5.2.2. Talabalarning tafakkurining xususiyatlari
Talabalik yillarida yoshlar biologik jihatdan barkamollik, ijtimoiy nuqtai
nazardan yetuklik, jismoniy baquvvatlik bosqichiga koʻtariladi. Ammo ilk
oʻspirinlik (16 – 17 yoshli) ning ayrim bolalarga xos hulq – atvorning tashqi
ifodalari, romantikasi ma’lum davrgacha oʻz ta’sirini oʻtkazib turadi. Oliy
maktabdagi dastlabki sinov (birinchi sessiya) davridayoq talaba turmush faqat
romantikadan iborat emasligiga, balki izlanish, irodaviy zoʻr berish, aqliy
mehnat zahmati orqali ezgu niyatga yetishish mumkinligiga iqror boʻladi.
Favquloddagi taasurotlardan, ijtimoiy sinovdan keyin oʻqishga, turmushga,
insonlarga nisbatan munosabati jiddiy ravishda oʻzgaradi, narsa va hodisalarga,
ijtimoiy holatlarga voyaga yetgan katta kishilardek muomala qilish, voqelikni
toʻgʻri, oqilona (adekvat) aks ettirishga, tushunib yetishga harakat qiladi.
Yuqori sinf oʻquvchisi davrida vujudga kela boshlagan tafakkurning
mustaqillik, teranli, ixchamlik, tashabbuskorlik, tanqidiy sifatlari kun sayin
takomillashib, yangi – yangi belgi va alomatlar bilan boyib boradi. Talabalarda
oʻz – oʻzini nazorat qilish, oʻz – oʻzini baholash, oʻz – oʻzini anglash, oʻz –
oʻzini boshqarish kabi aql – zakovatning muhim jihatlari taraqqiyotning yangi
yuksak bosqichiga koʻtariladi. Talabalarda tafakkurning rivojlanishida, ilmiy
dunyoqarashning umumta’limiy va ijtimoiy fanlar, jumladan, tarix, falsafa,
mantiq, iqtisodiy nazariya asoslari, madaniyatshunoslik, adabiyot, etika,
estetika, psixologiya, pedagogika kabi oʻquv predmetlari muhim rol oʻynaydi.
Talabalar tafakkuri, asosan, oʻqish, amaliy mashgʻulot va mustaqil bilim olish
faoliyatlarida jadal va uzluksiz ravishda rivojlanadi. Goho ma’ruza jarayoni
ulardan reproduktiv (oʻzlashtirilgan bilimlarga asoslanuvchi) tafakkurni taqozo
etsa ham, lekin seminar mashgʻulotlari, mustaqil topshiriqlar, laboratoriya
praktikumi produktiv (ijodiy) fikr yuritish faoliyatini talab qiladi. Har ikkala
ta’lim shakli ham talabalar aqliy mehnati, maqsadga yoʻnaltirilgan va
muvofiqlashtirilgan diqqati yordami bilan amalga oshadi.
281
Oliy maktabda mustaqil ishlarning barchasi: konspekt tuzish, referat,
annotasiya, tezis, seminarga hozirlik, kurs va diplom ishlari talabadan
mustaqillikni, ijodiy yondashishni, (kreativlikni) muammoli holatni, murakkab
pedagogik holatni, murakkab pedagogik vaziyatni hal qilishni taqozo qiladi.
Davlat oʻquv rejasida koʻrsatilgan, dasturda koʻzda tutilgan materiallar ilmiy
ma’lumotlarni oʻzlashtirish bilim – saviyani kengaytirish bilan qanoat hosil
qilmasdan, balki ularni tushunish, anglab yetishni talab qiladi, bu esa bevosita
tafakkurning funksiyasidir. Xotira bisotidagi bilimlarni izchil ravishda tartibga
keltirish, esga tushirish, ular ichidan eng muhim jihatlarni ajtatish, oʻzaro
taqqoslash, turkumlarga kiritish, umumlashtirish bilish jarayonining aqliy yoʻli
bilan, ya’ni tafakkur yordamida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy – falsafiy kurslarni oʻrganish davomida moddiy borliqdagi narsa
va hodisalar oʻrtasidagi murakkab ichki bogʻlanishlar, aloqalar va ijtimoiy
turmush qonuniyatlari yuzasidan chuqur nazariy metodologik, ilmiy – uslubiy
xususiyatdagi bilimlar oʻzlashtiriladi. Ayniqsa ushbu davrda diskursiv (ijodiyot
va haqiqat mezoni uchun bahsda yuzaga keluvchi) tafakkur turi talaba uchun
omilkor aql – zakovat quroli vazifasini bajaradi.
Ta’lim jarayonida fikr yuritish operasiyalaridan unumli foydalanish
evaziga har qanday murakkab bilimlarni egallash imkoniyati vujudga keladi.
Talabalar tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa chiqarish) ning funksional
va operatsional jihatlari bilan yaqindan tanishadilar, shuningdek ulardan
mustaqil foydalanish uchun barcha intellektual rezervlarini ( aqliy zahiralarini)
ishga solishga harakat qiladilar. Hukm chiqarishning barcha ( yakka, umumiy,
ziddiyatli, faraziy, inkor) koʻrinishlardan oʻquv va mustaqil bilim olish
faoliyatlarda foydalanish shart – sharoitlari tugʻiladi. Xulosa chiqarishning
induktiv (xususiydan umumiyga fikrning yoʻnalganligi) va deduktiv
(umumiydan hususiy hollarga fikrning qaratilganligi) yoʻllaridan muayyan
tarzda bilish faoliyatida qoʻllashga intiladilar. Tushunchalar (yakka, umumiy,
xususiy, yaqqol, mavhum, toʻplanma) mohiyatini anglagan holda ma’lumotlarni
egallash bilimlarni barqarorligini ta’minlaydi. Bu narsalarning barchasi
tafakkurni rivojlantirishga oʻz ta’sirini oʻtkazadi.
282
Oliy ta’lim uzluksiz ravishda ijodiy tafakkurni talab qiladigan, muammoli
xususiyatdagi topshiriq va masalalar tizimidan iboratdir. Har bir ma’ruza,
seminar mashgʻuloti, mustaqil topshiriqlar, hatto laboratoriya ishlari ham
muammoli vaziyat, holatning tarkibiy qismlaridan tuzilgan boʻladi. Ularni hal
qilish (yechish, bajarish) ijodiy izlanishni vujudga keltiradi. Chunki, muammoli
holatgacha davr, muammoli vaziyatdan keyingi aqliy jarayonlar ham talabadan
ijodiy qidiruv, tadqiqot faoliyatini taqozo etadi. Topshiriqni mustaqil bajarish
talabalardan tafakkur operatsiyalari (analiz, sintez, taqqoslash, solishtirish,
yaqqollash,
mavhumlashtirish,
guruhlash,
turkumlash,
umumlashtirish,
sistemalashtirish) va shakllaridan (tushuncha, xukm, xulosa chiqarishdan)
foydalanishni talab qiladi.
Talabalarni oʻquv faoliyati yoki ta’limiy usullar bilan tanishtirish tafakkur
rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan tushunchalarga (holatlarga) turli
nuqtai nazardan qarash usulini talabalarda tarkib toptirish va uni sharoitga
(vaziyatga) koʻchirishga oʻrgatish yuqori koʻrsatkichlar beradi. Shuni alohida
ta’kidlab oʻtish kerakki, odatda usullarning koʻchishini “birdaniga”, asta – sekin,
“buzib – tuzatib”, qayta qurish, tarkibini yangidan tuzish, koʻrgazmali
materialdan matnli (mantiqiy) materialga oʻtishi kabi koʻrinishlari mavjuddir.
Talabalarda oʻquv faoliyatning usulini tarkib toptirish quyidagicha amalga
oshiriladi.
Xotira tushunchasini turli nuqtai nazardan qarash mumkin, chunonchi, u
bilish jarayoni, produktiv yoki reproduktiv mnemik (lot. – xotira) faoliyat,
amaliyotga zarur bilimlar majmuasi, xotira – bu koʻnikma, malaka va odatlar
yigʻindisi; umumlashgan obrazlar toʻplami, grammatik termin, fenominal
xotiralilik shaxs sifatida tariqasida va hokazo.
Oʻquv faoliyatining ushbu usulini mustaqil topshiriq bajarishga, ya’ni
“Tafakkur” tushunchasiga koʻchirish imkoniyati quyidagi tarzda namoyon
boʻladi: tafakkur – bu bilish jarayoni, fikr yuritish faoliyati, prognoz qilish,
anglashilgan bilimdar, muloqot negizi, grammatik termin, aql sifati, zehni
oʻtkirlik, shaxs sifati kabi tasavvur qilish mumkinligini ta’kidlab oʻtiladi.
Yuqoridagi mulohazalarga qaramasdan, talabalar tafakkurida sub’yektiv –
shaxsiy xususiyatga ega boʻlgan zaif jihatlar mavjuddir. Fikr yuritish faoliyatini
283
nazorat qilishda qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyiladi, masalan, faoliyat natijasini
tekshirish sifatidagina qoʻllaniladi. Ularning aqliy faoliyatida xatti – harakat
yoki bilim sifatini baholash va oʻz – oʻzini baholashda ham voqelikni oqilona,
toʻgʻri aks ettirish jarayonida illatlar koʻzga tashlanadi. Narsa va hodisalar
xususiyati yoki qonuniyati koʻpincha orttirib baholanadi, ba’zan pasaytirib
baholash hollari ham namoyon boʻladi. Ahyon – ahyonda boʻlsa – da, toʻgʻri,
oqil, haqiqatan aniq baholash oʻrtasidagi munosabat mutanosiblikka, oʻzaro
uygʻunlikka ega emas, shu tufayli imkoniyat (aqliy zahira) bilan havoiy orzular
orasida ziddiyat vujudga keladi, natijada oqillik oʻrnini gʻayirlik egallay
boshlaydi. Bunday salbiy hissiy kechinmaning, shaxs illatining oldini olish va
mutlaqo bartaraf qilish uchun maxsus treningdan (toʻgʻri yetaklovchi mashq –
namunalardan) foydalanish ijobiy natijalar beradi.
Ta’kidlab oʻtilgan nuqsonlar, qusurlarga qaramasdan, talabalar tafakkuri
ilk oʻspirinlik yosh davridan ham sifat, ham mazmun, ham koʻlam jihatidan
keskin tafovutlanadi. Bu fikrlar psixologlar tomonidan toʻplangan miqdoriy
ma’lumotlar bilan allaqachonlar
tasdiqlangan.
Shunday
qilib,
muayyan
bir
sohaning
yosh
mutaxassis kishisi – talaba yuksak
aql – zakovat egasi, uquvli – teran
fikrli inson, iymonli, diyonatli
shaxs,
aniq
dunyoqarashga;
mustahkam e’tiqodga ega boʻlgan
ziyoli, milliy mafkuraning jonkuyari, targʻibotchisi sifatida ijtimoiy katta
hayotga yoʻllanma oladi.
Talaba – oʻspirinlik, ilk yoshlik davri oʻzining mahsuldorligi, refleksiv
(anglashilganlik, ongli rejalashtira olishlik) xususiyati bilan boshqa yosh
davrdagi odamlardan oʻziga xos ravishda ajralib turadi. Talabalik yillari ijodiy
izlanishlar, aql – zakovat zahiralarini ishga sola bilish, aqliy qobiliyatni safarbar
qilish imkoniyatlariga ega boʻlgan shaxsning yetuklik davri hisoblanadi. Xullas
ushbu yosh davrda tafakkur sermahsul, sermazmun bosqichga koʻtarilib,
yaratish, ixtiro, ijod va kashfiyot qilish arafasida turadi.
284
Talabalar mutaxassislikka xos boʻlgan oʻquv predmetlari, fan asoslarini
egallash faoliyatida ijodiy mahsulot berish uchun tinimsiz harakat qiladilar.
Ularning bilishga, bilim olishga undovchi mayllari turgʻun, mustahkam va
barqaror qiziqishga aylana boradi, badiiy ijodiyot va ilmiy – tadqiqot bobida
dastlabki ezgu – niyatlari, orzularini ushatishga intiladilar. Jumladan filolog yoki
jurnalist talabalar badiiy ijod bilan, tabiiy – matematika fan sohasidagilar esa
kuzatish va tajriba oʻtkazish bilan, tarixchi – arxeolog talabalar ijtimoiy
turmush solnomalarini ochish bilan, psixologlar korxonalar va maktablarga
amaliy yordam koʻrsatish bilan shugʻullana boshlaydilar. Hatto talabalar
oʻzlarining aqliy mehnati mahsullari bilan olimpiada, ilmiy – amaliy
anjumanlarda, ixtirochilar va rasionalizatorlar konkurs – tanlovlarida
muvaffaqiyatli qatnasha oladilar. Bularning barchasi tafakkur yordami bilan
chiqariladi, moddiy borliqni yanada aniqroq ifodalash, yaratish faoliyatlarida
faol qatnashish uchun intilish, muammoli holat va vaziyatlarni hal qilish
(yechish) jarayonlarining mahsuli sifatida namoyon boʻladi.
Hozirgi zamon talabalarining ijodiy tafakkur orqali vujudga keltirgan
badiiy asarlari, ilmiy chiqishlari, ishlab chiqarishga taqdim qilingan
rasionalizatorlik takliflari xalq xoʻjaligini yuksaltirish, mustaqil respublika fan
va texnikasini rivojlangan mamlakatlar darajasiga koʻtarish uchun xizmat
qilmoqda. Eng yuksak saviyada tayyorlangan diplom ishlari va loyihalari
talabalar ijodiy tafakkurini namunalari hisoblanadi, shu boisdan ularning
ilmiylik darajasi yuqori boʻlganlari nomzodlik dissertasiyasiga taqdim
qilinmoqda.
Oliy maktabda oʻzlashtirilgan nazariy bilimlarni ishlab chiqarishga,
amaliyotga, turmushga tadbiq etish, el oʻrtasida yoyish, targʻib qilish ham
talabalik davriga xos xususiyatlaridan biridir. Nazariy va amaliy, ijodiy va
diskursiv, fazoviy tafakkur bilan qurollangan talabalar omma oʻrtasida ilm –
ma’rifatni yoyish ishida faol ishtirok qilmoqdalar.
Talabalar narsa va hodisalar, voqelikni toʻgʻri, oqilona, omilkorlik bilan
aks ettirish, ijtimoiy hayot talabi va ehtiyojlarini anglash, ongli ravishda fikr
yuritish faoliyatini tashkil qilish va boshqarish imkoniyatiga egadirlar. Ularda
ta’lim jarayonida tafakkurning diskursiv va refleksiv sifatlarini shakllantirish
285
ilmiy, ijodiy tafakkurni vujudga keltiradi. Buning uchun ularni mustaqil bilim
olish faoliyatini toʻgʻri uyushtirish va boshqarishga oʻrgatish yuksak samaraning
kafolatidir.
Dostları ilə paylaş: |