234
shakllanadi.
Ular reallashib, professional maxoratning oʻsishi bilan bogʻlik
ravishda rivojlanib boradi. Shaxs asta-sekinlik bilan oʻz imkoniyatlarini
namoyon qiluvchi maqsadlarni tanlashda oʻta sinchkov
va ishning natijasiga
mas’uliyat bilan yondashadigan boʻlib boradi. “Shaxsning axloqiy qoidalar va
ayniqsa, muhim shaxsiy qadriyatlar doirasida oʻzini oʻzi faollashtirish” Men-
konsepsiyasining tub moxiyatiga singib boradi.
Kasbiy yetuk shaxslarda
ularning oʻzlari xaqidagi ma’lumotlarga asoslangan xolda oʻzini oʻzi
baholashning kognitiv komponentlari kuchayib boradi. Oʻzini oʻzi baholashning
emotsional komponenti esa biroz cheklanadi.
4.3. REORIENTATSIYA - PSIXOLOGIYANING ASOSIY MUAMMOSI
SIFATIDA
4.3.1. Qayta kasbga yoʻllashning psixologik mohiyati
Psixologiya fanida kasb tanlashga yoʻllash (proforientatsiya)
atamasi
qadim zamondan qoʻllanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida
boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientatsiya (qayta yoʻllash) deb
atalib, insonni yangi bir moslashmaga (koʻnikmaga) kasbga yoʻnaltirishni
bildirib keladi.
Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron
moslamalarning,
robotlarning) kirib kelishi ish oʻrinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa,
tashkilot, korxona rentabelligining pasayishi
ham xodimlarga nisbatan
ehtiyojning kamayishini keltirib chiqaradi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti
raqobatga
asoslanadi, shuning uchun testlarga bardosh beruvchi,
yuqori
malakali, mahoratli,
bilimdon, komil insongina sinovlardan muvaffaqiyatli oʻta
oladi, xolos. Oʻrtamiyona darajadagi mutaxassislar esa ish oʻrnini yoʻqotib,
vaqtincha ishsizlar roʻyhatiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: