Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 


260 
V BOB.
 
YОSH DAVRLARNING TURLI BOSQICHLARIDA KASBIY 
OʻZLIKNI ANGLASH
 
5.1. Ilk oʻspirinlik davrining psixik xususiyatlari
 
 
 
Ilk oʻspirinlik davri “kamolot boʻsagʻasi” deb ta’riflanadi. Bu kamolot 
bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni oʻz ichiga oladi. 
Psixologiya fani oʻspirinlik muammosini kompleks oʻrganishni da’vat etadi. 
Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur’ati bilan 
uning bosqichlari ijtimoiy etilish muddati bilan hamma vaqt ham toʻgʻri 
kelavermaydi. Akseleratsiya natijasida bugungi ilk oʻspirinlarning taraqqiyoti 
avvalgi avlodlarga nisbatan oʻrtacha ikki – uch yil avval etilmoqda. Fiziologlar 
bu jarayonni 2 – darajali jinsiy belgilarning paydo boʻlishiga qarab, 3 ta 
bosqichga ajratadilar: 
1- bosqich – prepubertat;
2- bosqich – pubertat; 
3- bosqich – postpubertat. 
Yosh psixologiyasi oʻspirinlikning yoshini 1 – 2 bosqichlar bilan bogʻlab 
kelar edi. Akseleratsiya munosabati bilan oʻspirinlik yoshining chegarasi endi 
15-16dan 18 yoshgacha boʻlmoqda. Demak, oʻspirinlik ham oldin boshlanadi. 
Lekin, bu taraqqiyot davrining konkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy 
sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan oʻrni, ularning 
mavqei, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qator boshqa faktorlar 
ijtimoiy sharoitlarga bogʻliqdir. Ilk oʻspirinlik yoshidagi bolalar bu 14-15 
yoshdan 17-18 yoshgacha boʻlgan akademik litsey va kasb – hunar kollejlari 
oʻquvchilaridir. Boʻyning oʻsishi oʻspirin qizlarda 15-16 yoshgacha, oʻgʻil 
bolalarda 17-18 yoshgacha davom etadi. Bu yoshda muskullar kuchi tez oʻsadi. 
Masalan, 18 yoshli bola muskul kuchi 12 yoshli bolaga nisbatan 2 baravarkoʻp 
boʻladi. Jismoniy taraqqiyo, asosan, toʻgʻri ovqatlanish rejimiga va jismoniy 
tarbiya bilan shugʻullanishga koʻp jihatdan bogʻliq. Jinsiy taraqqiyot jihatdan bu 
yoshdagi koʻpchilik yigit va qizlar postpubertat (tugallanuvchi) davrda 
boʻladilar. Bularning jismoniy rivojlanishi katta yoshdagi odamning jismoniy 
rivojlanishidan kam farq qiladi. Boʻyning va organizmning notekis oʻsishi va 


261 
rivojlanish davri tugallanadi, hamda jismoniy rivojlanishning nisbatan 
birmuncha tekis davri boshlanadi. Oʻspirinlik yoshida jismoniy sifatlar (boʻy, 
ogʻirlik) nisbatan barqaror darajaga etgan boʻladi. Shuningdek, muskul kuchi va 
ishchanlik qobiliyati sezilarli darajada ortadi. Koʻkrak qafasining hajmi 
kengayadi, skelet, naychasimon suyaklar qattiqlashadi, toʻqimalar va a’zolarning 
shakllanishi va fuksional taraqqiyoti tugallanadi. Odatda, bu yoshda yurak va
qon tomirlarning rivojlanishida oʻsmirlarga xos boʻlgan notekislik endi 
tekislashadi, qon bosimi baravarlashadi, ichki sekretsiya bezlari bir me’yorda 
ishlay boshlaydi. Nerv sistemasining va xususan, miya rivojlanishidagi
oʻzgarishlar ma’lum boʻlib qoladi. Lekin, bu oʻzgarishlar miya massasining
ortishi hisobiga emas, balki miyaning ichki hujayralari tuzilishining 
murakkablashuvi hisobiga roʻy beradi. Bosh miya poʻstining qismlarida 
assotsiativ toʻqimalarning miqdori koʻpayadi. Natijada oʻqish va mehnat 
jarayonida katta (yarim sharlar) qatlamining analistik – sintetik faoliyati 
murakkablashadi. 
Ilk oʻspirinlik davrini ikkinchi oʻtish davri deb hisoblash mumkin. Agar 
birinchi oʻtish davri koʻproq bolalikka yaqin boʻlsa, ikkinchi oʻtish davrida 
boʻlgan oʻspirin koʻproq yoshlik davriga yaqindir va shu jihatdan oʻrganiladi 
hamda tadqiq etiladi. Ilk oʻspirinlik davri, asosan, unda mustaqil hayotning 
boshlanishi (oʻrta maktabni tamomlab, litsey, kollejlarga kirishi) bilan 
xarakterlanadi. Hayotdagi bu oʻzgarishlar ilk oʻspirinning shaxsiga, oʻz – oʻzini 
anglashiga ta’sir koʻrsatadi. Oʻsmirlardan farqli oʻlaroq ilk oʻspirinlar katta 
hayotni tasavvur etmaydilar, balki unda ishtirok etadilar. 
Ilk oʻspirinlarning mustaqilligi ortishi bilan kattalarning unga 
munosabatlari ham oʻzgaradi. Kattalar oʻsmirga koʻproq bola deb qarasalar, ilk 
oʻspirin yoshdagilarga katta odamdek munosabatda boʻladilar. Ilk oʻspirinlar 
hayotda oʻz oʻrnini topishga nisbatan intilishi anglangan holatda boʻladi. U oʻz 
hayotiy rejalarini amalga oshirish uchun harakat qila boshlaydi va ma’lum bir 
kasbni egallay boshlaydi yoki shu soha boʻyicha akademik litseylarda oʻqishini 
davom ettiradi. Oʻspirinlar tanlangan sohalari yoki kasblarida juda katta 
yangiliklar, kashfiyotlar qilgilari keladi, lekin asta – sekinlik bilan yangilik va 


262 
kashfiyotlar qilish uchun ularda bilim va tajriba yetishmayotganligini, buning 
uchun koʻproq oʻqish va oʻrganishlari kerakligini anglay boshlaydilar. 
Hayot faoliyati kengaygan sari, oʻspirinlarda ijtimoiy rollar kengligi faqat 
miqdor tomondangina kengayib qolmay, balki sifat tomonidan ham oʻzgarib 
boradi. Masalan: 16 yoshda pasport oladi; 18 yoshidan faol saylash huquqiga va 
oila qurish imkoniyatiga ega boʻladi. Oʻspirin jinoiy ishlar uchun javobgar 
boʻladi. Ba’zi oʻspirinlar bu yoshdan boshlab ishlay boshlaydilar. Kasb tanlash 
haqida oʻylay boshlaydilar. Lekin, shunga qaramay oʻspirinlarda kattalarga 
qaramlik xususiyatlari saqlanib qoladi. 
Oʻspirinlar (16-18 yoshlar) oʻzlarining psixologik xususiyatlari bilan 
boshqa yosh davrdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Jismoniy hamda aqliy 
jihatdan voyaga etgan, kamolotga erishgan, dunyoqarashi, oʻz – oʻzini 
boshqarish kabi etuk insoniy xususiyatlari tarkib topgan boʻladi. Ular vazmin, 
mulohazali boʻladilar, katta yoshdagilarga hurmat – ehtirom bilan qaraydilar. 
Ular uzoqni koʻzlaydigan, kelajak uchun qaygʻuradigan, ota – onalarining yaqin 
yordamchisiga aylanadilar. Oʻquv faoliyati oʻspirinning asosiy faoliyati boʻlib 
qolaveradi, oʻqishga nisbatan oʻsmirlik yoshiga qaraganda oʻspirinlikda bir 
muncha yuqoriroq boʻladi. Mustaqil hayotga tayyorgarligini oʻz – oʻzini 
anglashi bilan bogʻliq motivlar bu davrda yetakchi oʻrinni egallaydi.


263 
Motivlar tizimida jamiyatning toʻlaqonli a’zosi boʻlishga intilish, 
insonlarga naf keltirish kabi ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi. Bu davrda 
oʻspirinlarning kelgusi hayoti va tanlayotgan kasbiy rejalariga koʻra fanlarga 
nisbatan qiziqishlari oʻzgaradi. Oʻspirinning fanlarga hamda shu fan 
oʻqituvchilariga nisbatan munosabati oʻzgaradi. Oʻspirinlik davrida oʻzi 
koʻzlagan maqsadlariga erishishga asoslangan motivlar birinchi oʻringa 
koʻtariladi. Oʻsmirlar oʻzlarining oʻqishga boʻlgan munosabatlari va ularning 
oʻqish – oʻrganishga undovchi sabablarni yaxshi anglaydilar. Oʻspirinlik 
yoshida boshdan kechiriladigan his – tuygʻularning boyligi, xilma – xilligi bilan, 
hayotning turli tomonlariga emotsional munosabatda boʻlishi bilan ajralib turadi. 
Axloqiy va ijtimoiy, siyosiy hislarning rivojlanishi ayniqsa xarakterlidir. Ular 
odatda muayyan axloqiy talablar bilan oʻzaro toʻgʻri munosabatda boʻladilar. 
Boshdan kechirgan his – tuygʻularni anglab etish mahorati ham rivojlanadi. 
Oʻspirinlik yoshida oʻquvchilarda oʻrtoqlik hissining rivoj topishi xarakterlidir. 
Rossiya psixologlari I.V. Straxov bilan A.L. Shnirman tadqiqotlarning 
koʻrsatishicha, oʻspirinlik yoshidagi doʻstlik, oʻsmirlik yoshidagi doʻstlikdan 
ba’zi bir xususiyatlari bilan farq qiladi.
Oʻspirinlarda doʻstlik motivlari ancha chuqurroq boʻladi. Bularda 
oshkoralik, oʻzaro ishonch, talabchanlik, sadoqat, birgalikda doimiy yordam 
koʻrsatish, kamchiliklarni tuzatish, doʻstiga yordam berish, oʻzaro hurmat, bir – 
birini tushunish va hokazo. 
Doʻstlik hissi ancha sermazmun boʻlib, qiziqishlar faoliyatning keng 
doirasini qamrab oladi. 
Doʻstlik emotsional boʻlib, doʻsti kechirayotgan hislarga javob bera olish 
qobiliyatiga ega boʻladi. 
Oʻspirinlik yoshidagi doʻstlik koʻpincha butun umr boʻyi davom etadi. 
Oʻrtoqlik munosabatlari jamoani jipslashtirishga yordam beradi, uning hayotiy 
faoliyatini oshiradi. Yoningda oʻrtogʻing borligini his qilishning oʻziyoq 
qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. Oʻspirinlar doʻstlik, samimiylik, 
emotsional sofdillik kabi hislatlarni birinchi oʻringa qoʻyishadi. Doʻstlar bir – 
birlari bilan yuraklarini boʻshatadilar. Doʻstlarga samimiy mehribonlik
shaxsining reflektivlik darajasiga hamda uning emotsional hayot 


264 
xususiyatlariga bogʻliqdir. Oʻspirin hamma vaqt rostgoʻy, samimiy boʻlishni 
istaydi. Oʻspirinlik yoshida alohida bir his – sevgi paydo boʻladi. Bu 
oʻspirinning emotsional hayotida yangi bir holat hisoblanadi. Oʻspirinlik sevgisi 
sof, pokiza, begʻubor, xilma – xil kechinmalarga boy, yoqimli, hayolga berilish 
va samimiyat belgilariga ega boʻladi. Yigit va qizlarning sevgini boshdan 
kechirishida bir – birlarini hurmat qilish, doʻstlik, oʻzaro yordam, bir – birini 
tushunish kabi hislatlar xarakterli boʻlib, ular bir – birlaridagi yuksak 
ma’naviy sifatlarni qadrlaydilar. Yigit va qiz bolalar oʻrtaisdagi munosabatlar 
oʻspirinlik yoshida faollashgan boʻladi. Oʻrtoqlariga nisbatan munosabatlar 
doirasi kengayadi, ayniqsa qizlarda aralash doʻstlik extiyojlari kengayadi. 
Bolalarga xos 16 – 17 yoshlarda birinchi jinsiy moyillik va sevgi extiyojlari
koʻrina boshlaydi. Ikki jins oʻrtasidagi oʻzaro munosabat masalasi asosiy 
muammolaridan biri boʻlib hisoblanadi. Oʻspirinlarda sevgi hissi bir qancha
holatlarga bogʻliq.
Birinchidan – jinsiy etilish; ikkinchidan – ishonadigan, suyanadigan va har 
qanday nozik masalalar boʻyicha gaplashish mumkin boʻlgan doʻstga extiyoj; 
uchinchidan – bu tabiiy insoniy extiyoj hisoblanib, inson koʻpincha oʻzini 
yolgʻiz his qilganida kuchli emotsional bogʻliqlikka intiladi. Tadqiqotlarning 
koʻrsatishicha bunday tuygʻu kuchaygan shaklda birinchi bor ilk oʻspirinlik
davrida yuzaga keladi. Ilk oʻspirinlar yolgʻiz boʻlishni istmaganlari uchun 
oʻzlari faol ravishda oʻzaro yaqin muloqot, bir – birlari bilan intim munosabatni 
izlaydilar. Ba’zan oʻspirinlar bu hislarga shunchalik berilib ketadilarki, boshqa 
narsalar mavjudligi haqida mutlaqo unutib qoʻyadilar. Bu davrda oʻspirinlarda 
sevish mumkin boʻlgan qiz yoki yigit ideali paydo boʻladi va koʻp yillar
davrida bu ideal saqlanib turadi. Oʻspirinlar tasavvuridagi ideal kimnidir 
yoqtirishiga, sevishiga turtki boʻladi. Oʻspirinlarning ideal obrazlari ba’zan real 
boʻlmaydi, ya’ni ular hech kimni “unga” oʻxshatmaydilar. Bu esa ularda 
ishonchsizlik hamda yolgʻizlik hissini ham yuzaga keltirishi mumkin. Ilk 
oʻspirinlarga shu mavzuda badiiy adabiyotlar oʻqish, kinofilmlar, teatrlar 
tomosha qilishni tavsiya etish hamda yoshi ulugʻ kishilar bila suhbatlar
oʻtkazish, ularga oʻzlarini kelgusi hayotlarini oʻzlariga mos turmush oʻrtoqlar 
topish masalasiga jiddiyroq yondashishlariga yordam beradi.


265 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin