Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Boʻlgʻusi oʻqituvchining oʻquv faoliyatini boshqarish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
6.3.5. Boʻlgʻusi oʻqituvchining oʻquv faoliyatini boshqarish 
Oliy maktab psixologiyasida oʻz – oʻzini boshqarish “ oʻqituvchi – 
talaba” modeli tarzida namoyon boʻladi. Oʻqituvchi bu oʻrinda “axborotchi”,
talaba esa “qabul qiluvchi” rolida maydonga chiqadi. Keyinchalik talaba tashqi 
qabul qilishdan oʻz faoliyatini mustaqil boshqarishga oʻtadi. Unda boshqarish 
uquvi ma’lum tizimdagi usullarni egallagandan soʻng vujudga keladi.
Biz oʻz tadqiqotimizda oʻquv faoliyatining motivatsion,operatsional va 
nazorat tarkibiy qismlardan tuzilganligidan kelib chiqqan holda oʻquv 
faoliyatining motivatsion, operatsional va nzorat tarkibiy qismlardan 
tuzilganligidan kelib chiqqan holda oʻquv faoliyatini boshqarish tizimini ishlab 
chiqdik. Boshqarish tizimi oʻz ichiga shaxsiy qiziqishni idora qilish oʻquv 
faoliyati rejalashtirish, oʻz oʻzini nazorat qilish, oʻz diqqatini rejalashtirish, oʻz 
oʻzini nazorat qilish, oʻz diqqatini oʻzi uyushtirish kabilarni qamrab oladi.


343 
Shu boisdan oʻquv faoliyatini boshqarish deganda, maqsadga 
yoʻnaltirilgan, rejalashtiriladigan, nazorat qilinadigan, sistemalashtiriladigan, 
tashkil qilinadigan, mustaqil bilim olishga imkon yaratadigan faoliyat 
tushuniladi. Oʻquv faoliyatini rejalashtirish usullariga ish vaqtini, topshiriq 
hajmini, murakkabligini, oʻziga jalb etish darajasini va qiziqarliligini hisobga 
olgan holda oqilona taqsimlash, aqliy mehnatni kun tartibiga binoan oqilona 
taqsimlash, aqliy mehnatni kun tartibiga binoan oqilona tashkil qilish kiradi. 
Oʻz – oʻzini nazorat qilish boʻlgʻusi oʻqituvchida koʻnikma va 
malakalarning shakllanishida, unng oʻz uquv faoliyatidagi xatolarni anglab 
olishda, bu xatolarni oqilona yoʻl bilan tuzatish juda qoʻl keladi. 
Koʻp yillar davomida oʻtkazilgan tajribalarda diqqatni boshqarishda koʻz 
yugurtirish, illyustratsiyani chuqur tahlil qilish, mantiqiy xatoni tekstdan topish, 
mantiqiy urgʻuga e’tibor berish, tektdagi xatolarni aniqlash usullaridan 
foydalanildi. Mazkur usullarni egallab olish va amaliyotda foydalanish 
predmetlani oʻzlashtirishni osonlashtiradi, diqqatni ongli ravishda boshqarish 
imkonini yaratadi. Nafaqat, boʻlgʻusi oʻqituvchi yoqtiradigan, u qiziqadign 
oʻquv materiallarinigina emas, balki murakkab, hatto zerikarli boʻlgan ilmiy 
bilimlarni egallash uchun ham butun zehnini qaratish kerakligi unga 
oydinlashadi 
Boʻlgʻusi oʻqituvchining ta’lim jarayonida faqat qiziqarli boʻlgan 
mashgʻulotlar bilangina emas, balki yetarli darajada qiziq boʻlmagan, murakkab 
va muammoli narsalar bilan shugʻullanish zaruriyatini sezish hissini 
shakllantirish maqsadga muvofiq. Toki talabada qiyinchiliklarni enga olish 
uquvi, oʻz – oʻzini qoʻlga olish fazilati, oʻz – oʻziga buyruq berish va oʻz – 
oʻzini uyushtirish sifati tarkib topsin. 
Oʻquv faoliyatini boshqarish (uni rejalashtirish, nazorat qilish, diqqatni 
idora qilish, qiziqishni maqsadga muvofiq yoʻnaltirish, aqliy faoliyat usullarini 
yangi sharoitga koʻchirish) usullarini kompleks, koʻpqirrali tarzda ayni bir 
shaxsda, muayyan sharoitda, ma’lum bir davrda shakllantiish ob’yektiv 
ma’lumotlar va materiallar toʻplashga keng koʻlamda imkoniyatlar ochib beradi. 
Mazkur holatda oʻquv faoliyatining motivatsion – orientirlash, operatsional, 
nazorat qilish, baholash, tekshirish, tahlil qilish tarkibiy qismlarini bir davrning 


344 
oʻzida tadqiq qilish boshqarishning psixologik mexanizmlari doirasini yanada 
kengaytiradi, murakkab ichki holatlar toʻgʻrisida yangi qonuniyatlar ochilishini 
ta’minlaydi. 
Talabalarda oʻquv faoliyatini boshqarishning barqarorligi, mustahkamligi, 
puxtaligi boʻlgʻusi mutaxassislarning irodaviy zoʻr berishi, ma’naviy extiyoji, 
shaxsiy e’tiqodi, dunyoqarashi, pozitsiyasi, anglashilgan oʻquv motivlariga, 
ularning aqliy va axloqiy kamolot darajasiga bevosita aloqadordir. 
Boshqarishning oliy ta’lim tizimida amalga oshirilish va samaradorligi boʻlgʻusi 
oʻqituvchining maqsadiga, kun tartibiga, ish rejasiga, sanitariya – gigiena 
qoidalariga rioya qilishga bogʻliq. Shuning bilan birga boʻlgʻusi oʻqituvchida
individual ishlash uslubining namoyon boʻlishi talabning yosh davrlari 
xususiyati bilan emas, balki uning individual – tipologik xususiyatlari bilan 
belgilanishi qayd qilinadi. Oʻquv faoliyatini boshqarish muammosini tlabalarda 
tadqiqot qilish natijasida uning yoʻllari, hozirgi kundagi holati, oʻquv dasturida 
va darsliklarda undan foydalanishning ahvoli, diagnostik metodlarning 
ishonchlilik darajasi aniqlanadi. Shuning uchun psixologik ilmiy adabiyotlarni 
tahlil qilish, ijodiy faoliyat mahsulini miqdor va sifat jihatdan oʻrganish, 
talabalarni kuzatish, ular bilan suhbat qurish, anketa savollariga javob olish 
singari tadqiqot metodlari qoʻllanildi. Olingan natijalarning ilmiy ishonchlilik 
darajasi Styudent kriteriyasi yordamida ishlab chiqildi va bu narsalar keng 
koʻlamda tatbiq qilishga joriy qilindi. 


345 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin