306
2.
Reproduktiv metodda oʻquvchi faoliyat koʻrsatib, unda oʻquvchiga
berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni nusxa sifatida qabul
qiladi.
3.
Muammoli ta’lim metodi – oʻqituvchi tomonidan tashkil etilib, u
produktiv xarakterga egadir. Ushbu metod orqali oʻquvchi
bilim va
malakalarini shakllantiradi. Ushbu metodni takomillashtirish yoʻllaridan biri,
ishchan oʻyinlarni tashkil etishdan iboratdir.
4
. Qisman izlanish metodi – oʻqituvchi nazorati ostida tashkil etiladigan
metod boʻlib, u produktiv xarakterga ega, bunda oʻquvchi ijod qiladi.
5.
Tadqiqot metodi – oʻqituvchi ilm yordamisiz tashkil etiladigan ta’lim
metodi boʻlib, u oʻquvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar
transformasiyasini talab etadi.
Ta’lim jarayoni tashkil etishning oʻziga xos
metodlaridan biri ishchan
oʻyinlardir. Ishchan oʻyinlar munosabatlar tizimini modellashtirish, faoliyat
xarakteristikasini tashkil etishga yordam beradi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim jarayoniga yangi pedagogik
texnologiyalarni kiritish ta’kidlanadi. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim
jarayoniga sistemali yondashuv boʻlib, unda ta’lim
jarayonini tashkil etishda
texnika va inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning oʻzaro munosabati
ta’limning optimal formalari yaratilishiga zamin boʻladi.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi tarkibiy qismlarga boʻlish mumkin:
-
Ta’lim – tarbiya ishtirokchilari shaxsiga qoʻyiladigan ijtimoiy talablar;
-
Hamkorlik faoliyati a’zolarining kasbiy tayyorgarligi;
-
Ta’lim jarayonining maqsadi, mazmuni, mohiyati,
amalga oshirish
vositalari;
-
Ta’lim jarayonini differensiyalashtirish;
-
Ijodiylik.
Oʻquvchini mustaqil ta’lim olishga oʻz – oʻzini rivojlantirishga tayyorlash
bugungi kun maktabining asosiy vazifasidir.
Ta’lim jarayonida oʻquvchining mustaqil ta’lim olishini faollashtirish
zarur. Mustaqil ta’lim masalaning qoʻyilishi, yechish, oʻz – oʻzini nazorat va
307
baholashning yoʻllarini oʻquvchi tomonidan tanlanishi va bajarilishi bilan
xarakterlanadi.
Oʻquvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish
uchun fikrlash
xususiyatlarini shakllantirish zarur. Fikrlash operasiyalari asosida dars jarayoni
faollashtiriladi. Bu oʻqituvchining: “Nima uchun?”, “Qanday maqsadda?”,
“Sabablari qanday?”, “Natija nima uchun shunday boʻldi?” – singari
savollarning muhokamasi orqali amalga oshirilishi mumkin. Oʻqituvchilarni
evristik, muammoli vaziyatlarga tortish, tanqid,
gumon holatlarini muhokama
qilish, ulardagi muammolarni mustaqil holda topish va ularni yechish uchun oʻz
loyihalarini tuzish va himoya qilish oʻquvchilar tafakkurining ma’nodor va
unumdor boʻlishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: