Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

6.2. TARBIYA PSIXOLOGIYASI 
6.2.1. Xulq-atvor va odatni shakllantirish shaxsni tarbiyalashning
asosiy yoʻnalishi sifatida 
Tarbiya psixologiyasi maqsadga muvofiq ravishda tashkil etilgan 
pedagogik jarayon sharoitida inson shaxsi shakllanishining qonuniyatlarini 
oʻrganadi. Tarbiya har qanday jamiyatning muhim vazifasidir. 
Tarbiya – bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga 
tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda 
ta’sir koʻrsatish jarayonidir. 
Prezidentimiz I.A.Karimov: “Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil 
fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi, oʻzining qadr – qimmatini 
anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega 
boʻlgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega boʻlamiz” deb ta’kidlaganlaridek, 
“Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bugungi 
kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tiborni qaratmoqda. 
Tasavvur qiling: ilmli, katta ixtirolarga qurbi etadigan, qonunlarni yaxshi 
oʻzlashtirgan mutaxassis – ma’naviyatsiz, tarbiyasiz, axloqsiz boʻlsa nima 
boʻlishi mumkin? U oʻz manfaatini koʻzlaydi. Vatan uchun biror narsa qurbon 
qila olmaydi, chunki u xudbin. Unda mehr-oqibat, fidoyilik, vatanparvarlik, 


309 
milliy gʻurur yoʻq. U muhtojlarga yordam bera olmaydi, chunki unda tarbiya 
shakllanmagan. 
Hulq atvor va odatni shakllantirish – ma’lumki, odam ongining yuksak 
belgilaridan biri, uning oʻzini anglashidir. Odamning oʻzini anglashi oʻz 
navbatida shaxsning mim belgisi hisoblanadi.odam oʻz tevarak – atrofidagi 
olamga ta’sir etuvchi sub’yektdir. Odamning idrok etadiga, tasavvur qiladigan 
narsalari uning uchun ob’yektdir. Ana shu nuqtai – nazardan olganda, odamning 
oʻzini anglashi sub’yektiv ravishda oʻzini “men” deb his qilishida ifodalanadi. 
Odam ijtimoiy zot boʻlganligidan unga oʻzligini anglash qobiliyati xosdir. 
Faqat ijtimoiy hayotda, oʻzga kishilar bilan qiladigan har turli munosabatlarda 
odamning oʻzini anglashi, oʻzini “men” deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy 
etadi.odam oʻzini alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, oʻzining oʻtmishi va 
kelajagini anglashi, oʻz huquq va burchini anglai va nihoyat oʻzining fazilat 
hamda kamchiliklarini anglashi, oʻzini anglashiga kiradi. 
Insonning tabiatini oʻzgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir 
qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqacha qilib aytganda, jaiyat ishlab 
chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish kuchlari 
hamda ishlab chiqarish munosabatlarining oʻsishi va oʻzgarishidir. Bundan tashqari 
yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil – inson orttirgan 
tajribalarning tarbiya vositasi orqali belgilarga berilishidir. Shunday qilib inson 
shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya boʻlib, u kishining individual hayoti 
davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin asta tarkib topadi. 
Ulardan birinchisi, odam tugʻilib oʻsadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri boʻlsa, 
ikkinchisi, odamga uzoq muddat davomida sistemali ravishda beriladigan ijtimoiy 
ta’lim – tarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yoʻl bilan 
beriladigan irsiy omillarning ta’siridir.
Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida 
tashqi, ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal etuvchi ahamiyatga egadir. Lekin, 
inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek, faqat shu 
ikkita faktorga emas, balki uchinchi bir faktorga ham bogʻliqdir. Bu faktor 
nasliy yoʻl bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Odamga 
nasliy yoʻl bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlar beriladi.


310 
Masalan: tanasining tuzilishi, sochi va koʻzlarining rangi, ovozi, gapirish 
uslublari, ayrim harakatlari tugʻma ravishda berilishi mumkin. Bunday 
imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya’ni roʻyobga chiqarishi uchun albatta, 
ma’lum sharoit boʻlishi kerak. 
Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqaan iste’dodli olimlar, 
muhandis-ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, 
iste’dodli artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yoʻl bilan berilgan 
barcha imkoniyatlarning roʻyobga chiqishi uchun har qanday sharoit maydonga 
kelganligini dalili boʻla oladi. 
Bolalar maktab yoshiga etgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni 
boshlanadi. Kichik maktab, oʻsmirlik va katta maktab yoshi davrlarida shaxs 
shakllanishining yuqori bosqichi namoyon boʻladi. 
Inson shaxsini oʻrganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika 
kabi fanlar shugʻullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq va gumanitar 
fanlarning umumiy tadqiqot ob’yektiga aylanib bormoqda. SHunga qaramasdan, 
bir tomondan, inon taraqqiyotining sintetik tavsifi boʻyicha integratsiya holati 
yirik tarzda tasavvur etish uchun, uni biosotsial va sotsiobiologik jihatdan 
oʻrganish maqsadga muvofiq. Ma’lumki, inson hayoti va faoliyatining 
operatsional (oʻquv, operatsiya, harakat, malaka) mexanizmi uning ontogenezida 
funksional mexanizmiga oʻsib boradi, binobarin, unda koillik belgisi 
shakllanadi, natijada u kamolot choʻqqisining muayyan darajasiga erishadi. 
Inson – jamiyat – taiat – turmush munosabatlarini tekshirgan rus olimlari 
S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, B.G.Ananev odamning ular bilan 
har xi turdagi va koʻrinishdagi kauzal, strukturaviy, funksional, fazoviy va 
makoniy aloqalar tizimi mavjudligini ta’kidlab oʻtganlar. 
Birinchidan, inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik mahsuli 
“Homo Sapiens” sifatida oʻrganiladi. 
Ikkinchidan, tarixiy jarayonning ham ob’yekti, ham sub’yekti tariqasida 
shaxs tadqiq etiladi. 


311 
Uchinchidan, 
individ 
muayyan koʻlamda oʻzgaruvchan, 
taraqqi yotning genetik dasturiga 
asoslanuvchi alohida xususiyatli 
jonzot 
tarzida 
ilmiy 
jihatdan 
tekshiriladi. 
Insonni 
jamiyat 
ishlab 
chiqarishining yetakchi tarkibi. 
Bilish, 
kommuniatsiya 
va 
boshqaruv 
sub’yekti, 
tarbiya 
predmeti sifatida tadqiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Inson va uning borliq 
bilan koʻp qirrali munosabatga hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda 
namoyon boʻlishi mumkin: 
-
Tabiatning biotik va abiotik omillari – inson; 
-
Jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti – inson; 
-
Inson – texnika; 
-
Inson – madaniyat; 
-
Inson va jamiyat – yer va fazo. 
21 asrda ham odam individ. Shaxs, sub’yekt, komil inson sifatida talqin 
qilinishida davom ettiriladi, lekin, har bir tushuncha mohiyatida sifat 
oʻzgarishlari yuz berishi mumkin. 
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual 
– tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davr sifatlari ontogenetik evolyusiya 
bosqichlarida izchil ravishda namoyon boʻladi va takomillashuv jarayonida oʻz 
ifodasini topadi, jinsiy dimorfizm xususiyati esa ularga mos tushadi. Individning 
individual – tipologik xususiyatiga konstitutsion (tana tuzilishi, bioximik 
individuallik) holatlar, simmetriya va assimmetriya juft retseptorlari, effektorlari 
funksiyasi kiradi. Bu xususiyatlar va xossalar birlamchi hisoblanib, hujayra va 
molekulyar tuzilishining barcha darajalarida ishtirok etadi. 
Yosh, jinsiy va individual tipologik xususiyatlar sensor, mnemik, verbal 
va mantiq psixofiziologik funksiyalari dinamikasi hamda organik extiyojlar 
tuzilishini aniqlaydi. Individning bu xususiyatlarini ikkilamchi deb atab, 


312 
ularning integratsiyasi temperamentida va tugʻma mayllarda ifodalanishini 
ta’kidlab oʻtish joiz. Yuqoridagi sifatlar rivojining muhim shakli ontogenetik 
evolyusiyadan iborat boʻlib, ular filiogenetik dasturga asoslanib xukm suradi. 
Yosh va individual oʻzgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy – tarixiy taraqqiyoti 
ta’siri ostida har xil koʻrinishda namoyon boʻladi. Individning dinamik 
xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy sifatlari ta’sir etib, uning individual 
oʻzgaruvchanligi omilini kuchaytiradi. Insonning shaxs sifatida tavsiflashning 
muhim lahzasi, uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi 
(iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, mafkuraviy, ya’ni uning jamiyatda egallagan oʻrni) 
orqali ifodalanadi. Status negizida doimiy oʻzaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning 
ijtimoiy funksiyasi muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yoʻnalganlik shaxsni 
faollashtiradi. Status, rol, qadriyatga yoʻnalganlik shaxs xususiyatlarining 
birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos boʻlib hizmat qiladi. 
Shaxsning ta’rifi xulq motivatsiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l – atvor tuzilishini 
belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi sifatlarining oʻzaro ta’sirini birlashtiruvchi 
yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga kelad. Insonning shaxs 
hislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl – uning jamiyatdagi hayot yoʻli va 
ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi. 
Individ, shaxs va sub’yekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga 
e’tibor qilish lozim: 
-
Inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart – sharotlar (ijtimoiy, 
iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari); 
-
Insonning oʻziga taalluqli, asosiy tavsiflar. Uning ichki qonuniyatlari, 
mexanizmlari, evolyusiya bosqichi, barqarorlashuvi va involyusiya; 
-
Inson yaxlit tuzilishning asosiy tarkiblari, ularning oʻzaro aloqalari, 
shaxsning tashqi ta’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning 
takomillashuvi kabilar. 
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning 
amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki, faoliyatda 
yashash muhiti tarixiy tajribani egallash, interiorizatsiya va eksteriorizatsiya 
amalga oshadi. 


313 
Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati protsessida 
hayotiy deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatning funksional sistemasi 
protsesslari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, koʻnikma va 
malakalarni, kishining ijtimoiy tajribalarini oʻzlashtiribgina qolmay, balki 
oʻzining idroki, tafakkuri, hayoli, hissiyotlari va irodasini bir soʻz bilan 
aytganda, voqelikka boʻlgan ongli munosabatini hamda oʻz harakatlari va xulq – 
atvorining motivlarini tarkib toptiradi. 
Shaxsning barcha xususiyatlari, munosabatlari va xatti - xarakatlari 
shaxsning hayoti faoliyatida ma’lum rolni bajaruvchi va har biri murakkab 
qurilmadan iborat boʻlgan hamda shartli ravishda toʻrtta oʻzaro mustahkam 
bogʻlangan funksional bosqichlarga birlashtiriladi: 
Birinchisi – boshqaruv tizimi; 
Ikkinchisi – stimullashtirish tizimi; 
Uchinchisi – stabilizatsiyalash tizimi; 
Toʻrtinchisi – indikatsiyalash tizimi. 
Shaxsning ana shu ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan barcha sifatlari 
ijtimoiy taraqqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi shaxsning xulq – 
atvori va xatti – harakatlarini belgilaydi. 
Birinchi tizimning hosil boʻlishida analizatorlar oʻrtasidagi doimiy tabiiy 
aloqani aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol oʻynaydi. Birq, bu 
analizatorlar oʻrtasidagi aloqa vaqtli aloqalar bilan organik jihatdan qoʻshilib 
keladilar. Bunda mazkur tizimning ichida perseptiv tizimiga oʻtib ketadigan 
yuksak darajaa integratsiyalangan ma’lum ichki sensor komlekslarni hosil 
qiladi. Bunday komplekslar qatoriga nutq, eshitish, koʻrish hamda sensomotor 
komplekslarni kiritish mumkin. Mana shu komplekslarning hammasi odamning 
hayot – faoliyati jarayonida oʻzaro bir – biri bilan doimiy aloqaga kirishib, 
sensor –persptiv uyushishning yagona funksional dinamik tizimini yaratdi. 
Insonning sensor-perseptiv jihatlari doimo takomillashib boradi.
Ikkinchi tizmi barqaror psixik holatlarni oʻz ichiga oladi. Bu holatlar 
bolaning aniq maqsadin koʻzlovchi va foydali faoliyatining ong sub’yekti 
sifatida bola boshlagan ilmlarining dastlabki yillaridanoq shakllana boshlaydi. 


314 
Temperament intellektual bilim va munosabat ana shunday xususiyatlar 
jumlasiga kiradi. 
Uchinchi tizim – shaxsni arbob sifatida stabilizatsiya tizimidir. 
Yoʻnaltirilganlik, qobiliyat. Mustaqillik va xarakter uning tarkibiy qismini 
tashkil etadi.
Yoʻnaltirilganlik – shaxsning integral va generalizatsiya qilingan 
xususiyatlardir. 
Yoʻnaltirilganlik, bilim munosabatlarni hamda shaxsning xulq – atvori 
hamda xatti – xarakatlarida ijtimoiy ahamiyat yetakchilik qilgan. Motivlarning 
bir butun ekanligida oʻz ifodasini topadi. Bu xususiyat odamning dunyoqarashi, 
qiziqishlari va ma’navyi ehtiyojlarida namoyon boʻladi. 
Yoʻnaltirilganlik strukturasida gʻoyaviy e’tiqod katta rol oʻynaydi. 
Gʻoyaviy e’tiqod – bilimning, oʻsha shaxsga xos boʻlgan intellektual, 
emotsional iroda sifatlarining sintezi gʻoyalari va xatti harakatlari bir 
butunligining negizidir. Tizim oʻz ichig ashunday xususiyatlar, munosabatlar va 
xatti – harakatlarni oladiki, ularda real shaxslarning ijtimoiy “oʻy – fikrlari va 
his – tuygʻulari” aks ettiriladi. Ular bu shaxslarning siyosiy jihatdan ongli, 
ijtimoiy taraqqiyotli, mas’ul arboblari sifatida xulq – atvorini belgilab beradi. 
Bunga gumanizm. Kolliktivizm, optimizm va mehnatsevarlik azilatlari kiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin