Yoshdagi
inqirozlar.
Ular inqirozli hodisalarni keltirib chiqarishi mumkinmi? Yosh - bu
birinchi navbatda etilish, oʻzgarish, inson organizmining qarishi bilan
belgilanadigan biologik omil hisoblanadi.
Psixik qobiliyatlarning psixik oʻzgarishi yoshdagi oʻzgarishlar natijasi
hisoblanadi. Demak, biologik rivojlanishni keltirib chiqaruvchi inson yoshidagi
oʻzgarishlarni, yoshdagi inqirozlarga sabab boʻladigan mustaqil omil sifatida
koʻrish mumkin. Bu inqirozlar shaxs rivojlanishlarining ildamli qarakati uchun
kerak boʻladigan normativ jarayonlar sirasiga kiradi. Inqirozlarning keyingi
guruhini ichki shaxsiy oʻzgarishlar tashkil etadi. Ong oʻzgarishi, taassurotlar,
instinktlar, irratsional tendensiyalar ularning barchasi ichki ziddiyat, psixologik
butunlikning boʻlishiga olib keladi. Bu nevrotik xarakterdagi inqirozlar deyiladi.
Ular freydistlar, neofreydistlar va boshqa psixoanalitik maktablar tadqiqot
predmeti hisoblanadi.Aytib oʻtilgan psixologik inqirozlar guruhi qatorida yana
bir inqirozli hodisalarning katta qatlami boʻlib, u hayot sharoitlarining
oʻzgarishlari bilan belgilanadi. Bu hayotiy inqirozlar determinantlar deb oʻquv
yurtini tugatish, ishga joylashish, nikohdan oʻtish, farzand tugʻilishi, yashash
joyining oʻzgarishi, nafaqaga chiqish kabi muhim voqealar hisoblanadi. Bu
ijtimoiy - iqtisodiy, vaqt holatlari katta sub’yektiv qiyinchiliklar, psixik zoʻriqish
va ong xulqining oʻzgarishi bilan kuzatiladi. Va nihoyat yana bir inqirozlar
guruhini ajratish kerak. Bu inqiroz guruh hayotidagi kritik holatlar dramatik
gohida esa tragedik voqealar bilan bogʻliq boʻladi. Bu omillar inson uchun
vayronkor gohida fojiaviy yakun topishi mumkin. Ongda chuqur oʻzgarishlar
qadriyatli yoʻnalishlar va umuman hayot mazmunini qaytadan koʻrib chiqiladi.
Bu inqirozlar inson imkoniyatlari darajasida boʻlib oʻtadi va emotsional
kechinmalar bilan kuzatiladi. Bularni nonormativ voqealar, ya’ni mehnatga
layoqatni yoʻqotish, nogironlik, ajrashishi, majburiy ishsizlik, migratsiya,
kutilmagan vaziyatda kishining oʻlimi erkinlikdan mahrum boʻlishi va
boshqalar. Bu guruhni kritik inqirozlar deb ataymiz. Psixologik inqirozlarning
birinchi uchta guruhi xronologik xarakterga ega. Ular normativ hisoblanadi;
ularni barcha odamlar boshidan oʻtkazishadi, ammo inqirozning ifodalanganlik
darajasi har doim ham ziddiyat darajasiga etmaydi. Hayotiy inqirozlarning
241
ikkinchi, uchinchi guruhlari normativ xarakterga ega boʻlib, boshlanish vaqti,
hayotiy sharoitlar, senariylar, inqiroz ishtirokchilari, tasodifiy bu voqeaviy
inqirozlar sharoitlar tutash kelganligi tufayli paydo boʻladi. Bunday
inqirozlardan chiqish muammoli hisoblanadi. Gohida destruktiv boʻlib,
jamiyatda mutahamlar, ichuvchilar, oʻz joniga qasd qiluvchilar koʻpayadi. Shaxs
kasbiy shakllanish konsepsiyasiga asoslangan holda inqirozlarni kasbiy
rivojlanishdagi keskin oʻzgarishlar deb ta’riflash mumkin. Uzoq davom etmay,
ular kasbiy shakllanishning bir borsqichidan ikkinchi bosqichiga oʻtish paytida
yorqin namoyon boʻlishadi. Inqirozlar odatda kasbiy xulqida oʻzgarishsiz boʻlib
oʻtadi. Ammo kasbiy ongda boʻlib oʻtadigan oʻzgarishlar, ya’ni, maqsadlarga
yoʻnaltirilganlik, atrofdagilar bilan oʻzaro munosabatlarning oʻzgarishiga,
gohida esa kasbni oʻzgartirishga ham olib keladi. Kasbiy rivojlanish
inqirozlarini keltirib chiqaruvchi omillarni batafsil koʻrib chiqamiz.
Determenant
sifatida
faoliyatni
bajarish
usullarining
asta-sekin
oʻzgarishlari boʻlishi mumkin. Birlamchi professionalizatsiya davrida shaxs oʻta
normativ faollikni namoyon eta olishi yoki tiklanishi lozim. Oʻta normativ
kasbiy faollik, yangi ta’limiy, malakaviy yoki faoliyatning ijodiy bosqichiga
oʻtish davrida kuzatilishi lozim. Boshqa kasbiy shakllanish inqirozlarini keltirib
chiqaruvchi omil sifatida shaxs oʻzini ijtimoiy va kasbiy ta’limiy statusidan
qoniqmasligi tufayli rivojlangan ijtimoiy-kasbiy faolligi boʻlishi mumkin.
Ijtimoiy-psixologik yoʻnaltirilganlik kasbiy tashabbus intellektual emotsional
zoʻriqish koʻp hollarda kasbiy faoliyat bajrilishining yangi usullarini uni
takomillashtirish yoʻllarini qidirishga imkon beradi. Kasbiy inqirozlarni keltirib
chiqaruvchi omillar sifatida, inson hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar
boʻlishi mumkin: korxonaning tugatilishi ish oʻrinlarining qisqartirilishi,
qoniqtirmaydigan ish haqqi, yangi yaxshi joyga koʻchib oʻtish va boshqalar.
Kasbiy rivojlanish inqirozlarini keltirib chiqaruvchi omillar sifatida
psixofiziologik oʻzgarishlar ya’ni sogʻliqning yomonlashuvi, ishga layoqatning
pasayishi, kasbiy toliqish, intellektual kuchsizlik, "emotsional yonish" sindromi
va h.k. Kasbiy inqirozlar koʻp hollarda yangi lavozimga oʻtishda, vakant
lavozimni egallashdagi tanlovlarda qatnashishda, attestatsiya va mutaxassislarni
ta’rifikatsiyadan oʻtkazishda kuzatiladi. Kanadalik psixolog Barbara Killenjer
242
oʻzining kitobida ta’kidlaydiki, muvaffaqiyat va tanishish vositasi sifatida ishni
tan olganlar, gohida kasbiy axloq normalarini buzadilar. Ziddiyatli boʻlib
qolishadi, oʻzaro munosabatlarda qoʻpol boʻlib qolishadi. Kasbiy rivojlanish
inqirozlari hayotdagi oʻzgarishlar oqibatidan kelib chiqadi. (yashash joyini
oʻzgartirish, ishdagi tanaffus, ishdagi ishq va h.k). Shaxsning kasbiy shakllanish
konsepsiyasiga koʻra bu jarayon quyidagi bosqichlarga ajratiladi: optatsiya
kasbiy ta’lim va tayyorgarlik, kasbiy moslashuv, birlamchi va ikkilamchi
professionalizatsiya va mahorat. Inqirozlar ta’rifi boʻyicha bir bosqichdan
ikkinchi bosqichga oʻtish normativ inqirozli hodisalarni keltirib chiqaradi.
Ishning birinchi haftalari, oylari katta qiyinchiliklar bilan bogʻliq, ammo ular
inqirozli hodisalarni keltirib chiqarmaydi. Asosiy sabab - psixologik sabab
hisoblanadi, unga koʻra real kasbiy hayot shakllanib boʻlgan tasavvurlar bilan
toʻgʻri kelmasligini aytish mumkin. Kasbiy faoliyatning tasavvurlarga
nomuvofiqligi kasbiy ekspektatsiya inqirozini keltirib chiqaradi. 3) Keyingi
kasbiy
shakllanishning
normativ
inqirozlaridan
biri
birlamchi
professionalizatsiya bosqichining oxirida 3-5 yil ishlagandan keyin boʻlib oʻtadi.
Bu paytgacha mutaxassis faoliyatni bajarib, oʻz oʻrnini aniqlagan boʻladi.
Oʻtmish tajribasi kasbiy rivojlanish interpritatsiyasi, oʻzini namoyon etish
ehtiyoji, kasbiy hayotdan qoniqmaslikni keltirib chiqaradi. Anglangan yoki
anglanmagan holda shaxs kasbiy oʻsish istiqbollarining yoʻqligidan shaxs psixik
jiqatdan qiynaladi, kasbni almashtirish toʻgʻrisida fikrlar paydo boʻla boshlaydi.
Kasbiy oʻsish inqirozlari faoliyatning nokasbiy hordiq kabi turlari maishiy
tashvishlar yoki kasbdan ketish yoʻllari bilan hal etilishi mumkin. Ammo bu
yoʻllar sermahsul hisoblanmaydi. 4) Mutaxassisning keyingi kasbiy rivojlanishi
uning ikkilamchi professionalizatsiyasiga olib keladi. Bu bosqichning xususiyati
faoliyatni yuqori sifatli bajarishdadir. Mutaxassis oʻz kasbini ustasi ya’ni
professional boʻla boshlaydi. Kasbiy oʻsish kareriga extiyoj sezadi, istalgan
karera (lavozimning oʻsishi) va uning real istiqbollari oʻrtasidagi ziddiyat kasbiy
karera inqirozlarini keltirib chiqaradi. Bunda quyidagi krizisdan chiqish yoʻllari
uchrashi mumkin: ishdan boʻshash, unga kasb doirasida yangi mutaxassislikni
egallash, yuqori lavozimga oʻtishdan iborat. Inqirozni engishning eng toʻgʻri
varianti mahorat bosqichiga oʻtish, ya’ni kasbiy shakllanishning yangi
243
bosqichiga oʻtish bilan belgilanadi. 5) Mahorat bosqichi kasbiy faoliyatni ijodiy
va innavatsion darajada bajarish demakdir. SHaxsning keyingi kasbiy
rivojlanishni ta’minlab beruvchi omil sifatida uning oʻzini namoyon eta olishida
koʻzga tashlanadi. 6) Keyingi kasbiy rivojlanishning normativ inqirozi kasbiy
hayotdan ketish bilan bogʻliq. Ma’lum yoshga etgach, inson nafaqaga chiqadi.
Nafaqa oldi davri koʻp ishchilar uchun inqirozli xarakterga ega boʻladi. Bu
yangi ijtimoiy rol va xulqni egallash zaruriyati bilan boqliq. Nafaqaga chiqish
ijtimoiy kasbiy faoliyat va aloqalarning torayishini bildiradi. 7) Nafaqaga
chiqishdan soʻng ijtimoiy psixologik qarish davri boshlanadi. Bu bosqich
intellektual jarayonlarning susayishi, emotsional kechinmalarning oshishi va
pasayish bilan belgilanadi. Psixik faoliyat tempi pasayadi, yangiliklarga nisbatan
ishonqiramaslik bilan qarash kuzatiladi. Shuningdek, yoshlar xulqini muhokama
etish, oʻzini avlodini hozirgi kun avlodlarini vakillariga taqqoslash bilan
belgilanadi. Omadsiz hayot, oʻlimdan qoʻrqish salomatligiga imkoniyat qilish,
yaqin qarindoshlaridan imkoniyat qilish kabi noxushliklarga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |