Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Temperament inson psixik faoliyatining xususiyati boʻlib, fiziologik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Temperament inson psixik faoliyatining xususiyati boʻlib, fiziologik 
asosini, asab tizimining tiplari, oliy asab faoliyati qonuniyatlari tashkil etadi. 
Temperament toʻrtta asosiy tipga ajratiladi: sangvinik (xushchaqchaq), 
fligmatik (boʻshang, ogʻir), melanxolik (gʻamgin), xolerik (qiziqqon).
Temperament shaxsning bama’niligini; dunyoqarashi, nuqtai nazari, 
e’tiqodi, qiziqishlari va hokazolarni koʻrsatuvchi belgi emas.
Hozirgi davrda temperament tiplarining psixologik ta’rifi senzitivlik, 
reaktivlik, aktivlik, ta’sirlanish tezligi, labillik, dinamiklik, reaktivlik bilan 
aktivlik munosabatlarning muvozanati, harakatning ravonligi, rigidlik (qotib 
qolganlik), ekstrovertlik va introvertlik kabi xususiyatlariga asoslanib tuziladi. 
Psixologiya fanida temperamentning oʻttizdan ortiq (ba’zan qirqdan koʻproq) 
tipidan olingan. Amaliyotda esa asosan ekstrovert va introvert tiplari koʻproq 
qoʻllaniladi. Shaxsni kasbga yoʻllash jarayonida temperamentning psixologik 
ta’rifi berilishi shart. 
Sangvinik
– juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi, yolgʻon 
dalillarga jahli chiqadi. Ob’yektlar, ma’ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo – 
ishorani koʻp ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini anglash olish qiyin emas. 
Juda sezgir boʻlishiga qaramay kuchsiz ta’sir (qoʻzgʻatuvchilar)ni seza olmaydi, 
sergʻayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatda, 
intizomli, oʻzini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti – harakati joʻshqin, nutq 
sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql – idroki tiyrak, topqir, qiziqishlari, 
kayfiyati, intilishlari oʻzgaruvchan. Koʻnikma va malakalarni tez egallaydi. 
Koʻngli ochiq, dilkash, muloqotga (muomalaga) tez kirishadi. Hayoloti 
(fantaziyasi) yuksak darajada rivojlangan, tashqi ta’sirlarga hozirjavob va 
hokazo. 
Xolerik
– sust senzitivlik xususiyatiga ega. juda faol va reaktiv. 
Koʻpincha reaktivligi faolligidan ustun keladi. Betoqat, serzarda, tinimsiz. 
Sangvinikka qaraganda silliqroq, ammo qotib qolgan.


335 
Qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti – harakatida qat’iy lik mavjud. 
Biroq, diqqatini bir ob’yektga toʻplashga qiynaladi. Nutq sur’ati tez va hokazo. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin