Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
6.1.2. Oʻqish motivlari 
Motiv 
– inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi 
tushunchadir. 
Motivasiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning 
dinamik jarayoni boʻlib, unga tashabbus, yoʻnalganlik tashkilotchilik, qoʻllab – 
quvvatlash kiradi. Ta’lim jarayonida oʻqish motivlari “nima uchun?”, 
“nimaga?”, “qanday maqsad bilan?” kabi savollar asosida yuzaga keladi. 
Motivlar birinchidan, oʻquv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish 
uchun zarur yoʻl va usullar tanlashga yordam beradi. Oʻquv faoliyatida oʻquv 
motivlari oʻquvchilar tomonidan tanlanib, ular oʻquvchining maqsadi, qiziqishi, 
kelajak rejalari bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Yosh xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda oʻquv motivlari turli yosh davrlarida turlicha boʻladi. 
Oʻquv faoliyati motivasiyasining manbalari mavjud boʻlib, ularga 
quyidagilar kiradi: 


304 
Ichki manbalar. Ular insoniy tugʻma yoki orttirilgan extiyojlari bilan 
belgilanadi. Ulardan eng muhimi tugʻma axborotga boʻlgan extiyojdir. 
Orttirilgan extiyojlar esa gnostik va ijtimoiy ijobiy extiyojlar hisoblanadi. 
Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart – sharoitlari bilan 
belgilanadi.
Talabalar ularning birinchisi boʻlib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan 
doimiy xulq – atvorini bildiradi. Bogʻcha, maktab, oila boladan juda koʻp 
ishlarni amalga oshirishni talab qiladi. 
Ijtimoiy kutish har birimizdan ma’lum bilimlar, koʻnikmalar darajasini 
boʻlishi, zarurligini jamiyat kutishini bildiradi. Masalan, bir yoshli bola yurishi 
kerak, 7 yoshdan u oʻqishi kerak, 15 yoshdan u kasb tanlashi kerak deb 
hisoblaymiz. Imkoniyatlar – shaxs faoliyatini belgilovchi ob’yektiv shart – 
sharoitlardir. Masalan, boy kutubxona bolani koʻp kitobga oʻqishga undaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin