Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

balogʻat
deb nomlanib, 15-16 yoshdagi oʻgʻil-
qizlarni oʻzida jamlaydi. Bu bosqichda ushbu xususiyatlar koʻzga bevosita 
tashlanadi: 
-
jismoniy barkamollikning ifodalanishi; 
-
ruhiy jihatdan muayyan koʻrsatkichga erishganligi; 
-
ijtimoiy va ijtimoiy psixologik jihatdan muayyan etuklikka erishuv; 
-
xulq, faoliyat va muomala jarayonlarida individuallikning shakllanishi
-
e’tiqod, dunyoqarash va pozitsiyada barqarorlikning mavjudligi. 
Shaxs tarkib topishining ikkinchi bosqichi 
ixtisos egallash
deb atalib, 17-
18 va 21-23 yoshdagi barkamol yigitlar va bokira qizlardan tashkil topadi, 
kasbiy faoliyatni egallashning oʻziga xosligi bilan boshqa taraqqiyot pallalaridan 
ajralib turadi. Ushbu holatlar oʻziga xosligi bilan namoyon boʻladi: 
-
bilimlar, koʻnikmalar va malakalar egallashdagi individuallik; 
-
faoliyatning individual uslubining paydo boʻlishi; 
-
kasbiy motivatsiyaning ustuvorligi; 
-
ma’naviy ehtiyoj, barqaror qiziqish, qat’iyat yetakchiligi; 
-
mutaxassislikka murojaatning shaxsiy pozitsiyaga boʻysunganligi; 
-
kollej va oliy maktab muhitining oʻziga xosligining ular shaxsiyatida 
ifodalanish; 
-
amaliyotga va muhitga moslashishnig sifat jihatdan tafovutlanishi. 
Shaxs shakllanishining uchinchi bosqichi 
yoshlik davri
dan iborat boʻlib, 
ixtisosiy etuklikni oʻzida aks ettiradi. Koʻpincha barkamollik alomatlari 
quyidagilarda ifodalanadi: 
-
kasbiy, ixtisosiy individuallik, betakrorlik, oʻziga xoslik yuzaga kelishi; 
-
kasbiy, ixtisosiy mahorat darajasiga erishuv; 
-
oʻz sohasida tashabbuskorlik xususiyatini namoyish etish; 


327 
-
ijtimoiy baholash ekspertizasi – tekshirish mezonlariga batamom mos 
tushishlik. 
Shaxsning ma’lumot darajasiga qaramay, yuksak koʻrsatkichlarga
erishuvi uning kamolotidan darak beradi. Oʻz sohasida kasbiy, ixtisosiy 
mahoratini namoyish etish etuklikning yuksak darajasini bildiradi va 
jamoatchilik fikrida iliq iz qoldiradi. Tashabbuskorlik takliflari, ixtirolari 
sohadagi muvaffaqiyatni ifodalab berib, betakror shaxs ekanligini isbotlashga 
xizmat qiladi. Noyob kasb egasi, fenomenal qobiliyatli, iste’dodli etuk shaxs 
shakllanganligi ijtimoiy – tarixiy voqelik sifatida yuksak baholanadi. 
Inson kamolotining navbatdagi davri sub’yekt darajasiga oʻsib oʻtishi 
mumkin emas, lekin uning ayrim xususiyatlarini egallash imkoniyatiga egadir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin