4.
Xotira.
5.
Ma’lumotni qoʻllash.
299
Ta’lim va ta’lim jarayonida bolaning rivojlanish muammosi yosh davrlari va
pedagogik psixologiya fanining asosiy masalalaridan biridir. Ta’lim va rivojlanish
muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan boʻlib, ulardan biri:
1. Aqliy xatti – harakatlar, bilimlar, malaka va koʻnikmalarni bosqichma –
bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Ya. Galperin).
P.Ya.Galperin nazariyasi boʻyicha bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni olti
bosqichni boshidan kechirib, ularga:
1
. Motivasiya.
2
. Tushuntirish.
3
. Modiy formadagi xatti – harakatlarni bajarish.
4
. Baland ovozda xatti – harakatlar va vazifalarni bajarish.
5
. Bajariladigan xatti – harakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish.
6
. Faoliyatni fikran bajarishga kiradi.
Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turlari ajratiladi:
-
birinchi
turda – tatti – harakatlarni oʻzlashtirish xatolar bilan kechadi,
berilayotgan material yetarli darajada anglanilmaydi, ta’lim oluvchi ta’limning
asl mohiyatini tushunib yetmaydi;
-
ikkinchi
turda – materialni nisbatan dadil va toʻla tushunilishi va
material bilan bogʻliq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi;
-
uchinchi
tur – tez, samarador va bexato xatti – harakatlarni
oʻzlashtirilishini ta’minlab beradi.
V.V.Davidov
nazariyasi. Ushbu nazariya
kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni ilmiy
tushunchalarni
oʻzlashtirilishini
tashkil
qiladi. Bunda oʻquvchilar tomonidan ta’lim
jarayonida nazariy tushunchalar tizimini
oʻzlashtirilishi lozim boʻlib, bu oʻz oʻrnida
xususiydan
umumiy
bilimlarga
oʻtilishini ta’minlaydi.
Qator nazariyalar muammoli ta’lim bilan
bogʻliq
boʻlib,
L.V.Zankov
va
300
A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta’limda muammoli
darslarni tashkil etishga qaratilgandir.
Ta’limning psixologik asoslari muammosi koʻpgina masalalarni qamrab
oladi. Ta’limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bogʻliq boʻladi.
Avvalo, oʻquvchining oʻqishga boʻlgan munosabatiga toʻxtaylik. Bu munosabat
diqqatda, his – tuygʻularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning
tutgan yoʻlida namoyon boʻladi.
Ta’lim jarayoni avvalo oʻquvchilar diqqatini yoʻlga solishni talab etadi.
Darslarda koʻrgazmali qurollardan, axborot texnologiyalari vositalaridan
foydalanish ta’lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta’lim
jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga
keltirishdagina emas, balki oʻquvchilarning darsda oʻtiladigan materialini idrok
etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida oʻquvchilarning
diqqati oʻzgarib turadi. Oʻqitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va
oʻquvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni
takrorlash kerak.
Ta’lim jarayonining samaradorligi koʻp jihatdan oʻqituvchi tomonidan
beriladigan koʻrsatmalarga ham bogʻliq. Oʻqituvchining roli shundan iboratki, u
oʻquvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod
esda olib qolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan faqat tushunib
olish kifoya qilishini, nimani soʻzma – soʻz esda olib qolishni, nimaning ma’nosini
oʻz soʻzlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini koʻrsatib oʻtish
lozim. Kuzatishlar koʻrsatadiki, bunday
koʻrsatmalar berilmaganda, oʻquvchilarda
koʻpincha notoʻgʻri tasavvurlar vujudga
keladi.
Oʻqitishning
emotsionalligi
ta’limning
muvaffaqiyatliligini
ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim
berish jarayoni emotsional jarayon. Agar
oʻquvchilarga berilayotgan axborot ularda
hech qanday his – tuygʻu uygʻotmasa, uni
301
oʻquvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap oʻquvchilarning psixik
holatlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi
kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat oʻquv faoliyatini juda
samarali qiladi. Oʻquvchilar emotsional ruhdagi materialni durustroq
oʻzlashtirib oladilar.
Oʻtkazilgan tajribalar oʻquvchilar hech qanday his – tuygʻu
uygʻotmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni yaxshiroq
eslab qolishlarini koʻrsatadi. Oʻqituvchi oʻquv jarayonining emotsional tomoni
haqida gʻamxoʻrlik qilishi kerak. Bu muammo juda muhim ahamiyatga ega.
Chunki, ta’limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa gʻoyatda
kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli oʻzlashtirilishiga erishish uchun
oʻquvchilarning kuchaytirish lozim. Ijobiy tuygʻular oʻquv mehnatining
samaradorligiga kuchli ta’sir etadi. Hafsala bilan bajarilgan begʻaraz munozara
paydo boʻladi, bahslashiladi, befarq qaragan yoki undan ham salbiy
munosabatda boʻlgan ishga esa, hech qanday hafsala boʻlmaydi.
Jamiyatimizdagi mehnat – haqiqiy ijod, quvonch manbai. Maktab
oʻquvchilarida oʻquv mehnatiga ijobiy munosabat uygʻotib, mehnatning haqiqiy
ijodga, quvonch manbaiga aylanishiga koʻmaklashish kerak.
Qadimda greklar juda ajoyib iborani qoʻllaganlar: “Talaba – toʻldirilib
turilishi kerak boʻlgan idish emas, balki yoqib turilishi lozim boʻlgan
mash’aldir”. Bu fikrning tagida juda chuqur ma’no bor. Zero, oʻqituvchi biz
yuqorida ta’kidlab oʻtgan ta’lim metodlari: muammoli ta’lim, qisman izlanish
metodi va tadqiqot metodlaridan keng qoʻllanilishi kerak. Ta’lim jarayonini
bugungi kundagi asosiy talablaridan biri erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga
ega boʻlgan shaxsni shakllantirish boʻlib, yuqorida aytib oʻtilgan metodlardan
foydalanish uchqunlardan katta mash’allar paydo boʻlishini ta’minlab beradi.
Ta’lim jarayonida oʻquvchilarning bilishga qiziqishlari gʻoyat katta rol
oʻynaydi. Ma’lumki qiziqish oʻquvchilarning emotsional bezagi, biror buyumni,
biror faoliyatni tanlash munosabati va yoʻnalishidir.
Ma’lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi oʻquvchilarning ta’lim
jarayonida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |