Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Birinchisi, bevosita qiziqish,  ikkinchisi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Birinchisi,
bevosita qiziqish
ikkinchisi
bilvosita 
qiziqish. Har bir oʻqituvchi oʻz oʻquvchilarida oʻz faniga nisbatan bilvosita 


302 
qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. Qiziqishlar orqali oʻquvchilarda 
ta’limga faol munosabat namoyon boʻladi. Psixologiyada qiziqish – bu 
shaxsning oʻzi uchun qimmatli yoki yoqimli boʻlgan muayyan narsa yoki 
hodisalarga munosabatidir. Qiziqishlar shaxsning muhim va individual 
xususiyatlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Qiziqishlar oʻquvchi hayotida katta rol 
oʻynaydi. Ular oʻquv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar – motivlardir. 
Qiziqishlar maktab oʻquvchisiga fan asoslarini durustroq oʻzlashtirib 
olishlariga, aqliy qobiliyatlarning oʻsishiga,bilim doirasining kengayishiga 
imkon beradi. Oʻqituvchilarning vazifasi oʻquvchini dastlab qiziqtirib qolgan 
ishning oʻzi bilan shugʻullanishga majbur qilish emas, balki undagi 
qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ta’sirchan qilish, qiziqishlarining 
markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan shugʻullanish istagiga, mayliga 
aylantirishdir. 
Oʻquvchilarning muayyan maqsadni koʻzlab ish tutishida, qiyinchiliklarni
yenga olishida, ishdan chalgʻitadigan narsalar bilan shugʻullanishdan oʻzini tiya 
olishida, unda oʻqishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon boʻladigan iroda, 
ta’lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. 
Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, iroda bu shaxsning oʻz oldiga 
qoʻygan maqsadini aniqligi, uni amalga oshirish uchun intilishi, maqsad yoʻlida 
ma’lum bir qarorga kelish tezligi va uni oʻz vaqtida ijro etishi bilan 
belgilanadigan sifatidir. Ta’lim jarayonida oʻquv materialiga boʻlgan 
diqqatning barqaror boʻlishida irodaviy zoʻr berishning ahamiyati nihoyatda 
kattadir. Ta’limda iroda oʻquvchida maktab va uyda oʻtkaziladigan 
mashgʻulotlarga tayyor turishda namoyon boʻladi. Oʻquv materialini oʻrganish, 
eslab qolish va oʻquvchining irodaviy zoʻr berishiga bogʻliq. Iroda 
oʻquvchilarning fikrlash faoliyatlarida – masalani yechishga, qoʻyilgan savolga 
javob topishga va intilishida namoyon boʻladi. Ular oʻquvchilarda koʻnikma va 
malakalarni hosil qilishda ham tarkib topadi. 
Psixologlar olib borgan tadqiqotlarda oʻquvchilar tomonidan berilgan 
materialning oʻzlashtirilishi koʻp jihatdan irodaning tarbiyalanishiga bogʻliqdir. 
Irodaviy aktivlik ta’limning zarur shartidir. Ta’lim muassasijdagi ta’lim 
jarayonining oʻzi oʻquvchilardan irodaviy oʻstirish omillaridan biridir. Bunda 


303 
oʻquvchilarning kundalik rejimi, oʻqish va oqilona dam olishni bir – biri bilan 
toʻgʻri almashtirib turishda katta rol oʻynadi. 
Ta’lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishda alohida e’tibor 
berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda murakkab faoliyat boʻlib, unda jonli 
mushohadadan mavhum tafakkurga, mavhum tafakkurdan esa amaliyotga 
oʻtiladi, ana shundan soʻng ob’yektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, biz 
birinchi navbatda koʻrib chiqshimiz lozim boʻlgan narsa oʻquv materialini idrok 
qilish jarayonidir. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, idrok bu narsa va 
hodisalarni sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida
yaxlit obrazini paydo boʻlishi boʻlib, idrok etish jarayoni ta’limda turli 
formalarda oʻqituvchining ogʻzaki hikoya qilishida, suhbat oʻtkazishda, ma’ruza 
oʻqishida, kinodars, televizion parcha, sxemalar va koʻrgazmali qurollar
koʻrsatish, ekskursiyalar oʻtkazish, oʻquvchining oʻziga darsliklar hamda 
boshqa qoʻllanmalarni oʻqitish tarzida oʻtishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash 
lozimki, idrokni tarkib toptirishda oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga 
olish nihoyatda muhimdir. Chunki, fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda 
ham yosh xususiyatlarda turli farqlar mavjud boʻladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin