Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997 yil) ta’lim muammolari oldiga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997 yil) ta’lim muammolari oldiga 
mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish muammosini qoʻygandir. 
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidla ganlaridek: 
- Oʻqituvchining bosh vazifasi oʻquvchilarda mustaqil fikr yuritish 
koʻnikmalarini hosil qilishdan iboratligini koʻpincha yaxshi tushunamiz, 
lekin afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz. 
Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan 
etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni oʻrganmasa, berilgan ta’lim 
samarasi past boʻlishi muqarrar. Albatta, bilim kerak, ammo bilim oʻz yoʻliga. 
Mustaqil fikrlash ham katta boylik. Hozirgi zamon oʻquv muassasalarining 
vazifasi yosh avlodni mustaqil fikrlashga oʻrgatishdir. Albatta, fikrlashda ham 
individual farqlar mavjud. Fikrlashni bilish – bu insonning aqlidir. 
Aqlning quyidagi sifatlarini ajratish mumkin: 
Mazmundorlik (boyligi, chuqurligi, hukmga boyligi). 
Fikrlashning kengligi (keng va tor) va chuqurligi, nazariya va 
amaliyotning uzviyligiga bogʻliqdir. Amaliyot, hukmning toʻgʻriligi mezonidir. 
Fikrlashning mustaqilligi – umumiy tajribani qoʻllay olish, shaxsiy fikrga 
ega boʻlish, tajribaga munosabat bildirish. 
Aqlning tashabbuskorligi. 
Aqlning egiluvchanligi, vazifani standart yechishdan qochish. 
Aqlning tanqidiyligi, oʻz ishini aniq baholay olish, uni oʻlchash. 


308 
Aqlning mahsuldorligi. 
Fikrning ketma – ketligi. 
Tafakkurning tezligi. 
Aql haqida ayrim olimlar va arboblarning fikrlari keltirilgan. 
“Ulugʻ aql egalari oʻz oldilariga maqsad qoʻyadilar, qolgan odamlar oʻz 
istaklari ortidan ergashadilar” (Vashington Irving). 
“Aql – bu yaxshi tashkil etilgan bilimlar tizimidir” (K.D.Ushinskiy). 
Yuqorida aytib oʻtilgan barcha sifatlar yosh oʻzgargan sari oʻzgarib 
boradi. Ijodiy ishda fikrlashning mustaqilligi va tanqidiyligi zarur boʻlib, u aqliy 
faoliyatning produktivligini ta’minlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin