Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Talabalar bilimini nazorat qilish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Talabalar bilimini nazorat qilish 
Nazorat metodlari 
Test 
Ogʻzaki 
Yozma (amaliy) 
afzalligi 
kamchiligi 
afzalligi 
kamchiligi 
afzalligi 
kamchiligi 
Tezkorligi 
Xamma uchun 
bir xilligi 
Nutk
rivojlanmaydi 
Anik bilim 
darajasini 
bilolmaydi 
tavakkalchilik 
Nutk shakllanadi 
Bahs munozara 
orqali bilimlar 
yana ham 
mustahkamla-
nadi. 
Fikr 
almashiniladi 
Hayajoni 
kuchli tlabalar 
bor bilimini 
yetkaza 
olmaydi 
Vaqt kop talab 
qiladi 
Oʻz fikrini 
to;iq bayon 
eta oladi 
Kam vaqt 
ichida 
hammadan 
olish mmkin 
Boshqa 
ma`lumotlarda
n foydalanishi 
mumkin 
 
5.2.4. Oliy ta’limdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish yoʻllari 
Qiyinchiliklarning asosiy sabablari talabalar oʻquv faoliyatining toʻgʻri 
usullarini bilmasligi, aqliy mehnatda kuch va imkoniyatlarni bir tekis taqsimlay 
olmasligidan iborat boʻlib, bular aqliy zoʻriqishning negizi hisoblanadi. 
Talabalarda vujudga kelgan aqliy zoʻriqish tasodifiy psixologik hodisa emas, 
uning zamirida shaxsiy oʻquv faoliyatini oqilona boshqarish uquvining zaifligi 
yotadi. Shunga oʻra oliy oʻquv yurti talabalari koʻpincha oʻquv materiallarini 
oʻzlashtirishda bu faoliyatni tasodifiy boshqarishga harakat qiladilar. Bunda 
muayyan materiallar mantiqiy harakat bilan eslab qolinsa, qolganlari mutlaqo 
diqqatdan uzoqlashtiriladi. Natijada ular ma’ruzaning bir qismini tinglaydilar, 
uning mohiyatini ba’zoʻr anglaydilar, uni konspektlashtirishga ulgurmaydilar. 


288 
Oʻquv yili mobaynida ana shu holning davom etishi imtixon sessiyalarini talaba 
uchun qattiq sinovga aylantiradi.
Shunga koʻra oliy oʻquv yurtining asosiy vazifalaridan biri talabani oʻquv 
materiallarining asosiy manbalari bilan ishlashga oʻrgatishdan, uning mustaqil 
bilish faoliyatini tashkil qilishdan, uni oʻzini boshqarish usullari bilan 
tanishtirishdan iboratdir. Ma’lumki oliy maktabda mustaqillik va mustaqil oʻquv 
faoliyatini uyushtirish talab qilinadi. 
Oliy ma’lumot olish talabaning maqsadga muvofiq, muntazam, rejali, 
izchil oʻquv faoliyatini ta’limning barcha bosqichlarida amalga oshirishini 
taqozo etadi. 
Oliy maktab psixologiyasi fanida talabalarning oʻquv faoliyati auditoriya 
va auditoriyadan tashqari qismlarga ajratiladi. Shu bilan birga talabalar oldida 
oʻquv faoliyatining tarkibiy qismlari bilan bogʻliq muayyan qoidalarga rioya 
qilib hal etiladigan masalalar koʻriladi: 1) Qanday yoʻl bilan auditoriyada toʻgʻri 
oʻqish va oʻqitish mumkin? 2) Qay yoʻsinda auditoriyadan tashqari vaqtlarda 
mustaqil faoliyatning umumlashgan usullaridan foydalansa boʻladi? 3) 
Ma’ruzada talabaning aqliy faoliyati uchun optimal shart – sharoitlar qanday 
yaratiladi? 4) Amaliy va seminar mashgʻulotlariga tayyorgarlik natijasini 
qanday aniqlash va ifodalash mumkin? 5) talabaning imtixon va sinovlarga 
tayyorgarlik saviyasini aniqlash imkoniyati bormi va hokazo. Mazkur fanda 
ma’ruzaning muhim beshta turi qonuniy ravishda tavsiflangan. Ular axborot 
beruvchi, yoʻnaltiruvchi, ragʻbatlantiruvchi, metodik, rivojlantiruvchi va 
tarbiyalovchi ma’ruzalar deb ataladi. Ana shu ma’ruzalarning sifatini 
baholashda quyidagilar hisobga olinadi. 
1. Ma’ruzaning mazmuni (gʻoyaviy – siyosiy yoʻnalishi, ilmiyligi, 
ommabopligi, nazariya amaliyotning birligi,emperik materiallar koʻlami, bayon 
qilish shakli va boshqalar). 
2. Talabani oʻylashga, bosh qotirishga yetaklovchi materiallarning 
muammoli bayon qilinishi (uning darajalari, jabhalari, jihatlari, davriyligi 
kabilar). 
3. Ma’ruzaning asosliligi (yaqqol dalillar bilan mustahkamlanuvchi 
nazariy qoidalarning haqqoniyligi, loʻndaligi). 


289 
4. Ma’ruzaning mutaxassislar kasbiy tayyorgarligi darajasiga bogʻliqligi 
(qay darajada, qay shaklda, qay yoʻsinda). 
5. 
Ma’ruzaning 
tizimi 
(rejaliligi, 
tartibliligi, 
yigʻinchoqligi, 
umumlashganligi). 
6. Ma’ruza oʻqish usuli (koʻrsatmalilik, jonli nutq, his – tuygʻuga 
boyligi, material bayonining sur’ati, oʻrinli toʻxtalish, mantiqiy urgʻu). 
7. Oʻqituvchining talabaga munosabati (e’tiborligi, talabchanligi, 
samimiyligi, mehribonligi, odobliligi). 
8. Auditoriya bilan aloqa qilish (bevosita, jonli, yakkama – yakka, 
guruhiy, jamoaviy, uzluksiz, ahyon - ahyonda).
9. Talabalarning leksiyadagi davomati (akademik guruhning toʻla 
qatnashuvi, bir oz kamchiligi, umuman kamchiligi). 
10. Ma’ruzani konspektlashtirish (koʻpchilik tomonidan, yarmisi, 
ayrimlari). 
11. Lektorlik faoliyatini boshqarish (erkin, ishonch bilan, tezisga 
asoslanib bayon qilish, ma’ruza konspektidan uzoqlashmay bayon qilish). 
12. Maqsadga erishish (ishlab chiqilgan yoʻllar, sinalgan vositalar, 
egallangan usullar, shaxsiy nuqtai nazarni bayon qilish, talabaning mustaqil 
holda ishlashi uchun imkoniyat yaratish va boshqalar). 
Ma’lumki, oliy maktabdagi oʻquv tarbiya jarayonida ma’ruza bilan 
seminar mashgʻulotlari bogʻlanish muhim ahamiyat kasb etadi. Seminar 
mashgʻulotlari asosan talabalarda tafakkurning tanqidiyligi, mahsuldorligi kabi 
aqlning zarur tarkibiy qismlari shakllanishiga qaratilgan boʻladi. Seminar 
mashgʻulotlarida oʻqituvchi oʻrganilayotgan muammo yuzasidan talabalarning 
bilimlarini tekshirish, ularda tafakkurning mustaqilligini, mahsuldorligi va 
teranligini oshirishi, atrof – muhitga munosabatni shakllantiritishi, ularga ilmiy 
nazariyalar, konsepsiyalar boʻyicha shaxsiy fikrlarini bildirishga oʻrgatishi 
kerak. 
Seminar mashgʻuloti talabaning oʻz oʻquv faoliyatini boshqarishida 
muhim rol oʻynaydi. Masalan, ta’limning turli shakllarida (mustaqil ishlar, 
toʻgarak mashgʻulotlari, ilmiy – tadqiqot, leksiya va bahslarda olingan bilimlar 
yaqqollashadi, tartibga tushadi, yanada chuqurlashadi, mustaqil bilim olish 


290 
malakalari oʻsadi, aqliy mehnat usullari oʻzlashadi, ogʻzaki va yozma nutq 
takomillashadi). 
Oliy maktabda koʻpincha seminar mashgʻulotining ikki turidan 
foydalaniladi: a) seminar rejasiga kirgan masalalardan har birini alohida keng 
smuhokama qilish; b) har bir talabaning oʻrganilayotgan mavzu yuzasidan 
ma’ruzasini tinglash. Bizningcha, seminarning ikkinchi turi keng koʻlamda 
axborotlar almashishi imkoniyatiga ega. Chunki unda dolzarb muammolar, 
qonuniyatlar, xususiyatlar boʻyicha mulohaza yuritiladi va tegishli qarorga 
kelinadi. 
Tajribalarda talabalarning seminar mashgʻulotidagi faoliyati quyidagi
mezonlar asosida baholanadi: 
1. Seminar mashgʻulotiga chiqishning muayyan maqsadga yoʻnalgan 
(masalaning qoʻyilishi, boʻlgʻusi mutaxassislikda nazariy bilimlarni amaliy 
bilimlarga bogʻlash). 
2. Talaba ma’ruzasining rejasi: oqilona rejalashtirish, masalani birlamchi 
va ikkilamchi alomatlarga ajratish, bibliografiyani thgʻri tuzish (nodir, yangi va 
kasbga oid manbalar tanlangani). 
3. Talabaning xulqi: oʻrinli baxslashuvi, toʻgʻri javobi, materialni chuqur 
tahlil qilishi, dalilni qayta bayon etishi, oʻz nuqtai nazari mavjudligi, ixcham va 
loʻnda tahlil: ma’ruzaning zerikarliligi, boʻshligi. 
4. Oʻzaro aloqa: talabaning kursdoshlarga tanqidiy, samimiy, e’tirozli 
munosabati; seminar qatnashchilari bilan tez muloqotga kirishish imkoniyati. 
5. Talabaning mashgʻulotini ishonch bilan, mutaxassislarcha yakunlashi, 
tengdoshlari bilimini boyitishi yoki aksincha; seminarda barcha holatlar va 
munosabatlarni yozib borishi, unga qarashlarini bildira olishi. 
Ma’ruza va seminar mashgʻulotlari samaradorligini oshirish uchun 
quyidagi psxologik holatlarga e’tibor berish lozim: 
1. Matn va birlamchi manbalar boʻyicha muhim va nomuhim belgi 
hamda alomatlarni ajratish yoki mavhumlashtirish. 
2. Oʻzlashtirilayotgan oʻquv materiallarni oʻz vaqtida tahlil qilib borish va 
umumlashtirish. 


291 
3. Talaba oʻquv materialini idrok qilishi uchun aqliy faoliyatning barcha 
jabhalari boʻyicha yoʻl – yoʻriqlar berish. 
4. Oʻqituvchi nutqidan hayolan ilgarilab ketib, uning yakunlovchi fikrini 
oldindan fahmlay bilish va boshqalar. 
Shunday qilib ma’ruza va seminar mashgʻulotlarining samaradorligini 
oshirish bilan oliy maktabdagi ta’lim va tarbiya jarayonida kamol toptiruvchi 
hamda tarbiyalovchi prinsiplarni amalga oshirish, talabalarga oʻzini oʻzi 
boshqarishni oʻrgatish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin