297
VI BOB. KASB VA SHAXS PSIXOLOGIYASI. TA’LIM
6.1. PSIXOLOGIYASI
6.1.1. Oʻquv faoliyatining psixologik mohiyati
Oʻquv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda
shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va
rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar
yuzaga keladi. Oʻquv faoliyati insonning butun
hayoti davomida namoyon boʻluvchi uzluksiz
jarayondir.
Rus psixologi
A.N. Leontev
inson faoliyatining
psixik va amaliy shakllari mavjudligini, bola
ongi aynan oʻquv faoliyatida oʻsishini ta’kidlaydi.
Oʻquv faoliyati bu shunday faoliyatki,
uning natijasida avvalo oʻquvchida oʻzgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli
motivlar asosida qurilgan boʻlishi darkor. Bu motivlar bevosita oʻquvchi
shaxsining oʻsishi va rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlishi kerak. Oʻquv faoliyatida
ta’lim, oʻqish va oʻrganish degan tushunchalar bilan bevosita bogʻliqdir. Ta’lim
oʻqituvchi va oʻquvchi hamkorligidagi oʻquv faoliyati, oʻqituvchining bilim,
koʻnikma va malakalarini oʻquvchilarga oʻrgatish jarayonidir.
Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulq –
atvorning shakllarini oʻzlashtirishga qaratilgandir. Oʻqish va oʻrgatish
tushunchalari oʻquv faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, ular bilim, koʻnikma va
malakalarni oʻzlashtirishga, oʻrgatishga xizmat qiladi. Ta’lim
jarayoni
bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulq – atvorning shakllarini
oʻzlashtirishga qaratilgandir. Oʻqish va oʻrgatish tushunchalari oʻquv faoliyati
bilan bogʻliq boʻlib, ular bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirishga,
oʻrgatishga xizmat qiladi.
Oʻquv faoliyatining besh elementi mavjud:
Dostları ilə paylaş: