Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Ijtimoiy norma –
shaxs xaytida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‘z 
a’zolarixulq – atvoriga nasbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof 
etilgan xarakatlar talabi. 
Ijtimoiy sanksiya – 
normalarning shaxs xulqida nomoyon bo‘lishni nazorat 
qiluvchi jazo va rag‘batlantirish mexanizmi. 
Iste’dod nishonalari 
– qobiliyatni o‘stirishning tabiiy zaminlari (ularning 
biologik asosi). Ular tug‘ma yoki egallangan bo‘lishi mumkin. Ularni ro‘yobga 
chiqmagan qobiliyatlardan ham farqlash lozim. Farq shundaki, iste’dod 
nishonalari inson xususiyatlari va fazilatlaridagi shunday biologik jihatlarki, ular 
keyinchalik u yoki bu qobiliyatga uning komponenti bo‘lib qo‘shiladi. Bir xil 
biologik jihat bir qancha qobiliyatlar tarkibiga kirishi mumkin va shunday 
tarkibda iste’dod nishonalari rolini bajara oladi. 
Individuallik 
- insonning individ, faoliyat sub’ekti va shaxs sifatidagi 
betakror xususiyatlari tizimidir. Individuallikning mavjud bo‘lishi insonning 
ta’lim, tarbiya, u bilan faol munosabatidagi individual yondashuvining asosi 
hisoblanadi. «Har bir kishigacha etib borish» - bunday yondashuvning idealidir. 
Individuallikni inkor etish (nodonlik, ishonch yoki kam anglangan harakat 
tufayli, masalan, texnik yoki umumilmiy g‘oyalarning oddiy formulalariga 
sig‘inish oqbatid zaruriy tarzda bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi 
(shaxslararo va shaxslar ichidagi keskinlik, ixtirolar, ruhiy jarohatlar, nizolar 
ishtirok etganlarning asabiy holatlari va ta’lim, tarbiya, mehnatdagi past 
samaradorlik natijalari sifatid. 
Intellekt, aql
– inson hayoti davomida bilish faolligiga tegishli bo‘lgan 
barqaror o‘ziga xos va rivojlanib boruvchi xususiyatlar va sifatlar tizimi, uning 
ichki va tashqi hayotiy holatlar, jumladan, ijtimoiy muhitda ham oqilona mo‘ljal 
ola bilishdir. Odatda sub’ektning faoliyat sohasiga bog‘liq holda sotsial intellekt, 
texnik intellekt, gumanitar intellekt, verbal, ya’ni og‘zaki, noverbal intellektlarni 
farqlashadi. 


350 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin