Guruhda kuchlarning munosabati – bu guruhiy jarayonlarni hamda guruh
a’zolarining hulq-atvorini nazorat qilish imkoniyatlarining guruh ob’ektlari
o‘rtasida taqsimlanishidir. Liderlik tushunchasida, guruh dinamikasi va sh.k.
larda namoyon bo‘ladi.
Geniy – bu yangiliklarni yaratuvchi va kashf qiluvchi shaxs.
Davolash pedagogikasi – jismoniy jihatdan nogiron bolalarni bevosita
ijtimoiy faoliyatga tayyorlash asoslarini o‘rgatuvchi fan.
Diqqat - faoliyat (xatti-xarakat) va ruhiy aks ettirishni ta’minlaydigan,
belgilangan ob’ektga faoliyat yoki ongining jamlanish holatidir.
Didaktika - (grekcha «didaktikos» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘rnak, saboq
bo‘lishlilik kabi mazmunlarni anglatadi.)- pedagogikaning ta’lim jarayonida
tarbiyalash nazariyasini ishlab chiqadigan qismi hisoblanadi.
Dunyo obrazi - insonga dunyoda harakatlana olish uchun mo‘ljal bo‘lib
xizmat qiladigan olam to‘g‘risidagi, boshqa kishilar, o‘zi va o‘z faoliyati
to‘g‘risidagi bir butun, yaxlit ko‘p darajali tasavvurlari tizimidir. Bu sub’ektiv
kechinmalar tilida yaratilgan tashqi dunyoning ichki modelidir. Ta’kidlash
lozimki, bu olamni idrok qilish natijasida hosil bo‘lgan, ichki rejaga
noavtomatik tarzda ko‘chirilgan obrazlar emas, balki hayotiy faollikning har biri
keyingi momentidagi hodisalarni bashorat qila oladigan, chuqur anglanmagan
taxminlar asosida aktiv qurilgan tizimdir. O‘zini va tashqi olamni faol
o‘zlashtirish davomidagi tekshirish usullari bilan (sinov va xatolar) yaratiladi.
Diqqat – ongning muayyan ob’ektlar to‘plami, jarayonlarga (tashqi yoki
psixikaga bog‘liq) tanlangan holda yo‘naltirilishidir. Ba’zan nazorat va o‘z-
o‘zini nazoratni ham diqqatga kiritishadi.
Dunyoqarash – tartibga solingan, aqliy ongli tizimga aylantirilgan bilim,
taasvvurlar va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o‘z
shaxsiy qiyofasiga ega tarzda munosib o‘rin egallashga chorlaydi.
348
Dil - jon,qalb,yurak,ko‘ngil markaziy osiyo falsafiy tafakkurida ushbu
tushunchalar deyarli bir xil ma’noda ifodalanib borliqning nomoddiy asosida
hamda insonning tub mohiyatini ifodalash uchun xizmat qilib kelgan.