Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Tarafkashlikning yoʻqligʻi. 
Tarafkashlik baholashni amalga oshirayotganda talabaning shaxsiy 
xarakteristikasi (masalan, jinsi, irqi yoki ijtimoiy kelib chiqishi) tufayli uning 
mehnatini buzib koʻrsatish orqali paydo boʻladi. Ikkita tarafkashlik baholash turi 
muhimdir: qoʻpollik va adolatsiz jazolash. Baholash tizimi qoʻpol boʻlishiga 
sabab koʻpincha testda salbiy stereotiplar borligidir. Misol uchun, sogʻlik 
darsining baholash tizimida barcha doktorlar 
erkak va barcha hamshiralar ayol deya 
tariflangan boʻlishi mumkin.
Adolatsiz jazolash mavzular bir guruhni 
haqorat qilganida emas, balki, turlicha tajriba 
tufayli boʻlishi mumkin. Misol uchun, 
qaysidir sport bilimini baholovchi matematik 
mavzu guruhlarni oʻsha sport turidan behabar 


256 
deya baholashi mumkin (masalan, imigrantlar uchun Amerika futboli). Yoki bir 
guruhga oʻz jamoalarining konsepsiyasiga simfonik orkestr yordamida modul 
yaratish buyurilsa, bu ish oldin orkestr ijrolariga qatnagan talabalar uchun 
osonroq kechishi mumkin – ehtimol, serob oilalardan chiqqan talabalarda. 
Adolatsiz jazolashlar faqatgina talabalar darsda yomon qatnashganida sodir 
boʻlmaydi. Masalan, fizikaviy ta’lim darsida qaysidir sport haqida muhokama 
qilib, keyin u haqda savol berish adolatsiz jazolash hisoblanmaydi, chunki bu 
savol sinfda oʻrgatiladigan bilimdan tashqari narsani qamramaydi. Koʻp irqli 
sinfxonalarda ilk bora dars berayotgan oʻqituvchilar uchun murakkablik paydo 
boʻlishi mumkin, chunki ular guruh a’zolarini noqulay holga solmaydigan 
baholash tizimlarini yaratishlari kerak. Oʻqituvchilar talabalarning turli kelib 
chiqishlari kuchli ta’sir qilishini jiddiy oʻylab koʻrishlari kerak. Talabalar nima 
deyishini diqqat bilan tinglash va ularning kelib chiqish bilimlari haqida 
oʻrganish muhimdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin