Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


III. Oʻquvchilarning (talabalarning) faoliyatini tashkil etish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

III. Oʻquvchilarning (talabalarning) faoliyatini tashkil etish: 
1. Oʻqituvchi tafakkur bilan hayolning sermahsul ishlashi uchun qanday 
shar – sharoitlar yaratishi: 
a) oʻqituvchi qay yoʻsinda oʻrganilayotgan materiallarni talabalar 
tomonidan idrok qilishda tanlovchanlik, tushunganlik va yaxlitlik darajasiga 
erishganligi; 
b) qanday dasturlar, qaysi shakldagi koʻrsatmalar foydalanganligi 
(talabalarni undash, ularga ta’sir oʻtkazish, ularni ishontirish va boshqalar); 
v) oʻqituvchi qanday qilib talabalar diqqatining barqarorligiga va uni 
muayyan ob’yektga toʻplanishiga erishganligi; 
g) yangi bilimlarni egallash uchun, oddiy oʻzlashtirilgan bilimlarni 
talabalar 
xotirasida 
faollashtirish 
maqsadida 
qanday 
ish 
formalari 
qoʻllanilganligi (yakka holda soʻrash, guruh bilan suxbatlashish, oʻtgan 
mavzularni takrorlash boʻyicha mashqlar oʻtkazish, muammoli vaziyatlarni 
yaratish va hokazo). 
2. Yangi bilim va koʻnikmalarni shakllantirish jarayonida talabalarning 
hayolot (mnemik) va fikr yuritish (tafakkur) faoliyatini tashkil etish va 
uyushtirish: 
a) talabalarning bilimlari qanday darajada shakllanganligi (yaqqol – hissiy 
tasavvurlar, tushunchalar, “kashfiyot” obrazlari umumlashmasi, simvolikalar, 
xossalar, formulalar chiqarish darajasida ekanligi va boshqalar); 
b) oʻqituvchi qaysi usul va uslub yordamida talabalar tafakkurining 
faolligigahamda mustaqilligiga erishganligi (savollar sistemasi, muammoli 


296 
vaziyatni yaratish, ortiqcha masalalar berish, standart va nostandart topshiriqlar 
tavsiya qilish, ta’limda qidiruv – tadqiqot ishlarini tashkil qilish); 
v) oʻqituvchi talabalarda tushunishning qanday darajasiga (tasviriy, izohli, 
umumlashtiruvchi baholash, muammoli vaziyat) erishganligi, shuning bilan 
birga qanday qilib ularda e’tiqod va ideallar shakllanishiga rahbarlik qilganligi; 
g) ta’limda ijodiy ishlarning qaysi turlari qoʻllanilganligi va oʻqituvchi 
talabalar ijodiy hayoli hamda ijodiy tafakkurga yetakchilik qilganligi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin