Mavzu: 1991 2017-yillarda amerika qo‘shma shtatlari. «Xalqaro statistika» fanidan mustaqil ish



Yüklə 184,06 Kb.
tarix24.11.2022
ölçüsü184,06 Kb.
#70274
AQSH


Mavzu: 1991 – 2017-YILLARDA AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI .
« Xalqaro statistika» fanidan mustaqil ish.
MST-83 guruh talabasi Xalmuxamedova Nigora Baxodir qizi.
Mavzu:1991 – 2017-YILLARDA AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI
Reja:
1.Iqtisodiy rivojlanishi.
2.Siyosiy rivojlanishi.
3.Tashqi siyosati.
Tayanch iboralar
• Iqtisodiy konyunktura – bu pulning harakati, foiz stavkalari, valuta kursi, ish haqi, shuningdek, ishlab chiqarish va iste’molning dinamikasi bilan xarakterlanuvchi iqtisodiyotning holati, uning faollik darajasini bildiradi.
• Makrotexnologiya – bu belgilangan parametrlarga ko‘ra, ma’lum mahsulot turini yaratish bo‘yicha barcha texnologik jarayonlar (ilmiy-texnik izlanishlar, konstruktorlik ishlari, ishlab chiqarishni tayyorlash, ishlab chiqarish, sotish va loyihani servis qo‘llabquvvatlash) majmuyi.
• Pozitsiya – holat, ma’lum voqea yoki hodisaga nisbatan munosabat.
• Retsessiya – bu iqtisodiyotda ishlab chiqarishning nisbatan mo‘tadil, unchalik xavfli bo‘lmagan pasayishini yoki iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashuvini anglatadi.
Iqtisodiy rivojlanish
• 1990-yillar boshida AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya kuzatildi. O‘sish sur’atlarining pasaydi.
• 1992-yil bahoridan yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari yana jadallasha boshladi
Iqtisodiy rivojlanish
• 1993 — 2000 yillar Bill Klinton prezidentligining dastlabki uch yili AQSHning iqtisodiy rivojlanishi uchun muvaffaqiyatli kechdi. Iqtisodiy konyunktura yaxshilanib, ishsizlik darajasi va inflatsiya pasaydi.
• B.Klinton prezidentligining ikkinchi muddatida uning ma’muriyati ijtimoiy sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Federal xarajatlarning asosiy qismi inson resurslarini rivojlantirishga sarflandi. AQSHni ijtimoiy davlatga aylantirish boshlandi. Bu siyosat B.Klintonning «yangi iqtisodiy falsafasi» nomini oldi.
Iqtisodiy rivojlanish
• Dunyo bo‘yicha yangi texnologiyalarni yaratishga sarflanayotgan barcha xarajatlarning 1/3 qismi AQSH ulushiga to‘g‘ri keladi.
• Dunyo ishlab chiqarishida yetakchi pozitsiyani ta’minlab turgan makrotexnologiyalarning ham yarmi AQSHga tegishli edi. Jahonning iqtisodiy yetakchisi bo‘lgan AQSH davr muammolarini muvaffaqiyatli hal qilib, XXI asrga yangi iqtisodiyot bilan kirib keldi.
Iqtisodiy rivojlanish
• 2007 – 2008-yillari AQSHning moliya sektorida boshlangan inqiroz 2009-yilga kelib dunyo miqyosidagi global retsessiyaga aylanib ketdi.
• 2009-yili jahonda ishlab chiqarilgan YaIM Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta salbiy ko‘rsatkichga tushib ketdi.
Iqtisodiy rivojlanish
• Ishsizlikning misli ko‘rilmagan darajada oshishi mehnat bozorini kuzatishning butun tarixi davomida eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.
• 2009-yili dunyoda ishsizlar soni 200 mln.ga etdi.
• AQSH iqtisodiyoti 2014-yilga kelib ham to‘liq tiklanmadi.
Siyosiy rivojlanish.
• 1980-yillar – 1990-yillarning boshlari neokonservatizm g‘oyasining tantanasi davri bo‘ldi. Bu yillari AQSH ichki taraqqiyotda ham, xalqaro maydonda ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi.
• 1992-yilgi prezidentlik saylovlarida respublikachi J.Bush kutilmaganda yosh demokrat B.Klintonga yutqazib qo‘ydi. Biroq, demokratlar ham o‘z g‘alabasini mustahkamlay olmadi.
• 1994-yilgi oraliq saylovlarda demokratlar qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Ikkala palatada ham ko‘pchilik o‘rinlarni, ko‘plab shtat larda gubernatorlik lavozimlarini ham
respublikachilar egalladi.
• Respublikachilar partiyasining obro‘yi va ta’sirini tiklash uchun qulay sharoit paydo bo‘ldi. Ammo demokratlarning ichki va tashqi siyos atdagi muvaffaqiyatlari 1996-yilgi saylovlarda ikkinchi marta B.Klintonning g‘alabasini.
Siyosiy rivojlanish.
• 2000-yilgi saylovlarda yana respublikachilar vakili kichik Jorj Bush prezident etib saylandi. Uning ikkinchi muddat prezidentlik davrida AQSH iqtisodiy inqirozni boshdan kechirdi. Natijada 2008-yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda demokratik partiyadan yagona nomzod Barak Obama AQSH prezidenti etib saylandi. B. Obama prezidentligining ikkinchi muddatida Iroq va Suriyadagi vaziyatning og‘irlashuvi, Yevropa mamlakatlari va AQSHning o‘zida ham terroristik xavfning kuchayishi kabi bir qator muammolar prezident va uning ma’muriyati obro‘yini tushirib yubordi.
Siyosiy rivojlanish.
• 2016-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida demokratlar partiyasidan nomzod Xillari Klinton yutqazib qo‘ydi.
• AQSHning navbatdagi prezidenti etib respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp saylandi.
Tashqi siyosat
• 1990-yillari AQSH tashqi siyosatining asosiy tamoyillari o‘z ahamiyatini saqlab qoldi.
• Sanoat, savdo, moliyaviy, ilmiy-texnik, madaniy va boshqa vositalar ham jahon siyosatida juda katta ahamiyat kasb etadi.
Tashqi siyosat
• B. Obama prezidentligining birinchi davrida dunyoda zo‘ravonlikka, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, AQSHning dunyodagi yetakchilik pozitsiyasini tiklash hukumat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilindi. 2009-yili dunyoni yadro qurolidan xalos qilish, xalqlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida qilgan harakatlari uchun B. Obamaga Nobel tinchlik mukofoti berildi.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!


Yüklə 184,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin