Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Bizningcha (E.Gʻ), muayyan jamoa a’zosi, jismoniy, jinsiy, ijtimoiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Bizningcha (E.Gʻ), muayyan jamoa a’zosi, jismoniy, jinsiy, ijtimoiy
kamolotga erishgan, biologik va ijtimoiy shartlangan hislatlar egasi, oʻz 
imkoniyatlarini roʻyobga chiqaruvchi, bilishga intiluvchi, faoliyat, xulq, 
muomala sub’yekti shaxs deyiladi. 
Quyida ayrim psixologlar talqiniga toʻxtalib oʻtamiz. 
A.G.Kovalyovning fikricha, shaxs bu ijtimoiy munosabatlarning ham 
ob’yekti, ham sub’yektidir. 
Yirik rus psixologi A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq
yondashib, unga shunday ta’rif beradi: shaxs – bu faoliyat sub’yektidir. 
K.K.Platonovning talqiniga binoan, jamiyatda oʻz rolini anglovchi, ishga 
layoqatli, yaroqli a’zosi, shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq 
ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs – bu tashqi ta’sirlar 
yoʻnalishini oʻzgartiruvchi ichki shart – sharoitlar majmuasidir. 
Psixologiya fanida bir – biriga yaqin, lekin aynan bir boʻlmagan 
tushunchalar qoʻllanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. 
Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik
tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq. 
1.
Odam. Sut emizuvchilar sinfiga daxldorlik, biologik jonzot ekanligi 
odamning oʻziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qoʻllarining mehnat 
faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut 
emizuvchilar tasnifiga kirishi uning oʻziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy 
jonzot sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish 
qobiliyatidan tashqari oʻz qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni 
oʻzgartirish imkoniyatiga ham egadir. 


319 
2.
Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda
rivojlanuvchi, til yordami bilan boshqa kishilar bilan muloqot (muomala)ga 
kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi 
hisoblanadi. 
3.
Individuallik. Har qaysi inson betakror oʻziga xos xususiyatlarga ega. 
SHaxsning oʻziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga 
keltiradi. Individual hislatlar shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy
sohalarida namoyon boʻladi. 
S.L.Rbubinshteyn nazariyasi boʻyicha shaxs quyidagi tuzilishga ega: 
1. Yoʻnalganlik – ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va 
xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarida ifodalanadi. 
2. Bilimlar – hayot va faoliyatda koʻnikmalar, malakalar jarayonida 
egallanadi. 
3. Individual – temperament, tipologik xususiyatlar, xarakter, qobiliyatlar 
aks etadi. 
K.K.Platonov ta’limotiga koʻra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega: 
1)
Yoʻnalganlik ong osti tuzilishi – shaxsning axloqiy qiyofasi va 
munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, 
koʻlam (hajm) darajalarini farqlash lozim. 
2)
Ijtimoiy tajriba ong osti tuzilishi – ta’lim vositasida, shaxsiy tajribada 
egallangan bilimlar, malakalar, koʻnikmalar va odatlarni qamrab oladi. 
3)
Psixologik aks ettirish shakllari ong osti tuzilishi – ijtimoiy turmush 
jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari. 
4)
Biologik shartlangan ong osti tuzilishi – miya morfologik va 
fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bogʻliq boʻlgan patologik 
oʻzgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik
xosiyatlarini birlashtiradi. 
A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega: 
1. Yoʻnalganlik – voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga 
oʻzaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli gʻoyaviy va amaliy ustanovkalar, 
qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yoʻnalganlik shaxsning barcha psixik 
faoliyatini belgilaydi. 


320 
2. Imkoniyatlar – faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini 
ta’minlovchi tizim. Oʻzaro ta’sir etuvchi va oʻzaro bogʻliq boʻlgan turlicha 
qobiliyatlar. 
3. Xarakter – ijtimoiy muhitda shaxsning xulq – atvor uslubini aniqlaydi. 
Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon boʻladi. Xarakter 
tizimidagi irodaviy va ma’naviy sifatlar. 
4. Malakalar tizimi – hayot va faoliyat, sifatlar xulq – atvorini tuzatish 
(korreksiyalash), oʻzini oʻzi boshqarishni ta’minlaydi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin