Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Flegmatik
– senzitivligi sust. His – tuygʻusi ham oʻzgaruvchan, shunga 
koʻra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. 
Koʻngilsiz hodisa, havf – xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda 
boʻladi. Vazmin, kamharakat. Imo – ishoralari, mimikasi koʻzga yaqqol 
tashlanadi. Lekin, sergʻayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va harakat 
sur’ati sust. Farosati qiyiqroq. Diqqatni toʻplashi sekin. Qotib qolgan (regid). 
Diqqatni koʻchirish qiyin. Intravertlashgan. Ichdan top. YAngilikni qabul qilish 
qiyin. Tashqi taassurotlariga sustlik bilan javob beradi. 
Melanxolik
– senzitivligi yuksak. Sezgi chegarasi keng emas. Arazchan, 
xafaqon. Jimgina yigʻlaydi, kam kuladi. Sustkash. Tortinchoq, gʻayratsiz. 
Qat’iyligi va mustaqilligi kam. Tez toliqadi. Ortiqcha ishchan emas. Diqqati 
beqaror. His – tuygʻusi sust oʻzgaradi. Qotib qolgan. Intravertlashgan. 
Temperament tiplari xususiyatlarini faoliyat talablariga moslashtirish 
mumkin, buning uchun: 
1.
 
Kasb – hunarning talabalar temperamentiga mos keladigan turini 
tanlash kerak. Shaxsning psixik xususiyatlariga mos tushadigan kasbni tanlash, 
kasbiy saralash deb yuritiladi
2.
 
Talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish looʻim; 
3.
 
Temperamentga xos kamchiliklarini (illatlarini) bartaraf etish kerak. 
Demak, shaxsni qaytadan shakllantirish yoʻli bilan temperamentni faoliyat 
talablariga qisman moslash mumkin; 
4.
 
Individual uslubni shakllantirish zarur. Talabaning faoliyatga ongli, 
faol va ijodiy munosabatda boʻlishi buning uchun eng zarur shartdir. 
Shaxsning xulq – atvor xususiyatlari uni faoliyatiga undovchi asosiy omil 
hisoblanadi. 
Psixologiya fani shaxsning fe’l – atvori xususiyatlarini toʻrt guruhga 
ajratib oʻrganadi: 
1.
 
Jamoa va alohida shaxsga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi 
fazilatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, faxrlanish va boshqalar; 


336 
2.
 
Mehnatga 
nisbatan 
munosabatni 
bildiruvchi 
xususiyatlari: 
mehnatsevarlik, yalqovlik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik va hokazo; 
3.
 
Narsalarga nisbatan munosabatni anglatuvchi sifatlar: ozodalik, 
sarishtalik, avaylash va shu kabilar; 
4.
Oʻz – oʻziga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: izzat 
nafslilik, kerilishlik, dimogʻdorlik, kamtarinlik va hokazo

Xulq atvor xususiyatlarning shakllanishida oʻqish va mehnat faoliyati 
yetakchi rol oʻynaydi, chunki oʻqish va mehnat jarayonida qoʻllaniladigan 
individual usullar xulq – atvorga ta’sir etib, uning ayrim xususiyatlarini keltirib 
chiqaradi. Koʻpgina xususiyatlar oʻzgaga taqlid qilish natijasida ham paydo 
boʻladi. Xulq atvorga janjalli (nizoli) vaziyatlar ham ta’sir koʻrsatadi. Inson 
umrining oxirigacha oʻz xatti – harakatlarini boshqarib, xulq atvorini oʻzi 
baqarorlashtirgan boʻlsa, kasb – hunar tanlashga shunchalik oqilona va 
qat’iyatlilik bilan yondashiladi. 
Talabalar va oʻquvchilar qobiliyati, layoqati ta’lim jarayonida va mehnat 
faoliyatida tobora rivojlanadi. Qobiliyat taraqqiyotining yuksak bosqichiga 
talant, iste’dod deyiladi. Iste’dod murakkab ishni (faoliyat) muvaffaqiyatli, 
mustaqil va mohirona bajarishga (amalga oshirishga) imkon beradigan 
qobiliyatlar tizimidir (biologik shartlangan hislatlardan bittasidir). 
Oʻspirinlarning qanchalik iste’dodli ekanligini aniqlash uchun ushbu 
xususiyatlarga e’tibor berish lozim: 
1.
 
Shaxsning ziyrakligi, jiddiy sinovga shayligi, tayyorligi; 
2.
 
Shaxsning mehnatga moyilligi, unga extiyoj sezishi; 
3.
 
Mantiqiy 
fikr 
yuritish 
tezligi, 
izchanligi, 
samaradorligi, 
tashabbuskorligi va boshqalar. 
Shaxsiy xususiyatlar va qobiliyatlar tugʻma boʻlmaydi (tabiiy alomatlari
moyilligi mavjuddir), balki ijtimoiy, shaxsiy hayot va faoliyat jarayonida 
muayyan omillar, manbalar ta’siri ostida tarkib topadi. Lekin layoqatlilik 
qobiliyatining tabiiy zamini ekanligi shubhasizdir. U qobiliyat taraqqiyotining 
dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon boʻladi. Unda miya tuzilishi, sezgi 
a’zolari va harakatlarining morfologik hamda funksional xususiyatlari layoqatga 
nisbatan beriladi. 


337 
Yoshlarni kasbga yoʻllashda ularni his – tuygʻulari va irodalarini hisobga 
olishning ham ahamiyati qiymatli, chunki talabalarning (oʻquvchilarning) his – 
tuygʻusi, kayfiyati, stress va ob’yektiv holatlari oʻrganilmasa va e’tiborga 
olinmasa, koʻzlangan, “Karlar tayyorlashning milliy dasturi”dagi ulugʻvor 
maqsadga erishib boʻlmaydi. Buning uchun iste’dodli yoshlarni tanlash, ularni 
individual oʻqitish, zarur shart – sharoitlar yaratish, reyting va modul tizimlari 
asosida ularga saboq berish ta’limning davlat standartlari talabiga javob 
beradigan, komil insonlikka intiluvchi shaxslarni kamol toptirish kafolatidir. 
Shunday qilib, kasbga yoʻllash jarayonida shaxsning individual – 
tipologik xususiyatlari va his – tuygʻularini, layoqat, iste’dodni hisobga olish, 
shuningdek, yoshlarni fan asoslari va psixologik bilimlar bilan qurollantirish 
ularning kasb – hunar, ixtisoslik, mutaxassislik oldiga qoʻyiladigan psixografik, 
professiogrammali talablarga moslashishga imkon beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin