328
yuritmaymiz. Aksincha, bu borada oʻzimizning shaxsiy qaqrashlarimizni bayon
qilamiz xolos. Bizningcha, hozirgi zamon nuqtai nazaridan mazkur muammoga
yondashsak, komil insonlikni toʻrt bosqichga ajratib talqin qilish maqsadga
muvofiq boʻladi.
1. Inson kamolotining bu bosqichiga kelib oʻzining sohasi boʻyicha piri
ixtisos darajasiga erishadi. Buning natijasida etuk inson hayot va faoliyatda
ijtimoiy – tarixiy psixologik namumna bosqichiga oʻsib oʻtadi, oʻzining
salohiyati bilan sohani taraqqiy ettirish manbaiga aylanadi.
Individuallik
namunasi milliy va insoniy ahamiyat kasb etadi, taraqqiyotni harakatlantiruvchi
mexanizm vaxifasini bajaradi. Bu bosqichdagi insonlarning asosiy xususiyatlari
quyidagilarda oʻz aksini topadi:
- yuksak aql – zakovatga egalik, intellektual faoliyatda mahsuldorlik;
- antipatsiya kundalik faoliyat mahsuliga aylanganlik , ya’ni amalga
oshirish rejalashtirilgan faoliyat natijasining oldindan modelini yaratish;
- xulq, faoliyat, muomala jarayolari oʻz imkoniyatini oqilona baholash va
oʻzgalar tomonidan xuddi shunday darajaga erishish;
- sohaga oid talant va salohiyatning amaliy ifodalanishini ta’minlash.
2. Ixtisoslararo bilimdonlik komil inson kamolotining navbatdagi yuksak
bosqichi boʻlib, hozirgi davrda bir necha sohalar boʻyicha mukammal
bilimlarga, qarashlarga egaligi bilan tavsiflanadi. Sohalarning kengayishi tufayli
bu darajaga erishish imkoniyati
tobora cheklanib bormoqda, chunki fan va
texnika jadal suratlar bilan oʻsishi, axborotlar salmogʻining soniya sayin ortishi
vaqt taqchilligini keltirib chiqarmoqda. Fazoviy va vizual munosabatlar
toʻgʻrisidagi miqdor hamda sifat oʻzgarishlari inson da’vosi bilan uning
imkoniyati oʻrtasidagi ziddiyatli holatlarni vujudga keltirmoqda.
Ixtisoslararo bilimdonlik oʻziga xos ikki xususiyati bilan boshqa kamolot
bosqichlaridan ajralib turadi:
-
uzluksiz ravishda kashfiyotlarni amalga oshirishga qobillik;
-
har bir ixtisos predmetiga oid qarashlarda mukammallikka,
sermahsullikka va dinamizmga erishish.
3. Komil insonning navbatdagi kamolot bosqichi aqliy donishmandlik deb
atalib, tabiatga va jamiyatga, biosfera va noosferaga
nisbatan super onglilik
329
koʻrsatkichiga erishish bilan tavsiflanadi. Aqliy donishmandlik axloqiy
madaniyat, yuksak his – tuygʻular, muomala maromi, tabiat va jamiyat
normalariga rioya qilishlik bilan uzviy uygʻunlikda hukm suradi. Axloqiy
etuklik siyosiy, xuquqiy, iqtisodiy ong koʻrinishlariga oqilona yondashishni
ta’minlaydi.
Aqliy donishmandlik axloqiy,
intellektual, estetik va praksik (mehnat
natijasidan lazzatlanish) yuksak his – tuygʻular manbasiga bevosita asoslansa,
toʻkislik, mukammallik namunasini aks ettiradi. Ma’naviy barkamollik
etuklikning tarkibiy qismlari bilan bir tekis qurollantiradi, xulq, faoliyat va
muomala regulyatori funksiyasini oʻtaydi.
4. Umumbashariy daholik jamiyat va taraqqiyot taqozosi bilan vujudga
keluvchi imkoniyat yoki zaruriyatning mahsulidir. Fan, texnika, siyosat, din,
davlat qurilishi sohasida keskin oʻzgarishni amalga oshiruvchi tarixiy shaxslar
kamolotining oxirgi bosqichiga erishishi mumkin.
Bunday darajaga erishganlar
oʻzlarining valeligi, bashoratchanligi bilan davrdan, zamondan ancha ilgarilab
ketish hollari bilan tavsiflanadi.
Komil insonlik toʻgʻrisidagi mulohazalar ideal sharoitni aks ettirishga
qaratilganligini ta’kidlab oʻtish joiz. Chunki reallikdan uzoqlashish unga
erishish imkoniyati mavjud emasligini bildirmaydi, aksincha, inson oʻzini – oʻzi
kashf qilish, oʻzini roʻyobga chiqarish, qulay shart –
sharoitlar yaratishorqali
yuksak darajaga erishsa boʻladi. Lekin, komil insonlikka qoʻyiladigan talablar
darajasiga nisbiy yondashish, mezonlarni ixchamlashtirish orqali komil insonni
shakllantirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: