5.2. TALABALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA OʻQUV
FAOLIYATI
Hozirgi eng dolzarb muammolardan biri oliy oʻquv yurtlaridagi ta’lim –
tarbiya
ishlari
samaradorligini
keskin
oshirishdan
iboratdir.
Chunki
respublikamizning rivoji, ravnaqi va istiqboli koʻproq oliy maktab
tayyorlayotgan mutaxassislarning mahoratiga bogʻliqdir. Shuning uchun
275
oʻqitishning yangi ilgʻor, faol usullarini qoʻllash, oqilona vositalaridan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.Oliy oʻquv yurtlaridagi ta’lim – tarbiya
jarayonini samarali amalga oshirish uchun talabalar bilan oʻqituvchilar oʻrtasida
uzluksiz ta’sir oʻtkazish hukm surishi lozim.
Oʻqituvchi bilan talabaning hamkorlikdagi faoliyati negizida oʻquv –
tarbiya ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish muammosi yotadi. Bu muammo oliy
maktab psixologiyasida juda kam tadqiq qilingani sababli xuddi ana shu
muammo yuzasidan kengroq mulohaza yuritish maqsadga muvofiqdir.
5.2.1. Talabalarning psixologik xususiyatlari
Tadqiqotlarda talabalar deganda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda
ijtimoiy hayotga va mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida va maxsus
dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoiy guruh tushuniladi.
Oliy oʻquv yurtidagi ta’limning oʻziga xos xususiyatlari talabalarning
boshqa ijtimoiy guruhlar bilan (ular xoh rasmiy, xoh norasmiy boʻlishidan qat’i
nazar) muloqotga kirishishi uchun muhim imkoniyat yaratadi. Talabalik
davrining asosiy xususiyatlaridan biri ijtimoiy yetuklikning jadal sur’at bilan
roʻyobga chiqishidir. Ma’lumki, ijtimoiy yetuklik (kamolot) shaxsdan zarur
aqliy qobiliyatni hamda ijtimoiy turmushda bajariladigan turli rollarni
egallashda (oila qurishga), farzandlarni tarbiyalashga, foydali mehnatda
qatnashishga (mas’ul vazifada ishlashga) tayyorlanishni talab qiladi. Mazkur
jarayonning bosh mezonlari va koʻrsatkichlari oʻrta ma’lumotlilik, jamoatchilik
topshirigʻi, mehnatda faollik koʻrsatish, qonunlar oldida javobgarlik, mutaxassis
boʻlish imkoniyati, unga intilish tuygʻusi, irodaviy zoʻr berish, yosh otalik va
onalik burchi, jamoat arbobi vazifasini oʻtash, ijtimoiy guruhga rahbarlik qilish,
sport bilan shugʻullanish, boʻsh vaqtni tashkil eta olish, toʻgarakda qatnashish va
hokazolardan iboratdir.
Talabalik davri oʻspirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat boʻlib, 17 – 22
– 25 yoshni oʻz ichiga oladi va oʻzining qator betakror xususiyatlari va qarama
– qarshiliklari bilan xarakterlanadi. Shu boisdan oʻspirinlik davri shaxsning
ijtimoiy hamda kasbiy mavqeini anglashidan boshlanadi. Mazkur pallada
oʻspirinlik oʻziga xos ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi, jumladan
276
kattalarning har xil koʻrinishdagi (unga yoqish yoki yoqmasligidan qat’i nazar)
rollarini tez suratlar bilan bajarib koʻrishga intiladi, turmush tarzining yangi
jihatlariga koʻnika boshlaydi. Katta odamlarning turmush tarziga oʻtish jarayoni
shaxsning kamol topish xusustyatlariga bogʻliq ichki qarama – qarshiliklarni
keltirib chiqaradi.
Pedagogik psixologiya fanida ma’lumki, oʻrta maktab oʻquvchilarni har
(biologik, fiziologik, pedagogik, psixologik) jihatdan oliy maktab ta’limiga
tayyorlaydi va ularda umumlashtirish, mavxumlashtirish, sistemelashtirish kabi
qobiliyatlarda koʻrinadigan fazilatlar namoyon boʻladi. Shu bilan birga
oʻspirinda aqliy, axloqiy, estetik va gʻoyaviy – siyosiy jihatdan muayyan
darajada oʻsish roʻy beradi. Shunga qaramay, ular oldida oliy oʻquv yurtida
mutaxassislikni egallashga bogʻliq yangi vazifalar paydo boʻladi. Xozirgi fan –
texnikaning rivoji bir tomondan axborotlarni, ma’lumotlarni koʻpaytirsa,
ikkinchi tomondan talabalarda mutaxassislikka oid bilimlarga barqaror
qiziqishning yoʻqolishiga olib keladi, chunki qat’iylik, ijodiy izlanish, irodaviy
zoʻr berish oʻrnini loqaydlik, faoliyatsizlik egallaydi. Boshqacha aytganda, ular
“tayyor axborotlarning quli” ga aylanadilar. Chunki komyuter, displey, EHM,
kalkulyatorlar inson aqliy mehnatini yengillashtiradi, ularni aqliy zoʻr berishdan
xalos qiladi. Ana shular sababli oliy oʻquv yurti ta’limi oldidagi muhim vazifa
talabalarga dasturdagi bilimlar majmuasini berishdir.
Talabalarga mustaqil bilim olish, oʻz faoliyatini oʻzi tashkil qilish, oʻzini
oʻzi boshqarish, yangi gʻoyalarni ishlab chiqarish va hokazolarni oʻrgatiladi. Bu
vazifalarni amalga oshirishning asosiy omili – monologik ma’ruzadan dialogik
(talaba va oʻqituvchining muloqotiga asoslangan) leksiyaga oʻtishdir.
Psixologlardan B.G.Ananyev, N.V.Kuzmina, N.F.Talizina, V.Ya.Lyaudis,
I.S.Kon, V.T.Lisovskiy, A.A.Bodalev, A.V.Petrovskiy, M.G.Davletshin,
I.I.Ilyasov, A.V.Dmitrieva, Z.F.Yesareva, A.A.Verbiskiy, V.A.Tokareva va
boshqalarning tadqiqotlariga koʻra, oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish talabalar
uchun juda ogʻir kechadi, chunki bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari,
hislatlari, sifatlari takomillashish bosqichi boʻladi. Mazkur yosh davrdagi
ijtimoiy – psixologik oʻsishning xususiyatlaridan biri oʻqish faoliyatining ongli
motivlarining kuchayishidir. Talabalarda axloqiy jarayonlarning oʻsishi sust
277
amalga oshsa–da, lekin xulqning eng muhim sifatlari – mustaqillik,
tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik va hokazolar takomillashib boradi.
Shuningdek, ularda ijtimoiy holatlarga, voqelikka, axloqiy qoidalarga qiziqish,
ularni amalga oshirishga intilish tobora kuchayadi.
Psixologlarimizning tadqiqotlari shaxs hayot tajribasini egallashda unda
oʻzligini anglash vujudga kelishini koʻrsatadi. Shaxsiy hayotning mazmunini
anglash, aniq turmush rejalarini tuzishi, kelajak hayot yoʻlini belgilash shular
jumlasidandir. Talaba asta – sekin mikroguruhning notanish sharoitlariga
koʻnikib boradi, oʻzining haq – huquqlari va majburiyatlarini bila boshlaydi,
shaxslararo munosabatlarning yangicha koʻrinishini urnatadi, turmushdagi
ijtimoiy rollarni amаlda shaxsan sinab koʻrishga intiladi. Ulardagi romantik his
– tuygʻular voqelikka muayyan yondashishga birmuncha xalaqit beradi. Chunki
ular turmushdagi yutuqlar va muvaffaqiyatlarning ijtimoiy – psixologik ildizlari
nimadan iborat ekanligi toʻgʻrisida aniq tasavvurga ega boʻlmaydilar.
Yosh fiziologiyasi va psixologiyasi fanlarida toʻplangan materiallar
tahlilidan koʻrinadiki, talaba 17 – 19
yoshda ham oʻz hulqi va bilish
qobiliyatini
ongli
boshqarish
imkoniyatiga
ega
boʻlmaydi
va
shunga
koʻra
hulq
motivlarini
asoslanmagani,
uzoqni
koʻra
olmaslik, ehtiyotsizlik kabi hollar
roʻy
beradi.
V.T.Lsovskiyning
fikricha, 19 – 20 yoshlarda ayrim salbiy xatti – harakatlar koʻzga tashlanadi.
Mazkur yoshda xohish va intilishning rivojlanishi iroda va xarakterdan ancha
ilgarilab ketadi. Bunda odamning hayotiy tajribasi alohida rol oʻynaydi, chunki
talaba shu tajriba yetishmasligi natijasida nazariya bilan amaliyotni, fantaziya
bilan reallikni, romantika bilan ekzotikani, haqiqat bilan illyuziyani, orzu bilan
xohishni, optimizm bilan qat’iylikni aralashtirib yuboradi.
Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatida oʻzini – oʻzi
kamolotga yetkazish jarayoni muhim rol oʻynaydi, lekin oʻzini boshqarishning
tarkibiy qismlari (oʻzini – oʻzi tahlil qilish, nazorat etish, baholash, tekshirish va
278
boshqalar) ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ideal (yuksak, barqaror, barkamol)
“Men”ni real (aniq voqea) “Men” bilan taqqoslash orqali oʻzini – oʻzi
boshqarishning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega boʻladi. Talabaning nuqtai
nazaricha, ideal “Men” ham muayyan mezon asosida yetarli darajada tekshirib
koʻrilmagan, shuning uchun ular goho tasodifiy, gʻayritabiiy his etilishi
muqarrar, binobarin, real “Men” ham shaxsning haqiqiy bahosidan ancha
yiroqdir, talaba shaxsining takomillashuvida bunday ob’yektiv qaramam –
qarshiliklar oʻz shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonchsizlikni, oʻqishga nisbatan
salbiy munosabatni vujudga keltiradi. Jumladan. Oʻquv yili boshida talabada
koʻtarinki kayfiyat, oliy oʻquv yurtiga kirganidan zavq – shavq tuygʻusi
kuzatilsa, ta’limning shart – sharoiti, mazmuni, mohiyatida keskin tushkunlikka
roʻy beradi. Yuqorida aytilgan ichki va tashqi vositalar, omillar ta’siri oqibatida
uning ruhiy dunyosida umidsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati, ya’ni istiqbolga
ishonchsizlik, ikkilanish, hadiksirash kabi salbiy his – tuygʻular namoyon
boʻladi. Bizningcha, oliy maktabda tarbiya ishlarini rejalashtirishda, ta’lim
jarayonida talabaga oʻziga xos munosabatda boʻlish mazkur davrning muhim
sharoitlaridan biridir.
Yuqorida aytilganlardan qat’i nazar, yigit va qizlarni oliy oʻquv yurtiga
qabul qilish ularda oʻz kuchlari, qobiliyatlari, aql – zakovatlari, ichki
imkoniyatlari va irodalariga qat’iy ishonch bildiradi. Ana shu ishonch oʻz
navbatida toʻlaqonli hayot va faoliyatni uyushtirishga umid his – tuygʻusini
vujudga keltiradi.
Oʻspirinlikning ikkinchi davri hulqqa, voqelikka baho berishda
imkoniyatidan tashqari talab qoʻyish va qat’iylik xususiyati bilan farqlanadi.
Shuning uchun talabalar har doim prinsipial boʻla olmaydilar. Ba’zan
qat’iyatlilik kattalarga salbiy munosabatga ham aylanadi. Talabalarning
oʻqituvchi tavsiyalarini inkor qilishi koʻpincha nizolarni keltirib chiqaradi.
B.G.Ananev raxbarligida oʻtkazilgan ilmiy – tadqiqot ishlarida ma’lum
boʻlishicha, talabalar kamol topishining jinsiy va neyrodinamik xususiyatlari
ularnig aqliy imkoniyatlarini toʻla ishga solish va sermahsul oʻquv faoliyatini
tashkil qlish uchun muhim imkoniyat, shart – sharoit yaratadi.
279
Yu.A.Samarinning ta’kidlashishicha, yoshlarning kamol topishida har xil
ijtimoiy – psixologik xususiyatli oʻziga xos qarama – qarshiliklar, ichki
ziddiyatlar mavjud boʻladi. Ularning moddiy jihatdan ota – onaga, oliy oʻquv
yurti ma’muriyatiga bogʻliqligi iqtisodiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Bu hol
talabalarning xohishlari bilan mavjud imkoniyatning nomutanosibligi tufayli
sodir boʻladi.
Odatda talabalar 2 va 3 kurslarda oliy oʻquv
yurti va mutaxassislikni nima uchun tanlangani
haqida yana jiddiy oʻylaydilar.
Mazkur yosh davrida oʻzini boshqarishning
tarkibiy qismlari, ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy
tajriba oʻzlashtirilgan bilimlarni tartibga solish
asosida his – tuygʻular, qarashlar, axloqiy
qarashlar, axloqiy qadriyatlar, oʻzligini anglash va
barqaror e’tiqod shakllanadi. Talaba hukm va
xulosa chiqargach, oʻz xatti – harakatida qat’iy turib ularni himoya qiladi, u
hayotning turli sohalari boʻyicha har xil darajadagi koʻnikma va malakalarga
nazariy bilimlar ijtimoiy – psixologik tushunchalarni amaliy faoliyatga tadbiq
etish imkoniyatiga ega boʻladi.
B.G.Ananev rahbarligidagi tadqiqotchilar jamoasining fikricha, 18 – 20
yosh
pallasida
fiziologik
imkoniyatlar
yuksak
darajada
rivojlanadi.
Organizmning tashqi ta’sirga javobi, qon bosimining optimal darajasi ortadi,
qon kislorod bilan toʻyinadi va hokazo. Insonda uquvlilikning qulay imkoniyati
vujudga keladi. Uquv insonning axborotlarni qabul qilish, eslab qolish va
xotirada
saqlash
qobiliyatini
bildiradi.
Keyinchalik
insonda
psixik
funksiyalarning
dinamikasi,
uquvlilik
imkoniyatlari
sira
pasaymaydi.
Odamlarning yetuklik davri quyidagi qonuniyatlar bilan farqlanadi: 1) turli
funksiyalarning rivojlanishi bir tekis va bir vaqtda amalga oshmaydi (bir
bosqichda xotira, boshqa bir bosqichda tafakkur); jadal sur’at bilan oʻsadi; 2)
yoshga qarab turli funksiyalar oʻzaro bogʻliq muvofiqlashgan xususiyat kashf
eta boshlaydi; 3) yetuk inson aqlining funksional oʻsish darajasi yosh
evolyutsiyasining har xil bosqichida yetarli darajada yuqori boʻladi; 4) mazkur
280
funksiyalar dinamikasida hech qanday keskin pasayish boʻlmaydi; 5) yetuklik
davrida uquvlilik kamaymaydi.
Dostları ilə paylaş: |