342
Bizningcha, oliy ta’limda oʻquv faoliyatni talaba tomonidan boshqarish
jarayoni dastlabki paytlarda oʻqituvchining bevosita rahbarligida va koʻmagida
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Aks holda oliy ta’limning mazmuni,
oʻquv faoliyatning tarkibiy qismlari uning psixologik xususiyatlari va
qonuniyatlari uni tarkib toptirish yoʻllari, vositalarini oʻzlashtirish, egallab olish
usullari
talabalarga
anglashilmay
qolishi
mumkin.
Oliy
ta’limni
takomillashtirish uchun talabalarni mustaqil bilim olishga oʻrgatish va bunda
hozirgi zamon talabalariga javob beruvchi faol uslublar bilan qurollantirish ayni
muddaodir. Oʻquv faoliyatining boshqarishning psixologik masalalarini tadqiq
qilish natijasida uning bosqichlari, fazlari, yoʻllari hozirgi kundagi holati oʻquv
dasturlarida, darsliklarida va qoʻllanmalarda bunday foydalanish ahvoli
diagnostik metodikalarning ishonchlilik darasi aniqlandi. Shuning bilan birga
maktab oʻquvchilari va talabalarni oʻquv faoliyatini boshqarishning yosh
davrlari xususiyatlari oʻziga xos jihatlari, guruhiy faoliyat va ndividual uslubga
oid qonunlar boshqarishning taribiy qismlarining turlari, koʻrinishlari, shakllari
toʻgʻrisida boy ma’lumotlar toʻplandi. Yigʻilgan ma’lumotlar ham nazariy ham
amaliy ahamiyat kasb etib oliy maktabda oʻquv faoliyatini boshqarishda muhim
rol oʻynaydi.
Dostları ilə paylaş: