Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Hayolot (fantaziya)
ob’yektiv voqelikni inson ongidagi oʻziga xos 
in’ikosi, real yoki noreal hodisalar haqidagi oʻy, fikr, farazga asoslangan 
tasavvurlar majmuasidir. Bironta, xatto eng chalkash faraziy tasavvur ham shaxs 
aqlning faqat sub’yektiv mahsuli hisoblanmaydi, oqibat natijada bu tasavvurda 
ob’yektiv voqelik aks ettirilgan boʻladi. Shunga koʻra inson faoliyatining qanday 
turi uchun, shu jumladan olimning faraz yaratishi, voqelikni bashorat qilish, 
hodisalarning sabablarini taxmin etish uchun hayolot juda zarurdir. Oʻquvchi 
yoki talabaning faraziy tasavvuri yetarlicha rivojlanmagan boʻlsa, ta’lim
jarayonida koʻzlangan maqsadga erisha olmaydi. 
Yangilik yaratishga intilgan har qanday shaxsni ijodiy farazsiz tasavvur 
etib boʻlmaydi. Yangilik yaratish yoʻllari faraz qilish jarayonida vujudga keladi. 
Inson, orzu, ezgu niyat qilmasdan, hayol surmasdan, oʻylamasdan yashay 
olmaydi. Ijodiy izlanish shaxsning psixologik tavsifi uchun katta ahamiyatga 
ega. shaxsning hayol surish, faraz qilish, tasavvur etish qobiliyatiga qarab uning 
ma’naviy dunyosi toʻgʻrisida muayyan darajada aniq fikrga kelish mumkin. 
Inson faraziy obrazlar, timsollar, tasvirlar tufayli tobora sezgir, mehribon, 
xushmuomala, saxiy boʻladi. 
Shunday qilib, faol bilish jarayoni inson faoliyatining hamma turlarida bir 
tekis ishtirok etadi va aks ettirishning mukammal bilish imkoniyatini 
kafolatlaydi. Bilish jarayonining xususiyatlari, mexanizmlari va qonuniyatlariga 
tayanib ish tutgan shaxs kamroq xato qiladi. Bu omillar uning xatolariga 
nisbatan ongli munosabatda boʻlishiga, yoʻl qoʻygan kamchiliklarni oʻz vaqtida 
tuzatishga imkon yaratadi.
Shaxsning xulq – atvori, temperamenti, salohiyati va boshqa hislatlari 
kasb tanlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Temperament shaxsning rugʻiy 
xususiyatlaridan biri boʻlib, alohida olingan inson shaxsida ruhiy jarayon va 
faoliyatning vujudga kelishi, oʻtishi, kechishi va dinamikasini belgilab beradi. 
Lekin psixik faoliyat temperamentga emas, balki shaxsiy sabablarga va 
shaxsning ruhiy holatiga bogʻliqdir.


334 
Xuddi shu boisdan inson, temperamentidan qat’i nazar, mas’uliyat hissini 
sezsa, oʻz kasbida gʻayrat bilan ishlaydi, kasbini yoqtirmasa, aksincha, 
sustkashlik qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin