerikalik jurnalist Geyil Ishnxiyning "kishilar hayotidagi bashorat qilish
mumkin boʻlgan inqirozlar" nomli maqolasida Amerika oʻrta sinflarining yuqori
qatlamlaridagilarini hayotini umumlashtirish asosida 4 ta inqirozni ajratadi:
"Tomirlarni sugʻirish" ota onadan mustaqillikka chiqish (16 yosh). Maksimal
yutuqlar (23 yosh) hayotiy rejalar korreksiyasi (30 yosh) hayotning oʻrtasi (37
yosh) eng ogʻir davr psixologiyada psixik rivojlanish inqirozlarini oʻrganishga
katta e’tibor berilgan. Bir psixologik hodisalarni oʻrganishda turli atamalardan
foydalanilgan. "Yoshlar inqirozlari" va "psixik inqirozlarning rivojlanishlari"
tushunchalari sinonim sifatida ishlatiladi. Bu esa oʻz
navbatida noaniqlikni
keltirib chiqaradi. Masalan, inqirozli hodisalarning rivojlanishi ma’lum qisqa
vaqt ichida kuzatiladi. Ammo hech ham yosh nazarda tutilmaydi. Yosh - bu
inqiroz koʻrinadigan fon xolos, asosiy oʻzgarish,
ijtimoiy vaziyat va bosh
faoliyatning oʻzgarishi va albatta, psixik rivojlanish inqirozlari bolalik davri
bilan chegaralanmaydi. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati va asosiy faoliyati
bolalik davridan tashqarida ham oʻzgaraveradi.
Shunday qilib, rivojlanishning
psixik inqirozlari - bu rivojlanishning bir bosqichidan ikkinchisiga oʻtish
hisoblanadi. Bu oʻtish ijtimoiy vaziyatning oʻzgarishi, asosiy faoliyatni
almashtirish va psixologik yaqinliklarning paydo boʻlishi bilan belgilanadi. 14-
16 yoshdan asosiy faoliyat va ijtimoiy vaziyatning oʻzgarishi psixik rivojlanish
inqirozlarni keltirib chiqaradi. Katta kishining asosiy faoliyati oʻquv - kasbiy va
kasbiy faoliyatlar boʻlganligi sababli bu oʻzgarishlarni shaxsning kasbiy
rivojlanishi inqirozlari deyish toʻgʻri boʻladi. Bu inqirozlarning paydo boʻlishida
asosiy faoliyatni almashtirish va oʻzgartirish muqim ahamiyatga ega.
Kasbiy
inqirozlarning bu turi sifatida ijodiy inqirozlar hisoblanadi. Bu inqirozlar ijodiy
natijasizlik, ahamiyatli yutuqlarining yoʻqligi, kasbiy kuchsizlik bilan
belgilanadi. Bu inqirozlar ijodiy kasb vakillari uchun, ya’ni yozuvchilar,
240
rejissyorlar, aktyorlar, arxitektorlar va boshqalar uchun ogʻir kechadi.
Dostları ilə paylaş: