PEDAGOGIK MAHORAR FANIDAN Mustaqil ta’limi BOSHLANG'ICH TA'LIM YO'NALISHI TAALABALARINING EKOPEDAGOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA STEAM YONDASHUVINING IMKONIYATLARI
KIRISH Biz bo‘lajak pedagoglar o‘tgan yillarimizga nazar tashlab, ularni sarhisob qilsak, mustaqilligimiz sharofatini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz ta’limda butunlay yangilanish, yangi jarayonga tom ma’noda o‘tish va unga moslashish davrini boshimizdan kechirmoqdamiz. Yangilangan ta’limda o‘quvchining yuragidagi cho‘g‘ni alanga oldirish, uni har tomonlama rivojlantirib, bilimdan bilimga yetaklab olib chiqish uchun zamonaviy darslar zarurdir. Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyasi, o‘qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda yangi pedagogik texnologiya-ʼ, ilg‘or pedagogik texnologiyaʼ, zamonaviy ta’lim texnologiyasiʼʼga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushurilmagan.Pedagogik texnologiya- shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilanadi,o‘quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik,bilimga chanqoqlik,Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tizimi shakllanadi.Shunday ekan biz Boshlang‘ich ta’lim 21/5- guruh talabalari Ekopedagogik kompetentligini rivojlantirishda Eko-STEAM yondashuvning imkoniyatlari texnologiyasini yoritib berishga harakat qildik. Biz bo‘lajak pedagoglarning maqsadimiz yani katta avlod tomonidan o‘z bilim va tajribalarini o‘sib kelayotgan avlodga o‘rgatishdan iborat.Biz bu faoliyatni amalga oshirishimiz uchun uni tashkil qilib,olib borib, takomillashtirib, xulosa chiqarib,boshqarib,nazorat qilib va baholab borishimiz kerak bo‘ladi. Biz bu ishlarimiz orqali boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda kreativ fikrlashga va ulardagi ijodiy qobiliyatlarini ochishga harakat qilamiz.